Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti


Hozirgi  zamon  bozor  iqtisodiyoti



Download 29,41 Kb.
bet2/4
Sana24.06.2021
Hajmi29,41 Kb.
#100156
1   2   3   4
Bog'liq
27.docx iqtdan

Hozirgi  zamon  bozor  iqtisodiyoti.  Hozirgi  davrda  real  hayotda  bozor 

iqtisodiyoti sof bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot unsurlarini mujassamlashtiradi. 

Mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorlikning turli yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi, 

unda  rejalashtirish,  prognozlash,  aholini  ijtimoiy  himoyalash  kuchayadi.  Masalan, 

AQSh  iqtisodiyoti  hozirgi  davrda  oldingi  erkin  bozor  iqtisodiyotidan  sezilarli  farq 

qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko‘rinadi: 

birinchidan,  mulkning  bir  qismi  davlat  qo‘lida  bo‘lib,  u  iqtisodiyotda  faol  rol 

o‘ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o‘sishi uchun sharoit yaratishda, bozor 

tizimi  yetarli  darajada  ishlab  chiqarmaydigan  yoki  umuman  yetkazib  bermaydigan 

ayrim  tovarlar  va  xizmatlar  bilan  ta’minlashda,  daromadlar  taqsimlanishini 

o‘zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo‘ladi;  

ikkinchidan,  sof  kapitalizmdan  farqli  o‘laroq,  AQSh  iqtisodiyotida  yirik 

korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar 

mavjud. 



Bu yerda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor tizimiga 

suyanish,  ijtimoiy  mulkchilik  va  markazdan  rejalashtirish  har  doim  ham  bir  vaqtda 

mavjud  bo‘lmasligi  mumkin.  Masalan,  sobiq  millatchi  Germaniya  iqtisodiyoti 

avtoritar kapitalizm deb atalgan, chunki mulkchilik xususiy bo‘lib qolsada, mamlakat 

iqtisodiyoti  qattiq  nazorat  ostiga  olingan  va  markazdan  boshqarilgan.  Buning 

teskarisi,  bozor  sotsializmi  deb  atalgan  sobiq  sotsialistik  Yugoslaviya  iqtisodiyotida 

resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo‘lgan va bir vaqtda iqtisodiy faoliyatni tashkil 

qilish  va  boshqarishda  erkin  bozor  asosida  olib  borilgan.  Shvetsiya  iqtisodiyotida 

ham 90% dan ortiq xo‘jalik faoliyati xususiy firmalarda to‘plangan bo‘lsada, davlat 

iqtisodiy  barqarorlikni  ta’minlash  va  daromadlarni  qayta  taqsimlashda  faol 

qatnashadi.  Hozirgi  vaqtda  Xitoy  Xalq  Respublikasida  davlatning  markazlashgan 

holda  iqtisodiyotga  aralashuvi  va  rejalashtirish  tizimi  saqlanib  qolgan  holda  bozor 

mexanizmlari muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib, barqaror va tez sur’atlar bilan iqtisodiy 

o‘sishga erishmoqda. 

2 Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta`rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov ta`rifiga kwra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mwljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir».22 Bundan kwrinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.

V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne`mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne`matning maxsus shakli bwlib hisoblanishi kwrsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne`mat».23 Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta`kidlash mumkinkitovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bwlgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Yoki, boshqacha aytganda, tovar biron-bir naflilikka (iste`mol qiymatga) va almashuv qiymatiga ega bwlgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.

Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u wzida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bwlib, u iste`mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega.

Buyumning iste`mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste`mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron–bir ehtiyojini qondiradi.

Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi psixologik yondoshuv bilan, ya`ni hech kim bilan aloqasi bwlmagan wrmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir wzi qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qwllaydilar. Xolbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a`zolari wrtasida, gavjum bozor qatnashchilari wrtasida sodir bwladi. Ular naflilikning negizida ob`ektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, twg`rirog`i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari wzgartirilishi natijasida vujudga kelishini wylab ham wtirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bwlgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bwlavermaydi. Masalan, jamiyatga 100 dona soat zarur bwlgani holda, 120 dona soatning ishlab chiqarilishi uning 20 donasining nafsiz bwlishiga olib keladi. Ya`ni, jamiyat uchun zarur bwlgan 100 dona soatgina naflilikka ega bwladi.

Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.




Download 29,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish