Uchinchi shaxslar
– fuqarolik huquqida, bevosita fuqarolik huquqiy
munosabatlarida ishtirok etmaydigan, lekin, vujudga kelgan huquqiy munosabatda
muayyan darajada huquq va majburiyat tug„diradigan subyektlar.
F
Favqulodda holatlar
– taraflarning xohish-irodasi va harakatlariga bog„liq
bo„lmagan, tabiat hodisalari (zilzila, ko„chkilar, bo„ron, qurg„oqchilik va boshqalar),
boshqa tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, qamal holati,
davlat manfaatlarini ko„zlab importni hamda eksportni taqiqlash va boshqalar)
keltirib chiqargan muayyan sharoitlardagi favqulodda, oldini olib bo„lmaydigan va
kutilmagan holatlar bo„lib, qabul qilingan majburiyatlar shular tufayli bajarila
olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |