Эркин иқтисодий ҳудудлар



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/439
Sana03.02.2022
Hajmi7,25 Mb.
#427725
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   439
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

9.9-jadval. 
Xitoy EIHlarining yalpi ichki mahsulotini ishlab chiqarishida turli tarmoqlar ulushi va 
miqdori
95
 
 
MIHlar
Jami 
Mlrd. yuan 
Ulushi, % 
qishloq 
xo„jaligi 
sanoat 
va 
qurilish 
xizmatlar 
sohasi 
qishloq 
xo„jalig

sanoat 
va 
qurilish 
xizmatla
r sohasi 
Shenjen 
2243,8 
1,8 
926,7 
1315,3 
0,1 
41,3 
58,6 
Syamen 
378,4* 






Chjuxay 
256,5 
4,5 
128,9 
123,1 
1,8 
50,2 
48,0 
Shantou 
235,0 
10,8 
118,1 
106,1 
4,6 
50,2 
45,2 
Xaynan 
404,5 
97,1 
90,2 
217,2 
24,0 
22,3 
53,7 
Bu erda: * – 2016 yil ma‟lumoti. 
94
 http://newinspire.ru/lektsii-po-mirovoy-ekonomike/osobie-svobodnie- ekonomicheskie-zoni-v-kitae-1688. 
95
中国
经济特区发展报告
– 2017 = 
Доклад о развитии специальных экономических зон Китая 
– 2016. Пекин: 
社会科学文献出版社
, 2018. – R. 152. 


287 
9.9-jadvaldan ko„rinib turganidek, 2017-yilda 5 ta MIH tomonidan yaratilgan 
yalpi ichki mahsuloti hajmi bo„yicha Shenjen MIH eng asosiy ulushni egallaydi. 
Undagi yaratilgan yalpi hududiy mahsulotlarning esa 58,6 %i xizmatlar sohasiga 
to„g„ri keladi. Keyingi ulushni (41,3 %) sanoat va qurilish sohani tashkil etadi. 
Qolagn qismi qishloq xo„jaligi (0,1 %) hissasiga tegishlidir. Bu tarmoqlar boshqa 
MIHlarda boshqa nisbatdagi ulushlarni tashkil etgan. Umuman olganda, Xitoyda 
EIHlar rivojida tarmoqlar, ayniqsa xizmatlar sohasining ulushi ortib bormoqda. Bu 
esa EIHlar iqtisodiy yuksalishida muhim omilga aylanmoqda. 
Tadqiqotlarga ko„ra, Xitoy iqtisodiy rivojlanishida erkin iqtisodiy hududlar 
o„rnining yildan-yilga oshib borishi quyidagilar bilan izohlanadi:
-
EIHlarda faoliyat yurituvchi xorijiy investorlar uchun bojxona to„lovlari va 
soliqlar bo„yicha imtiyozlarning berilganligi;
-
EIHlarda yuqori xorijiy texnologiya asosida ishlab chiqarishni tashkil qilish 
orqali, yaratilgan mahsulotlarni keng ko„lamli eksport qilishning samarali mexanizmi 
tashkil etilganligi;
-
oddiy va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonlari o„zaro uyg„unlikda 
rivojlanishi ta‟minlanganligi;
-
EIHlarda iqtisodiy rivojlanishga erishishda ilmiy-texnik jarayonlardagi moddiy 
resurslar iste‟molini oshirish va boshqaruvdagi innovatsiyalarni oshirishga qaratilgan 
har tomonlama mustaqil innovatsiyalarga keng imkoniyatlar berilganligi.
 
Jahon iqtisodiyotida yetakchi o„ringa ega bo„lgan Xitoyda ham EIHlar 
faoliyatida o„ziga xos kamchiliklar yo„q emas. Bunday kamchiliklar tarkibiga erkin 
iqtisodiy hududlarni tashkil etilishining asosiy maqsadi hisoblangan, sanoat ishlab 
chiqarish korxonalarini mamlakatning rivojlangan hududlaridan rivojlanish darajasi 
past hududlarga o„tkazilishi, ishchilarni ish bilan ta‟minlash, mahsulot ishlab 
chiqarishda xalqaro andozalarga to„la rioya etishni ta‟minlash muammolari 
to„liqligicha hal etilmaganligi hisoblanadi. Shu boisdan, EIHlarni tashkil etishda 
shoshilmasdan puxta o„ylangan chor-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Chunki, 
uzoq muddatli dasturlarning qanday unum bilan ishlashini oldindan bashorat qilish 
qiyin. 
Shu bilan birga Xitoyda EIHlar faoliyat yuritishining o„ziga xos muammolari 
ham mavjud bo„lib, ularning asosiylari quyidagilar: 
-
EIHlarga qo„yilgan qo„yilmalarning katta qismi (80% i), Gonkongdagi 
xitoyliklar tomonidan amalga oshirilgan. Yirik zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo 
etish imkonini beruvchi transmilliy korporatsiyalarning investitsiyalari, asosan, 
mamlakatning boshqa tuman-lariga yo„naltirilgan; 
-
joriy etilayotgan chet ellik texnologiyalarning past darajasi, xitoylik ishchi 
kuchining past malakasi va mutaxassislar etishmovchiligi; 
-
er ijarasi va ishchi kuchi xarajatlarining oshib borishi, bu chet ellik kapitalni 
jalb qilish sur‟atlariga o„z ta‟sirini ko„rsatadi (EIHlarda ishchi kuchii xarajatlarining 
birmuncha yuqoriligi, hududning mamlakatning rivojlanmagan mintaqasida tashkil 
etilganligi va shu kabilar hisobiga bir necha barobar qimmatroqga tushadi); 
-
qo„shma korxona barpo etish va faoliyat yuritishidagi byurokratik to„siqlar;
-
xomashyo va energiya tanqisligi; 


288 
-
EIHlar bo„yicha yagona qonunchilikning yo„qligi. 
Shunga qaramasdan EIHlar o„zi joylashgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga 
katta hissa qo„shdi. Aynan EIHlar tufayli Xitoy jahon bozoriga chiqishi mumkin 
bo„ldi.
Umuman olganda, XXR hukumati tomonidan mamlakat iqtisodiyotida 
integratsiyalashuvni 
faqatgina 
bir 
hududga 
yo„naltirib 
qolmasdan, 
balki, 
investitsiyalarni butun bir mamlakat hududiga bir maromda joylashtirib, tashqi 
iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish lozim deb ko„rsatishmoqda. Bu sohada qo„shma 
korxonalarni tashkil etish to„g„risidagi qonun-qoidalarni takomillashtirilishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Agar 80 yillarga qadar qo„shma korxonalar tuzish uchun 
XXRning Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligidan ruxsat olingan bo„lsa, 90 yillarga 
kelib bunday huquq mahalliy hukumat organlariga berilgan edi. 
Bugungi kunga kelib chet ellik va xitoylik investorlarning imtiyozlari deyarli 
tenglashtirilganligi bois chet ellik investorlarning imtiyozlari faqatgina yuqori 
texnologiyali, fundamental infratuzilma sohalarni rivojlantirish tarmoqlarida saqlab 
qolindi, xolos. Imtiyozlarning olib tashlanishi, albatta, xorijiy investorlarning foyda 
me‟yorini ancha cheklab qo„ygan edi. Shuning uchun ham hozirgi kunda xorijiy 
investorlar, asosan, Xitoyning imtiyozlar saqlanib qolingan EIHlariga ko„plab kirib 
kelmoqda. 
Bu esa yuqoridagi paragrafda keltirilganidek, chet el investitsiyalarining 
EIHlarga kirib kelishi nisbatan yuqoriligini ta‟minlamoqda. 
Shunday qilib, Xitoy tajribasini o„rganish va uning ijobiy tomonlarini 
respublikamizda tashkil etilayotgan EIHlar faoliyatida qo„llash muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Xitoy tajribasidan xulosa qiladigan bo„lsak, EIHlarni yaratishda va 
rivojlantirishda ular qo„yidagilarga asosiy e‟tibor qaratganlar:
1. Puxta o„ylangan huquqiy-me‟yoriy baza yaratilganligi;
2. Iqtisodiy, moliyaviy va boshqa imtiyozlarning turi va darajasi mahalliy 
sharoit, qo„yilgan maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda puxta ravishda 
tabaqalashtirilgan.
3. Hududlarda moslashuvchan investitsiya siyosati amalga oshirilganligi.
4 Ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot bazasi va savdo-sotiq tizimini qayta ishlash 
sanoatini kompleks rivojlantirishga qaratilganligi. 
5. Katta miqdorda nisbatan arzon bo„lgan ishchi kuchining mavjudligi.
6. Eksport uchun real va shaffof ishlash imkoniyatining yaratilishi.
7. Xitoy sug„urta kompaniyalari xorijiy investorlarni sug„urtalashni o„z bo„yniga 
olganligi.
8. EIHlar rivojlanishini davlat tomonidan keng tarzda qo„llab-quvvatlash 
ammalga oshirilganida, deb bilamiz.
Bu tajribani O„zbekistonda ishlab chiqish va EIHlarni yaratishda o„rganish 
lozim. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   439




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish