Bozor infratuzilmasi
– bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini
ta‟minlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui.
Bozor konyunkturasi
– muayyan davrdagi bozor holati; bozorda
muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan tavsiflanadi.
Boshlang„ich kapital
– investitsiya qilish uchun to„plangan dastlabki summa
yoki ish boshlash uchun kerak bo„ladigan sarmoya.
V
Valyuta konvertatsiyasi
(lot. conversio – almashtirish) – valyuta almashinuvi –
mamlakat milliy valyutasining xorijiy valyutalarga yoki xalqaro to„lov vositasi
sifatida amal qiluvchi valyutaga erkin almashtirilishi.
Valyuta kursi
– bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida
ifodalangan narxi.
Do'stlaringiz bilan baham: |