2.2. Turli mamlakatlarda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy hududlar to„g„risida”gi qonunlar qiyosiy tahlili. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish uchun zaruriy hujjatlar 1973-yil imzolangan Kiota konvensiyasida EIHlarning qanday hudud ekanligi
va uning ta‟rifi nimani ifodalashiga aniqlik kiritilgan bo„lsa-da, biroq, erkin iqtisodiy
hududlarni tashkil etish va kengaytirish uni tartibga solishni ham taqozo etishi nuqtai
nazaridan xalqaro darajada umumqabul qilingan standartlar hali ham mavjud emasligi
bu sohadagi eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.