Texnik-tadbiq etish hududlari va ularning xususiyatlari. Texnik-tadbiq
etish hududlari turlari: texnoparklar, texnopolislar, ilmiy park, innovatsiya
markazi, ilmiy-texnik parklar
Texnika-tadbiq
etish hududlari
hozirgi zamon jahon iqtisodiyotida
raqobatbordoshlikning asosiy omili bo„lgan tovarning narxi, shuningdek, uning sifati,
yangiligi, fan taraqqiyoti yutuqlarini o„zida qamrab olganligi bilan ajralib turadi. Bu
tendensiya eksport sanoat hududlarining faoliyati xarakteriga ham o„z ta‟sirini
o„tkazmasdan qolmadi. Natijada ko„pgina eksport-sanoat hududlari texnika-tadbiq
hududlariga aylana boshladi. Texnik-tadbiq etish hududlarining ko„rinishlari sifatida
texnologik, ilmiy parklar, texnopolis, yangi va yuqori texnologiyalarni rivojlantirish
hududlarini qayd etish mumkin. Texnik-tadbiq hududlari yangi texnalogiyalar va
yuqori texnalogik ishlab chiqarish turlarini rag„batlantirish maqsadida tuziladi.
Bunday hududlar uchinchi avlod hududlari hisoblanadi (70-80 yillar). Ular
stixiyali tarzda hosil bo„ladi yoki maxsus ravishda davlat yordamida yirik ilmiy
markazlar atrofida tashkil qilinadi. Ularda yagona soliq va moliyaviy tizimdan
foydalanuvchi milliy va xorijiy tadqiqotchilik, loyiha, ilmiy-ishlab chiqarish firmalari
jamlanadi.
Texnik-tadbiq etish hududlarini muvaffaqiyatli tashkil etish va rivojlantirish
uchun quyidagi shartlarni bajarish lozim:
-
hududda nufuzli universitetning yoki boshqa kuchli ilmiy tekshirish bazasiga
ega bo„lgan ilmiy markazning mavjudligi;
-
rivojlangan ishlab chiqarish bazasiga ega bo„lgan ilmiy parkning mavjudligi;
-
investitsion xatarni oshirishga mo„ljallangan venchur (ham milliy ham chet el)
kapitalini jalb etish imkoniyatlari mavjudligi;
-
ishlash va dam olish uchun qulay geografik va iqlim sharoitlari.
Texnoparklar – ilmiy texnologiya zonalari III avlod zonalaridir. Hozirgi AQSh
adabiyotlarida ularni
texnoparklar deb ataydilar. Bunday zonalar barcha moddiy va
mehnat resurslarini, texnologiyani sanoatga tezkor joriy qilish uchun safarbar etish
maqsadida tuzildi.
Texnologik park deganda subekt tadbirkorlik shartini taminlovchi zamonaviy
bozor standartlariga javob bergan zarur kompleks xizmatlari tushuniladi. Texnopark
esa zamonaviy dunyo talabiga javob beruvchi bozordir. Texnoparklar kichik biznes
rivjlanishida katta o„rin tutadi.
94
Zamonaviy texnologik parklar birinchi bo„lib AQShda 1960-yillar oxirlarida
paydo bo„ldi, lekin ularning shiddat bilan o„sishi 1980-yillarda ko„zatildi. AQShning
ilmiy parklari – bu yirik ilmiy tekshirish institutlari va universitetlari yaqinida
joylashgan yuqori texnologiyali korxonalar kontsentratsiyalashgan hududlardir.
AQSh ilmiy parklarining rivojlanish xususiyati shundan iboratki, avvalida, bir qancha
faktorlar-iqtisodiy, ijtimoiy, geografik va boshqalar, hisobiga o„z-o„zidan paydo
bo„lgan. Masalan, Stendford universiteti yaqinidagi Santa-Klara shahri yonida
“Silikon vohasi” texnologik parki paydo bo„lgan. U AQShdagi eng katta ilmiy-
texnologik hudud bo„lib jahon miqiyosidagi hisoblash texnikasi va kompyuterlar
ishlab chiqarishining 20% ni beradi. AQShda taxminan 200 dan ortiq texnoparklar
mavjud bo„lib, ularda 140 ming ishchi va 45 ming olim ishlaydi. Shunga o„xshash
texno parklar Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Shvetsiyada ham tashkil
etilgan.
Yaponiyada ilmiy-texnik markazlar texnopolis deb yuritiladi. Yaponiyada bir
necha o„nlab texnopolislar mavjud. Texnopolislarni tuzish bo„yicha davlat dasturi
quyidagi maqsadlarni ko„zda tutgan edi:
-
sanoatni markazdan chekka hududlarga ko„chirish;
-
mahalliy universitetlar faoliyatini ilmiy izlanishlarni intensifikatsiyalash
hisobiga faollashtirish;
-
sanoat ishlab chiqarishini fan yutuqlariga asoslangan va energiya tejaydigan
texnologiyalarga yo„naltirish;
-
tadbiq etish jarayonini jadallashtirish.
Bu maqsadlarga erishish uchun turli xil kredit va soliq rag„batlari ko„zda
tutilgan edi. Masalan, yuqori texnologiyaga ega bo„lgan korxonalarga faoliyatining
birinchi yilida dastgohlar qiymatining 30 %ni va bino hamda inshootlar qiymatini
15% ni amortizatsiya qilishga ruxsat berilgan. Shu bilan birga davlat ilmiy tekshirish
harajatlarining uchdan bir qismini o„z zimmasiga shu hududda joylashgan ilmiy
labaratoriyalar va mahalliy firmalar hisobiga olgan.
AQSh texnoparklari va Yapon texnopolislarining asosiy yutug„i – bir joyda
mujassamlashgan ilmiy ishlab chiqarish muhitini yaratganlikdan iboratki bu doimo
ilg„or texnologiyalarni, yuqori malakali mutaxassis va tadbirkorlarni rag„batlantiradi
va doimo mahalliy, zamonaviy ilmiy tekshirish, o„quv va tijorat tashkilotlarning
yordamiga erishadi.
Texnoparklar
sanoati
rivojlangan
mamlakatlardan
asta-sekinlik
bilan
rivojlanayotgan mamlakatlarga ham qadam qo„ya boshladi – Hindiston, Malayziya,
Xitoy, Singapur, Tayvan va boshqa mamlakatlar. 2004-yil ularning soni 450 dan
oshdi.
Faoliyat turi va pirovard mahsuloti bo„yicha tenoparklar ilmiy (faoliyat
mahsuloti – amaliy va fundamental izlanishlar natijalari), ilmiy-texnikaviy (mahsulot
– tajribaviy namunalar va kichik hajmdagi ishlab chiqarilgan mahsulotlar), ilmiy-
sanoat (yuqori texnologiyalardan foydalanish hisobiga zamonaviy mahsulotlarni
yoppasiga ishlab chiqarish).
Texnoparklarning eksport-ishlab chiqarish hududlaridan farqi shundan iboratki,
ularda urg„u kichik venchur tadbirkorlikni rivojlantirishga beriladi. Soliq va
95
moliyaviy imtiyozlar firmalar faoliyatining birinchi eng riskli bosqichida qo„llaniladi.
Maxsus soddalashtirilgan hisobga olish tartibi hisobiga venchur kompaniyalarini
tuzish
onsonlashadi,
kichik
firmalarning
tashkiliy
muapmmolari
bilan
shug„ullanadigan muhsus ma‟muriy tuzilmalar tashkil etiladi. Kapitalning
tashqaridan
kirib
kelishi,
texnoparklar
tarkibida
kichkina
firmalarni
moliyalashtiriuvchi investitsiya fondlarining tashkil etilishi texnologik yechimlarni
eng samarali yo„l bilan ommaviy ishlab chiqarish darajasiga etkazishga yordam
beradi. Firmalar xodimlariga imtiyozli asosda yetakchi olimlar maslahat beradi,
asbob uskunalar va universitetlarning kutubxona fondlaridan foydalanish imkoniyati
yaratiladi. Qo„shma tijorat loyihalarida ishtirok etish hisobiga universitetlar
daromadlarini ko„paytiradilar va bitiruvchi talabalarni ish joyi bilan ta‟minlaydilar.
Ilmiy xizmatchilarga bunday hududlarda eng qulay turmush sharoiti yaratiladi.
Texnoparklarning funksional xususiyati turli mamlakatlarda turlichadir. Agar
Fransiyada ular kichik biznesni otaliqqa olishga mo„ljallangan bo„lsa, Germaniyada
urg„u texnologiyalarni sanoatga tadbiq etishga, firmalar o„rtasida texnologiyalar
almashinishiga beriladi. Xuddi shunday yondashuv Buyuk Britaniya texnoparklarida
ham mavjud.
Texnologik parklarning keng tarqalganligi, ularning tashkiliy shakillarining
xilma xilligi texnoparklarning turli regionlarda, turli maqsadlarni hal etishga
qaratilganligidir. Bu esa faqatgina fan va texnika taraqqiyoti yutuqlarini tadbiq etish
va yoyish bilan chegaralangan emas. Texnoparklar quyidagi vazifalarni hal etadi:
-
sanoat tuzilmalarini qayta qurish;
-
mahalliy resurslarni mobilizatsiya qilish;
-
qoloq mintaqalarning hali ochilmagan imkoniyatlarini ochish;
-
raqobatbardosh mahsulotlarni chiqarish va boshqalar.
Texnoparklar innovatsion jarayonning barcha pog„analarini amalga oshirish
uchun barcha sharoitlarni yaratadi – yangilikni yaratish va uni ekspertizasidan tortib,
toki tovar mahsulotini ommaviy ishlab chiqarib, uni bozorda keng joylashtirishgacha.
Texnoparklar tadbirkorlarni o„qitish, texnologik transfer markazlari bo„lib xizmat
qiladi va bundan tashqari, keng miqyosda fan-texnika xizmatlarini ko„rsatadi.
Agar ilmiy parklar to„g„ri tashkil qilinsa va qulay joyda joylashtirilsa, regional
o„sishning markaziga aylanib butun regionning bevosita va bilvosita samarali
o„sishini ta‟minlaydi. Ilmiy parklarda iqtisodiy o„sish samarasini belgilovchi omil
shundan iboratki, ularda infratuzilmaga qo„yilgan har bir so„m ishlab chiqarishga
xususiy investitsiyalar hajmini bir qancha barobar (20 barobargacha) oshirishga
imkon beradi, ishlab chiqarishni o„ziga qo„yilgan qo„yilmalar esa qo„shni sohalardagi
talabni o„sishini faollashtiradi va park hududidan tashqarida bo„lgan ishlab chiqarish
turlarini ham rivojlantiradi. Shu bilan birga ilmiy park operatori tomonidan
investitsion loyihalarni saralab olinishi hisobiga, ishlab chiqarish imkoniyati birligiga
maksimal darajada innovatsion samara olinishiga erishiladi. Natijada, parklar
texnoindustrial o„zgarishlarning tezligi va yo„nalishiga ijbiy ta‟sir ko„rsatuvchi
dastakka aylanadi. Yangi korxonalarni paydo bo„lishini, real sektor rivojlanishini va
alohida hudud bo„yicha zamonaviy ishlab chiqarishni rag„batlantirish hisobiga
parklar bir vaqtning o„zida yangi ishchi o„rinlarini yaratishni ham ta‟minlaydilar.
96
Umumlashgan holda bu soliqqa tortish bazasini kengaytiradi va buning natijasida
turli darajadagi budjetlarning daromadlari o„sadi.
Texnoparklar hozirgi vaqtda boshqacha tuzilishga ham ega. Bunday xilma-xillik
quyidagi hududlar olib borilayotgan faoliyati talabi va maqsadlariga javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |