Эркин иқтисодий ҳудудлар


 Investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi omillar



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/439
Sana03.02.2022
Hajmi7,25 Mb.
#427725
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   439
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

4.2. Investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi omillar 
Mamlakat, 
xususan, 
mamlakat 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyoti 
ularning 
investitsion salohiyati va investitsion faolliyat orqali ta‟minlanadi. Investitsiya 
muhitining asosiy unsurlaridan biri bo„lgan investitsion jozibadorlik investitsion 
salohiyat va investitsion risklarning o„zaro aloqasi natijasida shakllanadi. Shu 
munosabat bilan iqtisodiyotda amalga oshiriladigan investitsiyalar uchun qulay 
sharoit investitsion jozibadorlik hisoblanadi.
Albatta, bu yerda xorijiy investor u yoki bu mamlakatda o„z kapitalining 
xavfsizligini ta‟minlash masalalariga, birinchi navbatda, e‟tiborini qaratadi. Shundan 
keyin, u o„z kapitalidan foyda olishning qanchalik samaradorligi haqida o„ylab 
ko„radi. Investor uchun xavf tug„diradigan xatarlar mamlakat investitsiya muhiti 
jozibadorligiga ham salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi omillarni turli iqtisodiy adabiyotlarda 
turlicha yoritish bilan ifodalanganlik holatlari kuzatiladi. 
Bu esa investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi omillarni turlicha talqin etish bilan 
bevosita bog„liq ekanligiga asoslanadi. 
Jumladan, ayrim manbalarda investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi omillarni ijobiy 
va salbiy ta‟sir etuvchi omillarga ajratgan holda, boshqalarda ta‟sir etish 
yo„nalishlariga ko„ra yoki manbalariga ko„ra va boshqa maqsadlarga asoslanib 
farqlanishlarni keltirish holatlari kuzatiladi. 
Investitsiya muhiti holatiga quyidagi muhim omillar ta‟sir ko„rsatadi: 
1. Eng avvalo, mamlakat investitsiya siyosatining yo„nalishlari va samarasi. 
2. Mamlakat ichkarisidagi siyosiy barqarorlik. Mamlakatda siyosiy barqarorlik 
hukm sursa, investitsiya muhitining boshqa omillari ham o„z ahamiyatini namoyish 
eta oladi. 
3. Mintaqadagi yaqin qo„shnichilik munosabatlari. Bu ham mamlakatning 
siyosiy ahvoliga katta ta‟sir ko„rsatadi va tadbikorlik faoliyatida muhim sanaladi. 
4. Huquqiy-me‟yoriy hujjatlarning mavjudligi. Hukumatning investitsion 


110 
munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan qonun-qoidalarining mukammallik 
darajalari. 
5. Mamlakatning tabiiy resurslar salohiyati. Investitsion muhit jozibadorligini 
oshiruvchi omillardan asosiysi – bu mamlakatdagi mavjud tabiiy boyliklardir. Agarda 
tabiiy resurslar salohiyati yuqori bo„lsa, o„sha mamlakatga investitsiyalar ko„proq jalb 
etiladi.
6. Mamlakatning mehnat salohiyati. Biror-bir iqtisodiyotga investor investitsiya 
kiritishdan avval, o„sha erning mehnat salohiyatini ham o„rganadi. Mehnat salohiyati 
deganda, mamlakatdagi ishchi kuchining tarkibi, soni, qiymati, bilimi, malakasi, 
tajribasi kabilar nazarda tutiladi. 
7. Investitsion jamg„armalar. Investitsion jamg„armalar – jamg„armalarning 
maxsus 
turi 
hisoblanib, 
iste‟mol 
zaruriyatlari 
uchun 
sarflanmaydi. 
Bu 
jamg„armalarning asosiy maqsadi daromad keltiradigan aktivlarni investitsiyalashdir. 
Jamg„armalarning bunday turi iste‟mol maqsadlarda ishlatiladigan zaruriy 
jamg„armalardan keyin hosil qilinadi. Bunday jamg„armalarning hajmi (salmog„i) 
jamiyatning turmush darajasiga va aholisining daromad darajasiga bog„liq bo„ladi. 
Investitsion jamg„armalar uzoq muddatli va qisqa muddatli bo„lishi mumkin. 
Uzok muddatli qo„yilmalar yoki uzoq muddatli aktivlar kapital bozorida moliyaviy 
resurslarning manbaasi hisoblanadi. Qisqa muddatli jamg„armalar pul bozorida yoki 
qisqa muddatli majburiyatlar bozorida qatnashadi. 
8. Mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati. Mamlakat ishlab chiqarish salohiyati 
deganda, asosan, nima ishlab chiqarishga ixtisoslashganligi nazarda tutiladi. Bunda 
sanoatning qaysi tarmog„i hududda rivojlanganligiga ham e‟tibor beriladi. 
9. Mamlakatning iste‟mol salohiyati. Mamlakatning iste‟mol salohiyati 
o„rganilganda aholining xarid qobiliyatiga baho beriladi. 
10. Mamlakatning innovatsion salohiyat. Innovatsion salohiyatni aniqlash orqali 
hududdagi yaratuvchanlik qobiliyati, yangilikka intiluvchanlik va uni o„zlashtirish 
salohiyati tahlil qilinadi. 
11. Mamlakatning moliyaviy salohiyati. Mamlakatning moliyaviy salohiyatini 
o„rganilganda o„sha erdagi moliyaviy institutlar, muassasalar faoliyati tahlil qilinadi. 
Lekin, investitsiya muhitiga turli omillar ta‟sir ko„rsatishi nuqtai nazaridan kelib 
chiqib, ushbu omillarga guruhlashtirilgan ko„rinishda o„rganish va baholash muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bu esa investitsiya muhitiga qaysi guhurdagi omillari ta‟siri qay 
darajada ekanligini to„g„ri aniqlash hamda unga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni 
ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga muvofiq, investitsiya muhiti 
holatini belgilovchi omillarning kengaytirilgan tarkibini quyidagi 4.2-jadval orqali 
ifodalash maqsadga muvofiqdir. 


111 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   439




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish