Erkin Musurmonov rahimbobo mashrab faoliyati va ruhiyati talqini monografi ya



Download 84,93 Kb.
bet13/13
Sana20.07.2022
Hajmi84,93 Kb.
#825468
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Erkin Musurmonov

DЕVON”NI VARAQLAB…
Mashrabning Vahob Rahmonov va Komiljon Isroilovlar nashrga tayyorlangan “Devon”i so‘zboshi, she’rlar va lug‘atdan iborat. Vahob Rahmonov qalamiga mansub “Buyuk isyonkor” deb nomlangan so‘zboshining asosiy muvaffaqiyatlaridan biri so‘filar ta’limotining o‘ng va so‘l qanotlari haqida ravshan hamda qariyb aniq ma’lumotlar berilganligida ko‘rinadi. Mashrab mansub bo‘lgan so‘l qanot so‘filar ta’limoti bilan yaxshi tanish bo‘lgandagina uning she’rlarini o‘rinli tushunish mumkin. Lekin tadqiqotchi birdaniga so‘l so‘fiylarning zohidlarga munosabatiga o‘tib ketadi. O‘quvchiga zohidlar haqida ham ma’lumot zarur edi. Chunki tadqiqot yo‘nalishiga ko‘ra zohidlarni o‘ng so‘fiylar bilan aralashtirib yuborish imkoniyati ochilib qoladi.
Xayriyat, tadqiqotchi o‘z xatosini kechikibroq bo‘lsa ham to‘g‘rilaydi.
Mashrabning xudo bilan shartnomali savdo qiluvchi (bu dunyoda men shariat qoidalarini bajaraman. U dunyoda meni jannatingga kiritasan) bu ta’magir zohidlarga qarshi bitilgan o‘tli g‘azallaridan juda o‘rinli misollar keltiriladi va bu bilan Mashrabning zohidlarga nisbatan isyonkor munosabati uzil-kesil ravshanlashadi.
Mashrabning Imomiddin Nasimiy, Badriddin Hiloliy bilan bog‘liq jihatlarini topganligi mashrabshunoslikka ixlosli va chuqur bilimli yangi tadqiqotchi kirib kelayotganidan xabar beradi. G‘azallarni tahlil qilish hamma o‘rinlarda ham to‘g‘ri bo‘lavermagan. Masalan, tadqiqotchi shoirning quyidagi baytini keltiradi va sharhlaydi:
Mani ko‘rsa qachondur shayxulislom Ahramon yanglig‘,
Nechun, bo‘ynug‘a zulfi tori chirmashgan tumorim bor!
“Ahramon-yovuzlik timsoli, devlarning boshlig‘i. Shoir shayxulislomni ana shu devga o‘xshatmoqda!”. Mashrab uchun shayxulislomni Ahramonga o‘xshatish undov qo‘yadigan darajada katta gap emas edi. Mashrab bu yerda shayxulislomning qahramonligidan ko‘ra o‘z sofligi, imoni, diyonati to‘g‘risida ko‘proq gapirayaptiki, tadqiqotchi bu xususda hech narsa eslatmaydi.
Endi asosiy masalaga – “Devon”dagi she’rlar masalasiga o‘tsak. “Devon”ning darrov ko‘zga tashlanadigan uch afzalligi bor.
1. Ko‘p sonli yangi she’rlar kiritilgan.
2. Oldingi nashrlarda bosilgan ba’zi she’rlar yangi matla’lar bilan to‘ldirilgan.
3. She’rlarning avvalgi nashrlarda noo‘rin tahrir qilingan yoki xato o‘qilgan joylari iloji boricha to‘g‘rilangan.
Biz asosiy e’tiborni keyingi ikki nuqtaga qaratamiz. “Devon”da o‘nta g‘azal oldingi nashrlarda tushib qolgan 16 matla’ bilan to‘ldirilgan. Eng e’tiborli tomoni shundaki, oldingi nashrlarda “yig‘larman” radifli g‘azalning tugallanmasi yo‘q edi. “Devon”da ushbu tugallanma matla’ qo‘shilgan:
Ilohi maxfirat daryosidin Mashrabni shobod et,
Hamisha, shay’alliloh, deb qalandarvor yig‘larman.
Bu matla’ning kiritilishi boshqalaridan ayricha farqlanadi. Chunki klassik g‘azalchilikda tugallanmada shoir taxallusining bo‘lishiga qat’iy rioya qilingan. “Devon”da aynan shu ahamiyatli nuqson tuzatildi.
“Emdi”, “ettim”, “o‘zum”, “chidayolmas” radifli g‘azallarga Mashrab isyonkorligining asosiy xususiyatini – ishq o‘ti, hasrat ohi bilan dunyoni titratish jihatlarini ifodalagan yangi ma’lumotlar kiritilib maqtovga sazovor ish qilingan. Misol tariqasida birgina yangi matla’ keltirish bilan chegaralanamiz:
So‘z gavharini fosh qilsam o‘shanda,
Dalol baho aylaru mushtar chidayolmas!
Endi tuzatilgan nuqsonlar to‘g‘risida bir-ikki og‘iz so‘z. Mashrab asarlarining 1979 yilgi nashrida “Derman” radifli g‘azal shunday tugardi:
Ko‘z yoshi chu suv bo‘ldi do‘zax o‘tidin, Mashrab,
Ishqni o‘tidin tashlab do‘zax qurutay derman.
“Devon”da matla’ning birinchi misrasi:
Ko‘z yoshini sochibman do‘zax o‘tina, Mashrab… —
shakliga keltirilgan va misralarning mantiqiy hamda yo‘nalish muvozanati tiklangan. Bu tarzdagi misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
“Devon”ni o‘qish mobaynida adabiyotshunosligimiz oldida yangi bir mas’uliyatli va bajarilishi zarur vazifa turganligi ayon bo‘ldi. U ham bo‘lsa, Mashrab asarlarining mukammal tanqidiy matnini tayyorlash masalasidir. Buning ahamiyati qanchalar katta ekanligi oddiy bir-ikkitagina misol orqaliyoq ko‘rinadi.
“Devon”da “Ruhu jonim arshga yetti” deb boshlanadigan bir g‘azal bor. G‘azal 16 misradan iborat. Ushbu satrlar muallifida saqlanayotgan mo‘’tabar qo‘lyozma “Bayoz”lardan birida g‘azal 22 misradir. Bundan tashqari bu har ikki nusxada ko‘pgina so‘zlar ham farqlanadi. Masalan, “Devon”da “ruhu jonim” bo‘lsa, “Bayoz”da “ruhi pokim”, “Devon”da “baxti qaro keldim” bo‘lsa, “Bayozda” “baxti qaro tug‘dim”, “Devon”da “Ho‘qonimsan” bo‘lsa, “Bayoz”da “Qo‘qoniman” shaklida yozilgan. Bu hali birgina misol.

Oqibat” radifli g‘azal “Devon”da 20 misra bo‘lsa, “Bayoz”da 28 misradan iborat. Bu nusxalarda so‘zlardan tashqari bir-ikki misralar ham farqlanadi. “Devon”da 4-matla’ning ikkinchi misrasi:
She’rlarni korini marg etti somon oqibat –
tarzida bo‘lsa, “Bayoz”da:
Qonga aylanturdi yoshimni bu mujgon oqibat –
deb yozilgan.
Xullas, shu bir-ikki misralarning o‘ziyoq Mashrab asarlari mukammal tanqidiy matnini ishlab chiqish zaruratini ochiq-oydin ko‘rsatadi.
Hali mashrabshunoslar oldida ulkan vazifalar turibdi. Shu vazifalar qatoriga yuqorida biz yo‘l-yo‘lakay to‘xtalib o‘tganlarimizdan tashqari Mashrab mahoratini ochib berish, shoir asarlarining ishonchli tahlili masalalari ham kiradi.
1981
Manba: “Kamalak” to‘plami,Toshkent,1981.
Download 84,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish