Erkin umarov mahmud abdullayev



Download 3,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/99
Sana13.04.2022
Hajmi3,62 Mb.
#547732
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Umarov E, Abdullayev M

(I. A. K arim ov.
0 ‘zbekiston XXI asr b o ‘sag‘asida, 253-bet). 
>


0 ‘zbekistonda oilaning o ‘ziga xos tom onlaridan biri uni tashkil 
etadigan a ’zolarining ko‘p sonli ekanligidir. Ularda turli avlod vakillari 
birga yashaydi. Shunday oilalar borki, o ‘z tarkibiga 7—8 ta, hatto 10 
dan ortiq farzandlarni oladi. Uning bag'rida bir necha kichik oilalar 
istiqom at qiladi, yashaydi. Bu esa bolalarni tarbiyalash, ularni 
umuminsoniy m a’naviy qadriyatlar,-an’analardan bahram and qilish, 
bilim darajasini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xuddi 
shunday oilalarda bolalar yoshlikdanoq mehnatsevarlikni, kattalarga 
hurmatni, bilim va hunar egallashni o ‘rganadi.
Oila va jam iyat m unosabatlari tizim ida nikoh m uhim o ‘rin 
tutadi. N ikoh — erkak va ayol orasidagi tabiiy m unosabatlarning 
ijtimoiy zaruriy, barqaror shaklidir.
Jam iyat nikoh vositasi bilan jinslar orasidagi m unosabatlarni 
tartibga keltiradi, yangi avlodni bunyodga keltirish va tarbiyalashni 
boshqarib boradi.
N ikoh er va ayolning tabiiy munosabatlariga yagonalik va bar- 
qarorlik tusini beradi. N ikoh ikki jinsning tabiiy intilishlarini qonun 
vositasi bilan jilovlaydi, tabiiy irodasiga axloqiy go'zallik baxsh etadi.
Oila shaxsiylik va ijtimoiylik birligidan iborat. Uning shaxsiyligi, 
nisbiy m ustaqilligi h ar b ir oilaning o ‘z m aqom i borligi bilan 
xarakterlanadi. U o ‘z xo‘jaligini yurgizishda mustaqil. 0 ‘z taqdirini 
o ‘zi belgilaydi, unga birov tashqaridan zo‘rlik bilan aralasha olmaydi. 
Shu bilan birga u jamiyatning kichik bo'lagi b o ‘lganligi uchun ham 
jamiyatdan xoli, alohida yashay olmaydi. Shu m a’noda, oila ijtimoiy 
hodisa b o ‘lib, unga ijtimoiy institut, ijtimoiy guruh deb qarash 
mumkin. Uning manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan mos tushadi. 
Oila ijtimoiy foydali funksiyalami bajaradi, o ‘z a’zolarining jismoniy 
va axloqiy kamoloti haqida g ‘am xo‘rlik qiladi.
Oilaning ijtimoiy aham iyatini anglab yetmaslik, uni m utlaqo 
shaxsiy ish deb qarash jam iyat m anfaatlariga zarar yetkazadi, er- 
xotin, o ta -o n a va farzandlar orasida yuksak insoniy fazilatlarning 
qaror topishiga xalaqit beradi.
M ahalliy hokim iyat va jam oatchilik oilani unutgan yerda turli 
ko'ngilsiz hodisalar kelib chiqishi m um kin. 1998 yili N am angan 
v ilo y a tid a g i ay rim y o s h la rn in g a d a sh ib , b a ’zi e k s tre m is tik
kayfiyatdagi odam lar ta ’siriga tushib qolishi bunga misol b o ‘ladi.
Oila va jam iyat m anfaatlari bir-biri bilan mos tushsagina, oila 
ravnaqi h aqida gapirish m um kin. Oila hayotining ijtim oiy va 
shaxsiy to m o n la ri u y g ‘u n b o 'lg a n d a g in a , u axloqiy jih a td a n


m ustahkam b o ‘ladi. Bu esa oila a ’zolarining m a’naviyatiga bog‘- 
liq. O dam lar qanchalik ongli b o ‘lsalar, jam iyat rivoji ham shun- 
chalik rivoj topadi.
O ta-ona va farzandlar orasidagi aloqalar oilaviy m unosabatlar- 
ning m uhim tarkibiy qismidir. Chunki, farzandlar b o ‘lgandagina 
oila to ‘la sotsial va shaxsiy m a’no kasb etadi. O ta-ona va farzandlar 
orasidagi munosabatlarning axloqiy va pedagogik jihatlari orasida 
farq borligini ta ’kidlash kerak. Birinchi jihati: ota-ona va farzandlar 
o ra s id a g i m u o m a la , ik k in c h i jih a ti — o ta - o n a n in g b o la n i 
tarbiyalashdagi tamoyillari, uslub va vositalari majmuasi; birinchisini 
etika, ikkinchisini pedagogika o ‘rganadi. B irinchi jih a t b olalar 
tarbiyasining g‘oyaviy asosi hisoblanadi.
Istiqlol sharofati bilan oilaviy m u n o sab atlard a yuz bergan 
m uayyan o ‘zgarishlarni kuzatish m um kin. Bu o ‘zgarishlarning za- 
m ini jam iyat va oilaning iqtisodiy asosi tu b d an o ‘zgarganligi, 
ijtim oiy m ulk o ‘rnini xususiy m ulk egallay boshlaganligi bilan
bog'liq. Bu o ‘rinda m ulkka egalik hissiyotining tiklanganligini 
ta ’kidlab o ‘tish kerak. Oila a ’zolari va farzandlari oila m ulkini 
ko‘paytirishdan, oilaning boy va farovon bo 'lish id an m anfaatdor 
b o ‘lib qoldi. Ilgari m ulk ijtim oiy b o 'lg an davrlarda farzandlar 
k o 'p ro q ota-onaga qaram edilar. U larning fuqarolik yetukligi ham
ch o ‘zilib, uzoq davom etardi. H ozirgi yoshlar, ayniqsa, shahar 
jo y larid a biznes bilan sh u g 'u llan ish d an , o ‘z iqtisodiy bilim ini 
oshirishdan m anfaatdor bo'lsalar, qishloq yoshlari m ulkning turli 
sh akllarini ta sa rru f qilish, ferm erlik, ishb ilarm o nlik y o 'lla rin i 
izlam oqda. Bu holat oilaning iqtisodiy quvvatini m ustahkam lash- 
ga im kon berayotir. Oilada qizlarning tarbiyasiga alohida e ’tibor 
berish im koniyati vujudga kelayotir. Pensiya, nafaqa, ijtim oiy 
y o rd a m , tib b iy s h a ro itn in g y a x s h ila n is h i, o n a la r h a q id a g i 
g‘am xo‘rlik, ularning b o ‘sh vaqtining ko'payishi, iqtisodiy ahvol- 
ning yaxshilanishi farzandlar tarbiyasiga ko‘p roq e ’tibor berishga 
im koniyat yaratm oqda.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida ota-onaning farzandlar oldidagi 
burchi aniq qilib yozilgan. O ta-onalar o ‘z farzandlarini ular voyaga 
yetgunga qadar boqishlari va tarbiyalashlari kerak (64-m odda). 
Balog‘atga yetgan va m ehnat qobiliyatini yo‘qotm agan bolalar o ‘z 
ota-onalari haqida g‘am xo‘rlik qilishga m ajburdirlar (66-m odda).
Ota-onalarning farzand oldidagi burchi haqida sharqona tarbi- 
yaning yozilmagan qonunlari ishlab chiqilgan. Bunga ko‘ra, ota-ona


farzand tarbiyasi bobida kechikmasligi, chaqaloq tug‘ilgan vaqtdan 
boshlab uning tarbiyasi bilan shug'ullanishi kerak. Buning m a’nosini 
tushunishda quyidagi misol yordam beradi. Respublikada va undan 
tashqarida ham keng shuhrat topgan o ‘zbek sozandasi Turg'un 
Alimatov qiziq bir fikrni bildiradi. Uning aytishicha, bola tarbiyasi 
yo'rgakdan boshlanadi. Bola yo'rgakda yig‘lagan vaqtda uning yonida 
musiqa asbobini chalib, uning diqqatini jalb qilish kerak. Musiqa 
ovozini eshitganda bola yig‘idan to'xtasa, unda musiqaviy qobiliyat 
borligi bilinadi. Bu qobiliyatni kamol toptirish ota-onaning vazifasidir. 
Ona allasi ham yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. Binobarin, tarbiya onalar 
allasidan boshlanadi.
Sharqona tarbiya talablaridan biri — o ta-o n a farzandiga chi- 
royli ism q o ‘yishi, unga biror kasb-kor o'rgatishi, voyaga yetkazib 
tarbiyalashi, balog‘atga yetgach, m unosib juftini topib uylashi, 
boshini ikkita qilishidan iborat.
Farzandlarning burchi o ta-ona qarigach, ularning holidan xa- 
bar olish, ularga ham moddiy, ham m a’naviy yordam qilishdan 
iborat. Ota bilan onaning tarbiya bobida gapining bir joydan chi- 
qishi m uhim ahamiyatga ega. Oiladagi sog‘Iom m uhit, m ehr-oqi- 
bat, o ‘zaro hurm at, ota-onaning hayot tajribasi, bilimi, iym on-e’ti- 
qodi, m a’naviyati bola tarbiyasida zaruriy omil hisoblanadi.
H ozir 0 ‘zbekistonda 23 m illiondan ortiq aholi yashasa, shun- 
dan 10 m illion 800 ming nafari erkaklar, o ‘n ikki m illiondan ortig‘i 
ayo llar. A y o llar — o ila n in g h a y o t to m irid a o q ay o tg an qoni. 
A yollarsiz oila b o ‘lm aydi. M illatn in g davom iyligi ayol zotiga 
bog‘liq. F arzandlar o ‘z onasini «volidayi m ukarram a», «qiblago- 
him», «qiblayi k a ’bam» deb e ’zozlaydilar. O nalar ana shunday 
hurm atga loyiq. Afsuski, ona nom iga noloyiq, m a ’naviy qashshoq 
onalar oz b o ‘lsa-da, uchrab turadi.
Oilada bola tarbiyasida otaning o ‘rnini hech kim bosa olmay- 
di. Shuning uchun donishm andlar bitta ota yuzta o'qituvchidan 
ustun b o ‘lishi mumkinligini ta ’kidlaganlar. Yaxshi otalarsiz yaxshi 
tarbiya bo'lm aydi. Ota mehri ona m ehridan kam emas. Oilada «ota- 
ning o ‘m i boshqa» degan gap bejiz aytilmagan. 0 ‘g‘il otadan er- 
kaklik xarakterini o'rganadi. 0 ‘z otasiga taqlid qiladi. Boladagi er 
yigitga xos fazilatlarni ota tarbiyalaydi.
O ta o ‘g‘il oldida m as’ul ekanligini unutm aslik kerak. Otaning 
shaxsiy nam unasi, mehnatsevarligi, axloqiy fazilatlari bolaga asta- 
sekin o 'ta d i, albatta. O ta o ‘z farzandini insoniylikka o ‘rgatishi


kerak. M e h n a t qilm ay, te k in x o 'rlik b ilan h ay o t k ech irish g a 
o ‘rgangan kishilam ing bolalari ham yalqov b o ‘ladilar. Bunday 
bolalar oxir-oqibatda jinoyatga q o ‘l uradilar. Eng yaxshi ibrat va 
obro‘ halol m ehnatdir.
Ota-onaning mahallada, ish joyida, do‘stlar davrasidagi nufuzi, 
salmog'i farzandlar e ’tiboridan chetda qolmaydi. O ilada inoqlik 
bo‘lmasa, nosog'lom muhit mavjud bo‘lsa, bunday oiladan qut-ba- 
raka ko‘tariladi, bolalar o ‘z ota-onalarini hurmat qilmay qo‘yadilar.
Bozor iqtisodi tobora chuqurlashib borayotgan hozirgi sharo- 
itda oila a ’zolari o ‘rtasida m ehr-oqibatni saqlab qolish juda muhim 
aham iyatga ega. Bunda, albatta, oilaning m a’naviy va huquqiy 
asoslari m ustahkam bo‘lishini ta ’m inlash chora-tadbirlarini ko‘rish 
kerak.
0 ‘zbekistonda oilaviy m u n osabatlar, axloqiy norm alarn in g
asosi — oilada er-xotin tengligidir. Bu tenglik um um an oilada yangi 
axloqiy norm alarning qaror topishida hal qiluvchi rol o ‘ynaydi. 
Bu axloqiy tenglik ularning huquqiy, iqtisodiy, siyosiy tengligi 
zam inida rivojlanadi.
Oilaviy tenglikning qaror topishida, shuningdek, subyektiv 
omillar — ya’ni er-xo'tinning axloqiy e’tiqodlari, o ‘zaro ruhiy, hissiy 
tajribalari ham m uhim rol o ‘ynaydi.
Oilaviy tenglik nim a degani? Bu er-xotinning oilani moddiy 
jih atd an ta ’m inlashi, bolalar tarbiyasida, ro ‘zg‘or yum ushlarida 
teng ishtirok etishidir. Bu tenglik* o ‘z navbatida, er-xotinning 
oiladagi m a ’naviy-axloqiy tengligini shakllantiradi.
E r-xotinning axloqiy tengligi, ularning oiladagi teng axloqiy 
mavqeyi, obro‘si oila turm ushini, oilaviy m asalalami tashkil etishda 
er-xotin huquq va m as’uliyatlarining tengligidir.
Er-xotin tengligi — m a’naviy ehtiyojlarning yaqinligi bilan uzviy 
aloqador. E r-x otin m a’naviy ehtiyojlarining m ushtarakligi ular 
orasidagi axloqiy birlikning shakllanishi va m ustahkam lanishining 
m uhim shartidir.
O ilaviy m u n o s a b a tla rn in g ijtim o iy x a ra k te rd a ek an lig in i 
ta ’kidlash kerak, Bu narsa oilaviy burchni keltirib chiqaradi, Oilaviy 
burch nim a?
Oilaviy o ‘zaro burch — shaxsning jam iyat tom onidan nikoh- 
oilaviy m unosabatlarga qo'yilgan talablariga e ’tiqod bilan amal 
qilishidir. Oilaviy o ‘zaro burch: er-xotinlik burchi, o ta-on alik
burchi, farzandlik burchi dem akdir.


O ilani m ustahkam lashda huquqiy bilim larni egallash, ularga 
q at’iy amal qilish muhim aham iyatga ega. Bunda «Inson huquqlari 
haqidagi Deklaratsiya», «Oila haqida Kodeks», inson huquqlari 
b o ‘yicha 0 ‘zbekiston Oliy M ajlisida qabul qilingan qonunlar va 
boshqa hujjatlarni o'rganishning roli katta. M ustaqillikning buyuk 
n e ’m atlaridan biri nikoh o ‘qitish uchun keng yo‘l ochilganligidir. 
N ikohda kelin-kuyov oldiga katta m as’uliyatli talablar, er-xotinlik 
burchlari va m ajburiyatlari yuklatiladiki, bu narsa umrbod ular 
uchun m a ’naviy dastur b o ‘lib qoladi.
Oilaviy m unosabatlarda er-xotin, q iz -o ‘g ‘il tarbiyasida m a’- 
naviyatim izning m uqaddas yodgorligi Q ur’oni Karim va H adis- 
larga am al qilinsa, ayni m uddao. U larda oilani m ustahkam lash, 
oila odobi, ota-bola, farzand burchi, qarindosh-urug‘larga g‘am - 
xo‘rlik to ‘g ‘risida chuqur m a ’noli y o ‘l-yo ‘riqlar k o ‘rsatilgan.
Aytilganlardan m a’lumki, oilada er-xotin inoqligi, farzandlarga 
g‘amxo‘rligi, sog‘lom muhit baxt-saodatni yaratishning muhim sharti 
hisoblanadi. Bugina emas, balki oiladagi sog'lom m uhit butun 
ja m iy a tn in g m a ’naviy b a rk a m o llig in i t a ’m in lay d ig an asosiy 
om illardan hisoblanadi. Bu sohada quyidagicha tadbiriy choralar 
amalga oshirildi: birinchidan, oilaviy m unosabatlarning qonuniy 
asoslari takomillashtirilm oqda, oila m anfaatlarini qonuniy m uho- 
faza qilish, onalik va bolalik huquqini ta ’minlash; ikkinchidan, 
oilaning ijtimoiy manfaatlarini mustahkamlash, sog‘lig‘ini muhofaza 
q ilis h , o ila a ’z o la rin in g m a ’lu m o t d a ra ja s in i y u k s a ltiris h ; 
uchinchidan, oilaning iqtisodiy m anfaatlarini, bandlik darajasini 
t a ’m in la s h , uy m e h n a ti va tu rm u s h s h a r o itin i y ax sh ilash ; 
to ‘rtinchidan, oilaning m a’naviy, axloqiy asoslarini takomillashtirish 
va m adaniy manfaatlarini ta ’m inlash uchun yetarli shart-sharoitlar 
yaratish (qaralsin: /. 

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish