Xalqaro iqtisodiy munosabatlar
– mamlakatlar va hududlar o„rtasidagi,
xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar ishtirokidagi xo„jalik aloqalari tizimi.
Xalqaro kredit
– davlatlar, banklar, firmalar, bir mamlakatdagi jismoniy va
yuridik shaxslar tomonidan boshqa mamlakatlar hukumatlari, banklari, firmalariga
beriladigan kreditlar.
Xalqaro konvensiya
– xalqaro shartnoma turlaridan biri; davlatlarning, odatda,
biron-bir ixtisoslashgan sohada o„zaro huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Xarajatlar
, sarf-xarajatlar, chiqimlar – tovarlarni ishlab chiqarish va muomala
jarayonida turli resurslar (xomashyo, materiallar, mehnat, xizmatlar, mablag„lar)
sarflari bilan bog„liq chiqimlarning pul shaklidagi ifodasi. Asosan, ishlab chiqarish va
muomala xarajatlariga bo„linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |