Kreditga layoqatlilik
– xo„jalik yurituvchi subyektlarning qisqa va uzoq
muddatli qarzlar va ular bo„yicha foizlarni o„z vaqtida qaytara olish, qarzga xizmat
ko„rsatishni ta‟minlay olish imkoniyatidir. Korxona qanchalik kreditga layoqatli,
to„lovga qobilli bo„lsa, u shunchalik bankrotlikdan himoyalangan hisoblanadi.
Kurs bo„yicha farq
– milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining
o„zgarishi munosabati bilan chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiyalarda
vujudga keladigan (ijobiy, salbiy) farq.
Ko„chmas mulk
– er bilan mustahkam bog„liq bo„lgan yer maydonlari, alohida
bo„lgan suv obyektlari, o„rmonlar, ko„p yillik o„simliklar, binolar, inshootlardan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |