Monitoring
– (ingl. monitoring – kuzatish, nazorat qilish) – ma‟lum bir hodisa
yoki jarayonning holatini kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilash.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sohasida qo„llaniladigan monitoring berilgan
ssuda (qarz)ni qoplash va unga foiz to„lash jarayonining borishi ustidan nazorat
qilishda namoyon bo„ladi.
Monopoliya
(yun. mono – tanho, poleo – sotaman) – iqtisodiyotning bir
sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli.
Moddiy xarajatlar
–
xomashyo
va asosiy materiallar, yordamchi materiallar,
yoqilg„i, energiya va boshqa xarajatlardan iborat.
Mehnat unumdorligi
– ishlab chiqarish jarayonida kishilar mehnatining
foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi. Mehnat unumdorligi ishlovchining
ma‟lum vaqt birligi (soat, smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot hajmi bilan
o„lchanadi.
Mehnat unumdorligining o„sishi mahsulot birligini ishlab chiqarishda
mehnat sarfining kamayishi demakdir.
369
Do'stlaringiz bilan baham: |