Эркин иқтисодий ҳудудлар



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/439
Sana03.02.2022
Hajmi7,25 Mb.
#427725
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   439
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

5.4-jadval. 
Qiyoslanayotgan davlatlarning logistika ko„rsatkichlari indeksi (LKI)
57
 
 
Davlat 
LKI 
o„rni 
Bojxona 
Infra- 
tuzilma 
Xalqaro 
tashuvlar 
Logistik 
raqobat 
Kuzatuv 
va 
nazorat 
O„z 
vaqtida 
etkazish 
O„zbekiston 118 
2.32 
2.45 
2.36 
2.39 
2.05 
2.83 
Qozog„iston 
77 
2.52 
2.76 
2.75 
2.57 
2.86 
3.06 
Singapur 

4.18 
4.20 
3.96 
4.09 
4.05 
4.40 
Tailad 
45 
3.11 
3.12 
3.37 
3.14 
3.20 
3.56 
Xitoy 

3.94 
4.10 
4.05 
4.00 
4.03 
4.29 
Jahon mamlakatlar tajribasiga ko„ra, logistika markazlari faoliyatini 
rivojlantirish va samaradorligini oshirish quyidagi yo„nalishlar bo„yicha olib borilishi 
lozim: 
1. Biznes jarayonlarida zahiralarni quyidagilar hisobiga qisqartirish: 
57
Jahon 
bankining 
logistik 
ko„rsatkichlar 
indeksi 
yillik 
hisoboti 
ma‟lumotlari 
2016 
y. 
https://lpi.worldbank.org/international/global 


148 
- zahiralarni ulgurji va chakana savdo o„rtasida qayta taqsimlash hamda ulgurji 
bo„g„inlarda to„plash; 
- zahira holatlarini nazorat qilishning zamonaviy texnologiyasini qo„llash; 
- ishtirokchilarning zahiralarni o„z vaqtida to„ldirib borish masalasida yuksak 
darajada muvofiqlashib borishi. 
Joriy zahiralar ham, sug„urta zahiralari ham qisqarib boradi. Joriy zahiralar – 
qulay o„lchamdagi to„plamlarning belgilangan muddatida yetkazib berilishi hisobiga 
amalga oshiriladi. Sug„urta zahiralari – tovarlarning yagona taqsimot omborida 
to„planishi hisobiga kamaytiriladi. Masalan, agar 100 ta do„kon bitta taqsimot ombori 
atrofida birlashtirilsa va bu erda sug„urta zahiralari to„plansa, u holda kvadrat ildiz 
qonuniga ko„ra, zahiralarning umumiy hajmi xizmat ko„rsatish bo„yicha 
barqarorlikka zarar yetkazmagani holda 10 marta kamayadi. 
2. Xizmatlar bozorida logistika vositachisi hisoblangan korxonalarning 
maydonlari va hajmidan yuqori darajada foydalanish. Masalan, tovar o„tkazish 
bo„g„inlarining logistik qulayligi do„konlar maydonlarining tarkibini sezilarli 
darajada o„zgartirib, savdo maydonchalari hisobiga ko„paytiradi. Bularga ushbu 
hisoblarga ko„ra erishiladi: 
- umumiy zahiralar miqdorining keskin qisqartirilishi va ularning kattagina 
qismini do„konlardan ulgurji bo„g„inlarga ko„chirish hisobiga; 
- tayyorlov 
jarayonlarining bir qismini – qadoqlash, tamg„alash, narxlarini 
belgilash va boshqalarni tovar harakatining oldingi bosqichlariga ko„chirish hisobiga. 
3. Sarmoyalarning aylanishini tezlashtirish. Bularga talablarni bevosita 
joylashtirish va ularni bajarish jarayonlarini vaqti bo„yicha nazorat qilish hisobiga 
erishiladi. 
4. Transport xarajatlarini qisqartirish, ishtirokchilarning yuqori darajada 
transportdan foydalanish masalasida muvofiqlashuvlari hisobiga erishiladi. 
5. Yuklarni ishlash, shu jumladan, qo„l mehnati xarajatlarini kamaytirish. 
Logistika markazlari faoliyatidan foydalanishdagi samaralar to„plami, odatda, 
ko„rsatib o„tilgan ko„rsatkichlar samaralarining yig„indisidan ortadi. Bu shu bilan 
izohlanadiki, logistika jihatidan tashkillashtirilgan tizimlarda vujudga kelgan bozor 
uchun kerakli yukni yetkazib berishni ta‟minlash qobiliyati, zarur sifatda, kerakli 
miqdorda, belgilangan muddatda, kerakli joyga, eng oz miqdordagi xarajatlar bilan 
yetkazib berishning vujudga kelishi bilan izohlanadi. 
EIHlar tashkil etilishi mintaqaviy rivojlanishni yanada maqbullashtirish, tashqi 
bozorlarga yo„naltirilgan yuqori samarali ishlab chiqarishlarni joylashtirish, logistika 
va transport infratuzilmasining zamonaviy tizimlarini joriy etish siyosatini amalga 
oshirish yo„lida yangi qadamdir. 
O„zbekiston Respublikasi bir qator asosiy transport konvensiyalari va xalqaro 
shartnomalariga qo„shilgan bo„lib, transport koridorlarini diversifikatsiyalash ishlari 
davom etmoqda. 
Umuman olganda, mamlakatimizda logistika infratuzilmasini rivojlantirish 
uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim: 
- mamlakatimizning Farg„ona vodiysi, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Navoi, 
Buxoro hududlarida logistika hablari yaratish va logistika va transport tizimiga 


149 
xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadga muvofiq; 
- mamlakatimizda zamonaviy logistika markazlarini barpo etish va ulardan 
samarali foydalanish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish; 
- mahalliy, eksport-import va tranzit tovar aylanmasini rivojlantirishga 
ko„maklashuvchi logistika markazlari tashkil etishni o„z ichiga oluvchi mamlakat 
transport infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratish; 
- O„zbekistonning geografik joylashuvi zamonaviy ombor komplekslari va 
logistika markazlari tarmog„i rivojlanishida strategik muhim jihat bo„lib, yuklarni 
tashish bilan bog„liq xarajatlarni kamaytirish hamda ishlab chiqarish va savdo 
kompaniyalari logistikasini samarali tashkil etish imkonini berishi mumkin. 
O„zbekistonda transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirishda zamonaviy 
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalasiga ham 
alohija e‟tibor qaratilmoqda. 
Xususan, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi 
“Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to„g„risida”gi PF-5349-sonli Farmoni mamlakatda sohada bir qator 
quyidagi muammolarni hal etishga huquqiy yechim topish maqsadida qabul qilindi: 
- birinchidan, telekommunikatsiya infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan, 
mamlakatning 
olis 
aholi 
punktlari 
telekommunikatsiya 
tarmoqlari 
bilan 
ta‟minlanmasdan qolmoqda, mobil aloqa va Internet tarmog„ining sifati aholi 
ehtiyojlarini qondirmayapti; 
- ikkinchidan, davlat boshqaruvi tizimiga axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini joriy etishda yagona texnologik yondashuvning samarali 
amalga oshirilmaganligi sababli idoraviy axborot tizimlari va resurslari alohida-
alohida joriy qilinmoqda, buning oqibatida ularni yagona axborot makoniga 
integratsiyalash jarayoni murakkablashmoqda; 
- uchinchidan, elektron tijoratda integratsiyalashgan savdo va marketing 
platformalari, internet-do„konlar, to„lov tizimlarini, shuningdek, logistika tizimlarini 
joriy etishga yetarlicha e‟tibor qaratilmayapti, bu iqtisodiyot va tadbirkorlik 
rivojlanishi, chet el investitsiyalari jalb qilinishi to„xtatib turilishining sabablaridan 
biri bo„lmoqda; 
- to„rtinchidan, davlat axborot tizimlari va resurslarida axborot xavfsizligini va 
axborotni muhofaza qilishni ta‟minlash ishlarining zaif tashkil etilganligi axborotdan 
ruxsatsiz foydalana olish, ma‟lumotlar bazalarining butunligi va maxfiyligini buzish 
imkoniyatini oshirmoqda; 
- beshinchidan, ko„plab davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari 
tomonidan aholiga ko„rsatiladigan xizmatlarning sifati va tezkorligini oshirish, 
byurokratik tartib-taomillarga barham berish, qog„oz hujjat aylanishini kamaytirishga 
qaratilgan axborotlashtirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini joriy qilish loyihalarini amalga oshirish masalalariga yetarlicha 
e‟tibor berilmayapti; 
- oltinchidan, pochta aloqa xizmatlari va logistika tizimini modernizatsiya qilish, 
pochta aloqasi milliy operatori faoliyatining sifat jihatdan yangi uslublarini joriy etish 
va bozorda uning faoliyati mavqeini oshirishga doir ta‟sirchan choralar ko„rilmayapti; 


150 
- yettinchidan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlarni 
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi IT-
texnologiyalar rivojlanishining tezkor sur‟atlarini hisobga olmayapti, shuningdek, 
ta‟lim berishning ilg„or uslublarini joriy etish uchun xorijiy mamlakatlarning yetakchi 
ta‟lim muassasalari bilan samarali muloqotni tashkil qilish imkonini bermayapti; 
- sakkizinchidan, elektron hukumat, elektron tijorat, elektron davlat xizmatlari 
ko„rsatish tizimi, ularning shaffofligi va ochiqligi, shuningdek, telekommunikatsiya 
infratuzilmasining rivojlanishida ancha ilgarilab ketgan mamlakatlarning tajribasini 
chuqur o„rganish va joriy etish bo„yicha tizimli ish olib borilmayapti. 
Farmonda raqamli iqtisodiyotni o„stirishda elektron tijoratni rivojlantirish va 
shunga muvofiq ravishda port va logistika infratuzilmasini rivojlantirishga ham urg„u 
berilgan. 
Bunda 
O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining asosiy vazifalari va faoliyatining 
ustuvor yo„nalishlari etib quyidagilar belgilandi: 
- axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va qo„llash 
sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda 
munosabatlarni tartibga solish, elektron hukumatni joriy etish, axborot jamiyati va 
raqamli iqtisodiyotni shakllantirish faoliyatini muvofiqlashtirish; 
- “oxirgi milya” tamoyili bo„yicha Internet tarmog„idan keng polosali 
foydalanishni kengaytirish, multiservisli aloqa tarmoqlari texnologiyalari, mobil 
aloqa bozori, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari, shuningdek, 
logistika va pochta aloqasi xizmatlari orqali telekommunikatsiya infratuzilmasini 
rivojlantirish va modernizatsiya qilish; 
- davlat organlarining axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy 
etish, idoralararo o„zaro elektron hamkorlikni tashkil qilish, yagona elektron reestrlar 
va ma‟lumotlar bazalarini, «yagona darcha» tamoyili bo„yicha elektron davlat 
xizmatlari ko„rsatish tizimlarini shakllantirishga yagona texnologik yondashuv 
amalga oshirilishini ta‟minlash; 
- davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektorida innovatsiyalarni joriy 
qilishga ko„maklashish, raqamli iqtisodiyot o„sishini rag„batlantirish, shu jumladan, 
ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, 
elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish; 
- shahar va hududiy infratuzilmani, shu jumladan, kelgusida integratsiyalashgan, 
“aqlli” va “xavfsiz” shahar yagona kompleksiga birlashtirgan holda uy-joy kommunal 
xizmat ko„rsatish, transport logistikasini, shoshilinch xizmatlarni boshqarishning 
zamonaviy intellektual tizimlarini joriy etish va rivojlantirish; 
- texnoparklar va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan, 
davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy raqobatbardosh va eksport uchun 
mo„ljallangan dasturiy mahsulotlar hamda xizmatlarning mahalliy ishlab 
chiqarilishini 
rivojlantirishni 
rag„batlantirish, 
shart-sharoitlar 
yaratish 
va 
investitsiyalarni jalb qilish; 
- yetakchi xorijiy kompaniyalar va ta‟lim muassasalarining eng yaxshi amaliyoti 
asosida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida strategik va loyiha 
boshqaruvi, menejment, marketing bo„yicha ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, 


151 
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni tashkil qilish; 
- kiberxavfsizlikni ta‟minlash va tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar, axborot 
tizimlari va resurslarini joriy qilishni ta‟minlash bo„yicha kompleks choralarni 
amalga oshirish, shaxsiy va biometrik ma‟lumotlarni yig„ish, qayta ishlash va saqlash 
bo„yicha texnologiyalarning qo„llanishini tartibga solishda ishtirok etish; 
- taqdim etilayotgan telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlarining 
yuqori sifatini ta‟minlash maqsadida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari 
sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishining davlat nazoratini amalga oshirish; 
- axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini qo„llash va rivojlantirish 
masalalari bo„yicha, shu jumladan, texnik standartlar, reglamentlar joriy etilishini 
tashkil qilish, shuningdek, Vazirlikning faoliyat sohasiga kiradigan boshqa 
yo„nalishlar bo„yicha xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot 
muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish. 
Shuningdek, Farmonga ko„ra: 
a) 2018-yil 1-iyundan: 
tadbirkorlik subyektlari tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksport qilinganligi uchun 
eksport shartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan, Internet 
tarmog„idagi elektron savdo maydonchalari orqali, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro„yxat bo„yicha ayrim tovarlardan tashqari, 
tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirish huquqiga ega; 
tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron tijoratdan foydalanish orqali 
sotiladigan tovarlar aylanmasi ularning hajmidan qat‟i nazar, chakana savdo 
hisoblanadi; 
b) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida xalqaro konsalting 
kompaniyalari va ekspertlarini jalb qilish, o„z IT-infratuzilmasini rivojlantirish va 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, Vazirlik xodimlarini moddiy 
rag„batlantirish 
Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
rivojlantirish 
jamg„armasi mablag„lari hisobidan amalga oshiriladi; 
v) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg„armasi 
mablag„lari hisobidan Vazirlik xodimlarining mehnatiga haq to„lash shartlari Vazirlik 
hay‟ati tomonidan aniqlanadi; 
g) davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas‟ul 
bo„lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 
100 foizdan kam bo„lmagan miqdorda belgilanadi; 
d) davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirishga mas‟ul bo„lgan bo„linma rahbarlari har yil 
yakunlari bo„yicha Vazirlik qarori asosida axborot tizimlari, elektron davlat 
xizmatlari va axborotlashtirishni joriy etish rejalari va dasturlarining o„z vaqtida, 
to„liq va sifatli bajarilganligi uchun, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
rivojlantirish jamg„armasi mablag„lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan 
boshqa manbalar hisobidan eng kam ish haqining 100 baravarigacha miqdorda 
mukofotlanadi. 


152 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   439




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish