Эркин иқтисодий ҳудудлар


 Rivojlanayotgan davlatlarda erkin iqtisodiy hududlarni



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/439
Sana03.02.2022
Hajmi7,25 Mb.
#427725
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   439
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

7.4. Rivojlanayotgan davlatlarda erkin iqtisodiy hududlarni 
tashkil etish amaliyoti va tajribalari 
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonida milliy xo„jaliklarning hech qanday 
to„siqlarsiz, erkin holda iqtisodiy hamkorlikni yo„lga qo„yish masalalari bugungi 
kunning eng dolzarb ahamiyat kasb etuvchi jarayoni sifatida e‟tirof etilmoqda. 
Chunki, xalqaro mehnat taqsimoti asosida davlatlarning o„zaro bog„liq iqtisodiyotga 
ega bo„lishi va rivojlanish jarayonida bir-birini taqozo etishi ularni o„zaro manfaatli 
shartlar asosida munosabatlarni yo„lga qo„yishga undaydi. Ushbu holat, nafaqat, 
rivojlanayotgan davlatlarga, balki, jahon xo„jaligi tizimida ishtirok etuvchi 
rivojlangan davlatlarga ham xosdir. Chunki, hech bir mamlakat, hattoki, u boy 
xomashyo va ishlab chiqarish resurslariga yoki yuqori ishlab chiqarish salohiyatiga 
ega bo„lsa ham, o„z imkoniyatlari doirasida mustaqil rivojga erisha olmaydi.
Shuni hisobga olgan holda hozirda ko„plab rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlar o„z hududlarida qator EIHlarni tashkil etish borasida keng chora-
tadbirlarni amalga oshirmokdalar. Iqtisodiy zonalar turli shakllarda ta‟sis etilishi 
mumkin: bojxona EIHlari, erkin ishlab chiqarish zonalari, erkin tadbirkorlik 
hududlari, yangi va zamonaviy texnologiyalar hududi, erkin bank xizmati zonalari, 
turizm markazlari va boshqalar shular jumlasidandir. 
EIHlarning boshqa savdo hududlaridan farq qiladigan tomoni shundaki, ular 
uchun hukumat tomonidan mamlakatning boshqa hududlarida mavjud bo„lmaydigan 
imtiyozlar yaratiladi, qolaversa, ularning faoliyati doimiy va ijobiy tarzda 
rag„batlantirib boriladi. 
Bugungi kunda EIHlarni tashkil etishda, asosan: 
-
erkin iqtisodiy zonalarda, shuningdek, ulardan tashqari hududlarda ish kuchi 
bandligini to„la ta‟minlash; 
-
investitsiyalarni jalb etish (asosan, erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada); 
-
ishlab chiqargan mahsulotlari ichki bozorda mavjud bo„lgan mahalliy 
korxonalar faoliyatiga to„sqinlik qilmagan holda eksport qilishga qodir bo„lgan yirik 
kompaniyalarni o„zida mujassam etgan iqtisodiy zonalar tashkil etishga erishish kabi 
maqsadlar ko„zda tutiladi. 
EIHlar joylashtirilishi mumkin bo„lgan hududlar, odatda, qo„shni va xorijiy 
davlatlarga chiqish uchun qulay bo„lgan chegara maydonlarida, dengiz portlarida, 
yirik magistral tarmoqlarida (temir va avtomobil yo„llari, aeroportlarda) joylashadi, 
ularning faoliyati sanoat, ilm va madaniyat markazlari faoliyati bilan, shuningdek, 


218 
katta miqdordagi tabiiy resurslar jam bo„lgan hududlar bilan o„zviy bog„liq bo„ladi. 
Ko„p hollarda, EIHlarning yangi o„zlashtirilgan xo„jalik hududlarida tashkil 
etilishi ham maqsadga muvofiqdir. Ushbu hududlar rivojlangan sanoat ishlab 
chiqarishi va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo„lmasada, hukumatning uzoq muddatli 
umumdavlat dasturlarini amalga oshirish borasidagi muammolarni hal etish 
jarayonida muhim strategik ahamiyat kasb etishi mumkin. Xususan, mamlakatning 
yoqilg„i-energetika va mineral xomashyo bazasini mustahkamlash kabi vazifalar 
shular jumlasidandir. 
EIH ko„plab Osiyo, Afrika va Lotin Amerika davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishiga ta‟sir o„tkazmoqda. Resurslar kamligi, ba‟zi davlatlarda esa 
etishmovchiligi sharoitida EIHlar iqtisodiy o„sishni tezlashtiruvchi va bu milliy 
iqtisodlarni Dunyo xo„jaligiga kirib kelishiga olib keladigan haqiqiy va samarli 
vositadir. EIHlar tashqi iqtisodiy faoliyat aktivlashishiga, zamonaviy texnika va 
texnologiyalar kengroq qo„llanilishiga, yangi ishlab chiqarishlar, ilg„or infratkzilma, 
yangi ish joylari yaratilishiga, moliviy, innovatsion, ishlab chiqarish va sotish, tashqi 
iqtisodiy faoliyatni yangi usul va shakllarini o„zlashtirib qo„llanilishiga ko„mak berib 
kelishmoqda. 
Masalan, Singapurni yagona eksport zonasiday qabul qilish mumkin. Eksport 
ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun bu mamlakatda 30 ga yaqin eksportga 
qaratilgan faoliyatni amalga oshirish uchun jihozlangan ishlab chiqarish zonalari 
yaratilgan va bu ishlab chiqarishlarda mamlakatning qayta ishlash sohasida band 
bo„lgan ishchilarning 70% faoliyat ko„rsatmoqda. Natijada, aholisi bir necha mln. 
kishidan iborat bo„lgan davlat dunyoning yigirmata eng yirik eksporterlar qatoridan 
joy olgan. Shu bilan birga eksportga chiqariladigan qayta ishlash sanoatining 80% ga 
yaqin mahsuloti ishlab chiqarish hududlariga to„g„ri keladi, jumladan, elektrotexnik, 
elektron va kimyo sanoatlari mahsuloti, transport asbob-uskunalaridir. Ishlab 
chiqarish zonalari yordami bilan Singapur dunyoning eng yirik portlaridan biriga va 
Janubiy-Sharqiy Osiyoning yetakchi moliyaviy markaziga aylandi.
Sharq bilan G„arbni bog„lab turuvchi, qadimiy savdo yo„lida joylashgan 
BAAning Dubay shahridagi “Djebel Ali” nomli portida erkin iqtisodiy zona mavjud. 
Atrofidagi EIH bilan birgalikda bu port dunyoning eng katta, turli kemalarni qabul 
qila oladigan sun‟iy port. “Djebel Ali” 1,5 mlrd. kishidan iborat iste‟mol bozoriga ega 
ideal saqlash va distrebyuterlash markazidir. Bu zonada ajoyib havo yo„llari va 
zamonaviy aloqalar mavjud. EIHda dunyoning yirik transmilliy kompaniyalar va 
banklar filiallari, yuridik, auditor va boshqa firmalar, reklama agentliklari, konsalting 
kompaniyalari faoliyat ko„rsatmoqda va bu, o„z navbatida, soliqdan ozod bo„lgan 
holda biznes yuritish uchun ajoyib sharoitlar va imkoniyatlar tug„diradi. Mahalliy 
hukumat uchun “Djebel Ali” amalda yaratilgan loyihadir va bu zona 80% savdodan 
iborat iqtisod rivojlanishiga katta hissa qo„shadi. 
EIHlar ko„plab rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiga har tomonlama ta‟sir 
ko„rsatmoqda. Moliyaviy resurslar etishmasligi sharoitlarida bu zonalar faoliyati 
rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiga, bu zonalarda har xil imtiyozlar, zarur bo„lgan 
infratuzilma, nisbatan malakali va arzon ish kuchlari va yengillashtirilgan ma‟muriy 
jarayonlar mavjudligi sababli, bevosita chet el investitsiyalari kirib kelishini 


219 
ta‟minlaydi. Bu soha bo„yicha yetarli statistik ma‟lumotlar bo„lmaganiga 
qaramasdan, EIHlarga sarflangan chet el kapitali to„g„risidagi alohida ko„rsatkichlar 
hech kimni befarq qoldirmaydi.
O„z EIHlariga atayin kichik invetorlarni jalb qilayotgan Meksika, Yamayka, 
Mavrikiya davlatlari tajribalari shuni ko„rsatadiki, rivojlangan davlatlarning kichik va 
o„rta firmalari yirik kompaniyalar faoliyatini muvaffaqiyatli to„ldirib bormoqda. 
Mayda firmalar tez o„zgarib turadigan sharoitlar ta‟sirida tezroq o„zgardi va ular 
davlatlarning ichki bozor ehtiyojini to„liq qondirishga qodir. Ko„p davlatlarning 
investorlarni tezroq jalb qilishga intilishini e‟tiborga olib, bunday kompaniyalar eng 
yaxshi qisqa muddatli alternativa bo„lib qoldi, chunki, yirik kompaniyalar sekinroq 
faoliyat qilishadi va kichik kompaniyalarga o„xshab EIHlarning imtiyoz va 
imkoniyatlariga muhtoj emas. 
Bunday 
hududlar 
faoliyatining 
kengayishi 
ko„pgina 
rivojlanayotgan 
davlatlarning iqtisodida o„zgarishlar olib keldi: oldingi ashyoviy yo„nalishlardan voz 
kechish, faqat oddiy mahsulot emas, balki, ilm talab qiladigan mahsulot chiqaradigan, 
qayta ishlab chiqaradigan bo„ldi. 
Bir qator Osiyo davlatlarida elektron sanoati paydo bo„lishi ham EIH faoliyati 
bilan bog„liq.
Bunga elektron mahsulotlarning 90% EIHda ishlab chiqarilayotgan Malayziya 
misol bo„lishi mumkin. Bugungi kunda Malayziya dunyodagi yarim o„tkazgichlarini 
eksportyorlaridan eng yirigi.
Tayvanda joylashgan “Kaoching” EIHdi 1967 yilda oddiy kiyim tikish ishlab 
chiqarishidan boshlagan, keyinchalik moda talablariga javob beradigan kiyim 
tikishga o„tdi, undan keyin elektron texnikasini yig„ish yaratildi, elektronika sohasida 
sinov va loyihalash ishlarini boshladi. Hozirgi kunda “Kaoching” EIH transmilliy 
kompaniyalarning shtab-kvartiralari va o„ta katta logistik markazlari joylashgan 
maydonga aylandi.
Boshqa davlatlarda ham EIHlar ilm talab qiladigan ishlab chiqarishlar 
rivojlanishi vositasi bo„ldi. Masalan, Meksika, Koreya, Singapur, Gonkong, Braziliya 
EIHlari elektronika, tele va audioapparatura, kompyuter texnikasi, yengil 
avtomobillarni ishlab chiqarmoqda. 
Ishlab chiqarishni yaxshilashda, iqtisodni texnologik jihatdan qayta qurishda, 
printsipial yangi mahsulot va texnologiyalar joriy qilinayotgan texnologik zonalarda 
faoliyat qilayotgan chet el kompaniyalari muhim rolga ega. Masalan, Xitoyning yangi 
va yuqori texnologiyalar zonalari bo„lmish texnoparklari mikroelektronika va 
informatsiya vositalari, genetika, biotexnologiya, aloqaning yangi usullari, yangi va 
quvvat saqlaydigan texnologiyalar, tabiat va atrof-muhitni saqlab qoluvchi vositalar 
kabi ilg„or yo„nalishlarga alohida e‟tibor bermoqda. Oxirgi 15 yil ichida bu 
zonalarning ishlab chiqarish miqdori 10 barobar o„sdi. Shu davr ichida 1000 dan ortiq 
yangi ilm talab qiladigan mahsulot turlari o„zlashtirildi. Texnoparklar bu davlatda 
ilmiy-texnik progressning haqiqiy lokomotivlariga aylandi. 
Xuddi shunday holatni biz Osiyoning boshqa davlatlarida ko„rishimiz mumkin. 
Masalan, Tayvanda joylashgan “Sinchu” texnoparkining asosiy faoliyati elektron 
sanoati rivojlanishi, shu jumladan, kompyuter va pereferiya anjomlari, elektron 


220 
komponentlarni ishlab chiqarish bilan bog„liq. Kishi boshiga ishlab chiqarish 
bo„yicha “Sinchu” mashhur “Silikon vodiysi”dan qolishmaydi. “Sinchu”dan eksport 
qilingan mahsulot ulushi milliy eksportining 4% ni tashkil qiladi. Yangi 
texnologiyalarni 
joriy 
qilishdan 
boshqa 
texnopark 
faoliyatining 
muhim 
yo„nalishlaridan biri ilmiy-texnik ma‟lumotlarni davlatning xususiy kompaniyalari 
orasida ulardan buyurtma olish orqali, yangi ilmiy-texnik ma‟lumotni tarqatishdir. 
Bunday harakatlar mahalliy sanoat texnologik darajasini oshirish deb bilinadi, 
chunki, Tayvanda, asosan, kichik firmala faoliyat ko„rsatishadi, ularda esa ilmiy 
sohada o„z ishlarini olib borishga imkoniyatlari ancha kam. Nihoyat, yuqori 
texnologiyali ilmiy markazlar joylashgan texnoparklar yaratilishi “aqllarni davlatdan 
ketib qolishi”ning o„rnini bosadi. 
Rivojlanayotgan davlatlarning eksport savdosi rivojiga ishlab chiqarish va savdo 
hududlari ham katta hissa qo„shdi, bu davlatlarning iqtisodi dunyo iqtisodiga 
integratsiya bo„lishiga ko„maklashdi. Tayvan va Koreyaning eksporti to„liq EIHdan 
amalga oshiriladi. Xitoyda eksportga mo„ljallangan mahsulotning aksariyat qismi 
erkin iqtisod zonalarda ishlab chiqariladi. Malayziyada, masalan, 1979-yilda sanoat 
mollari eksportining 75% EIHdan bo„layotgan edi, hozirgi kunda bu ko„rsatkich 55% 
ni tashkil qiladi, shuningdek, Mavrikiyada – 95%, Dominikan Respublikasida 80%, 
Keniyada – 75% va Meksikada 50 %. ga teng.
Eksport-ishlab chiqarish zonalarning yaratilishi va eksport potensiali 
shakllanishi bu davlatlar uchun nafaqat valyuta topish manbasi bo„ldi, balki, yalpi 
ichki omonatlar darajasi o„sishiga ko„makchi bo„ldi. Tayyor mahsulotlar eksporti bu 
sohani tarkibini yaxshiladi, yalpi daromadning o„sishi esa zamonaviy texnika va 
texnologiya, iste‟mol tovarlar importini oshirishga imkoniyat berdi. Bundan tashqari, 
iqtisodiy rivojlanish ilmiy-texnik progress bilan yonma-yon qadam bosishga va 
chiqarilayotgan mahsulot raqobatbardoshligini oshirishga imkon yaratdi. 
Rivojlanayotgan davlatlarda ishsizlik darajasini kamatirishda ham bu zonalar 
ahamiyati katta. XXI asr boshida rivojlanayotgan davlatlardagi EIH larda band 
bo„lgan odamlarning soni 50 mln. kishidan oshdi, shuning 40 mln.ga yaqini birgina 
Xitoy davlatiga to„g„ri keladi. Aytib o„tish lozimki, EIHlarda ishlayotgan chet el 
kompaniyalar bilan mahalliy kompaniyalar orasida aloqalar o„rnatilishi, o„z 
navbatida, mahalliy ishlab chiqarishlarda ham bandlik darajasi oshishiga olib keladi. 
Eksportga qaratilgan zonalardagi ishlab chiqarish kompaniyalari subpudratchi sifatida 
faoliyat qilib, eksportda o„z ishtirokini ta‟minlaydi va shu bilan birga yangi ishchilar 
olish imkoniyati parallel tarzda o„sib boradi. Masalan, “Maqiladoras” ishlab 
chiqarishlari rivojlanishi yondosh sohalarda 2 mln. dan ortiq yangi ish joylari 
yaratilishiga olib keldi. Xuddi shunday holatni Braziliya, Xitoy, Gvatemala, 
Gonduras, Indoneziya va boshqa davlatlarda ko„rish mumkin.
Singapur va Filippinda EIHlar malaka oshirish kurslarini tashkil etish va ularga 
qatnashayotgan ishchilarni rag„batlantirish yo„li bilan ish kuchini sifatini oshirmoqda. 
Bunday siyosat mahalliy ishchilarning ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi. 
Bundan tashqari, malaka oshirish jarayonida mahalliy boshqaruv kadrlari ham jalb 
qilinadi.va bu mahalliy tadbirkorlik darajasi o„sishiga olib keladi. Rivojoanayotgan 
davlatlar uchun esa bu o„ta muhim, chunki, ularning ko„pida dunyo bozorida ishlash 


221 
uchun zarur menejment va marketing sohalari bo„yicha mutaxassislar yo„q.
Ko„p rivojlanayotgan davlatlarda EIHlarda faoliyat olib borayotgan chet el 
kompaniyalari davlatda belgilangan maoshdan yuqoriroq maosh to„laydi. Bular 
qatoriga Kot-d‟Ivuar, Gonkong, Xitoy, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand va 
boshqalar kiradi. 
EIHlarning mamlakat iqtisodiga ijobiy ta‟sirini quyidagi jihatlardan ko„rish 
mumkin: 
-
chet ellik investorlar EIHlardagi ishlab chiqarishlarga nisbatan zamonaviy 
texnologiyalarni olib keladilar, ishlab chiqarish jarayoniga zarur bo„lgan yangi 
menedjment va boshqaruv usullarini singdiradilar; 
-
mahalliy ish kuchi yangi mehnat uslublarini o„zlashtiradi, ayniqsa, yangi 
texnikani o„zlashtirish jarayonida; 
-
EIHlarga investitsiya qilayotgan kompaniyalar er va infrastruktura obyektalari 
uchun to„lovlarni o„z zimmasiga oladi, va xizmat uchun haq to„laydi; 
-
mahalliy aholi turmush darajasi oshadi, daromadlar o„sadi, ichki bozorning 
yuqori sifatli mahsulotga ehtiyoji to„laroq qondiriladi; 
-
EIHlarda faoliyat ko„rsatayotgan kompaniyalar boshqalarga nisbatan yaxshiroq 
sharoitlarda bo„ladi. Bunday hududlarda ishlab chiqarish sarf-xarajatlari, xomashyo 
va materiallar olib kirish bilan bog„liq soliq va bojlar yo„qligi va ish kuchi nasbatan 
arzon bo„lganligi sababli ishlab chiqarilgan mahsulot raqobatbardoshligi oshadi. 
Odatda, er va infratuzilma uchun to„lovlar ham boshha hududlarnikidan pastroq 
bo„ladi.
-
mahalliy bozor rivojlanadi, chunki, EIHlarda band bo„lgan aholi to„lovlarni 
amalga oshirishga qodir; 
-
EIHlar yaratilishi mazkur hududda tadbirkorlik faoliyati jonlashishiga yoki 
iqtisodiyotning ma‟lum sohalari rivojlanishiga ko„mak bo„ladi. Shu bilan birga 
EIHlar rivojlanayotgan davlatlarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni to„liq 
echadigan vosita bo„lmasa ham, ular davlatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida 
muhim ahamiyatga ega. Ko„p davlatlar uchun (Xitoy, Braziliya, Meksika) EIHlar 
savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy o„sish markazlariga aylandi. Bundan 
tashqari, ochiq iqtisod modeli ishini namoyish qiladi, bu davlatlarning iqtisodlari 
dunyo iqtisodiga integratsiya yo„llarini aniqlab beradi.
Bular bilan birga ba‟zi iqtisodchilar EIHlar faoliyatining salbiy tomonlariga ham 
e‟tibor qaratishmoqda.
EIHlarda chet el kompaniyalarga olingan daromaddan o„z ixtiyoriga ko„ra 
foydalanishda chegaralanmagan huquqlar berilgan. Buning natijasida moliyaviy 
resurslar davlatdan chiqib ketadi va erkin hududlar yaratilishi samarasi pasayadi. 
Bunday anklavlar faoliyati natijasida katta daromadlar tushadi, ammo, ular davlatdan 
chiqib ketib foyda keltirmaydi. 
EIHlarni tanqidchilarining aytishlaricha, bu ishlab chiqarishlar mahalliy ishlab 
chiqarish bilan raqobatlashadi, va mahalliy ishlab chiqarishga zarar keltiradi. Bundan 
tashqari EIHlarga ekologik jihatdan xavfli texnologiyalar kirib kelish xavfi ham bor.
Import komponenti ulushi kattaligida bu ham mahalliy iqtisod rivojlanishiga 


222 
salbiy ta‟sir ko„rsatishi mumkin: 
-
yangi yaratilgan EIHda mahsulot davlatdagi o„rtacha ko„rsatkichdan pastroq. 
Xindiston iqtisodchilari tekshiruvi bo„yicha milliy ishlab chiqarishlardagi qo„shma 
qiymat zonalarda joylashgan ishlab chiqarishlarnikidan yuqoriroq; 
-
valyuta hisobida olingan daromad import komponetlar narxi ayrilgandan so„ng 
o„ta past; 
-
EIHda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotda mahalliy ishlab chiqarish 
mahsulotining ulushi o„ta past, deyarli 25-30%.
EIHlarda faoliyat ko„rsatayotgan ishlab chiqarishlarning menedjerlari ko„pincha 
chet ellik mutaxassislar, va ularning maoshi mahalliy ishchilarnikiga nisbatan bir 
necha barobar ko„p. Bunday sharoitlarda mahalliy ishchilarni ishlab chiqarishda 
o„qitish samarasi minimal darajada. Bu ishchilar ishlab chiqarish jarayonida maxsus 
bilim talab qilmaydigan operatsiyalarni bajarishadi. 
Transmilliy kompaniyalar oldingiday o„z investitsiyalarini eng arzon va eng 
himoyasiz ish kuchiga tayanib amalga oshirishlari hamon kuzatiladi. Boshqa 
tomondan, ba‟zida rivojlanayotgan davlatlarning o„zi ish joylarini saqlab qolish 
maqsadida mehnat standartlariga rioya qilishmaydi, kasbiy ittifoqlar tashkillashtirish, 
jamoat shartnomalar tuzish huquqini cheklashadi, majburiy va yosh bolalar 
meqnatidan foydalanishadi. Bular hammasi EIHlarda ishlayotgan odamlar ko„pincha 
hech qanday ijtimoiy himoyasiz mehnat qilishiga olib keladi. 
Davlat ichidagi mehnat faoliyatiga oid standartlarini pasaytirib, bu sohada 
kelishuvlarni inkor qilib ba‟zi davlatlar investitsiyalarga sharoitlar yaratib 
berishmoqda. Bunday holat ish beruvchiga ishchilarni maksimal darajada ishlatish 
imkoniyatini yaratadi. Misol qilib Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong firmalarini 
keltirishimiz mumkin, ular Transmilliy kompaniyalar hamkori sifatida kam 
rivojlangan davlatlarda joylashgan EIHlarda mehnatga talabchan ishlab chiqarishlarni 
tashkil qiladi. Bunday tizim, ayniqsa, tikuv va poyafzal sanoatida keng tarqalgan. Bu 
sohalarda texnik yangiliklar joriy etilayotganga qaramay, kam rivojlangan 
davlatlarning ish kuchidan keng foydalanilmoqda. Bundan tashqari, ko„rsatilgan 
sohalar boshqa sohalarga nisbatan oson ko„chadigan, deyarli qiyinchiliksiz ishlab 
chiqarishni bir shahardan boshqa shaharga yoki bir davlatdan boshqa davlatga 
ko„chirish mumkin. Aksariyat rivojlanayotgan davlatlarda tikuv sanoati katta 
miqdorda, asosan, 30 yoshdan oshmagan ayollar, ish kuchini talab qiladi. O„z 
navbatida, yuqoridagi sohalarda ish joylari o„ta ko„pligidan, bu sektorning davlat 
ichida ish haqini o„rtacha ko„rsatkichi va mehnat standartlariga ta‟siri juda katta. 
Nihoyat, EIHlarning davlat iqtisodiga ijobiy ta‟siri qo„shimcha samarada 
bilinadi va bu samara salbiy holatlarga ko„ra yuqoriroq. Har tomonlama yopiq 
eksport-import turdagi EIHning yaratilishi ham mamlakat iqtisodiga katta ta‟sir 
ko„rsatadi. Bu ta‟surot bir necha yo„nalishda vujudga keladi. 
Birinchisi – o„qitish samarasi, boshqaruv texnikasi, ishlab chiqarishni 
tashkillashtirish, eksport, marketing sohalari bo„yicha bilimlar hudud chegarasidan 
chiqib ketishi. Bu samara o„zini o„ta sekin bildiradi, ammo, bu tabiiy hol, chunki, 
aniq vazifalarni bajarish uchun mo„ljallangan hudud hududdan tashqari ishlab 
chiqarishlarga o„z tajribasini berish vositasiday ko„rilmaydi. Bu tajriba iqtisodiy 


223 
aloqalar hisobiga boshqalarga o„tadi. 
Ikkinchi yo„nalish iqtisodiy hududlarda joylashgan milliy koxonalar rivoji bilan 
bog„liq. Xorijiy kompaniyalar bilan yaqin ishlab chiqarish va ijtimoiy aloqalar ichki 
aloqa kengayishi va rivojlanishiga olib keladi va shu bilan birga milliy 
kompaniyalarning texnologik va boshqaruv tajribasi xorijiy kompaniya darajasigacha 
oshadi. 
Uchinchi yo„nalish – bu firma ichida muhandis, ishchilar va boshqaruvchilar 
migratsiyasini qamrab oladi. Bu migratsiyaning miqdori ahamiyatga ega emas. 
Ammo, buning ta‟siri katta va ko„p davlatlar iqtisodiy hududlar faoliyatining 
samarasi ko„rinmasa ham, uzoq muddatda natija olish uchun birinchi 3-5 yillikda 
iqtisodiy hududlar faoliyatini qo„llashga xarajatlardan bosh tortishmaydi. Bu natijalar 
orasida ochiq turdagi iqtisodga o„tish ham bor. 
Shunday qilib, rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarda mavjud va EIHlar 
faoliyatining salbiy va ijobiy tomonlari to„g„risida to„liq tushuncha beradigan 
natijalarni bahosi bir biriga mos emas va bu, o„z navbatida, bunday hududlarni 
yaratish arafasida turgan davlatlar qat‟iy qarorga kelishiga halaqit bermoqda. 
Iqtisodiy hududlar oldiga qo„yilgan vazifalar ko„pligidan, bunday fikrlar qarama-
qarshiligi tabiiy hol. Dunyo tajribasi ko„rsatishicha, barcha maqsadlarga erishib 
bo„lmaydi. Va buning natijasida bir necha xulosa qilish mumkin: 
1)
EIHlar faoliyatini baholashda bir maqsadlar boshqa maqsadlardan 
yuksakroqligini e‟tiborga olish kerak, ya‟ni ularni aniq taqsimlash zarur. Bir 
vaziyatda bunday maqsad bandlik darajasini oshirishdir, ikkinchi vaziyatda – eksport 
darajasini oshirish, boshqa vaziyatda – davlat iqtisodini rivojlantirish va h.k. Yuksak 
maqsadga erishish boshqa maqsadlarga ham erishish bilan bir emas. 
2)
EIH faoliyatining ijobiy natijalarini iqtisodiy hudud va davlatning ichki 
iqtisodiyoti orasida bosqichma-bosqich rivojlangan aloqa natijasida olish mumkin. 
Bu ham ichki bozorga, ham tashqi bozorga yo„naltirilgan hududlar uchun tegishli. 
Tayyor mahsulot qiymatida milliy komponent ulushi oshishi bilan birga, valyutada 
daromad olish asosalari paydo bo„ladi va bundan tashqari, yangi texnologiyalar, nou-
xau, litsenziya va patentlar kelishi natijasida hamda bu hududlarda ta‟lim olgan 
ishchilar ko„chishi natijasida qayta ishlash sanoati va ichki iqtisodning ashyoviya 
sanoatining texnik darajasi oshishiga imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun qabul 
qiluvchi davlatning xo„jalik mexanizmining islohoti, uning narx, valyuta va mablag„ 
bilan bog„liq muammolarini yechimi hududiy tajribadan ajralgan holda emas, balki, 
parallel tarzda, mikro va makroiqtisodiyotning yangi elementlarini qabul qilish bilan 
rivojlanishi shart. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   439




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish