86
Dunyodagi birinchi bojxona to„lovlarisiz savdo magazini 1947-yilda Shennon
aeroportida (Irlandiya) tashkil etilgan bo„lib, unda farang atir upalari, irland kiyim
kechaklari va boshqa kam hajmli tovarlar sotilgan. O„sha davrdan beri bunday savdo
tizimi keng tarqaldi. Sotish hajmi bo„yicha eng katta bojxona to„lovlarisiz savdo
markazlari bu Amsterdam, Dubay va Singapurdir.
Boj olinmaydigan savdo do„konining ishlashini ta‟minlash uchun zarur
O„zbekiston tovarlariga boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi qo„llanilmaydi.
Boj olinmaydigan savdo do„konlari ikki turga bo„linadi:
a) bojxona hududiga kirib kelayotgan va bojxona hududidan tashqariga chiqib
ketayotgan jismoniy shaxslarga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini
yoki O„zbekiston tovarlarini O„zbekiston Respublikasining milliy valyutasida va
(yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga, shu jumladan, joyning o„zida
iste‟mol qilish uchun chakana sotishga mo„ljallangan, O„zbekiston Respublikasining
Davlat chegarasini kesib o„tadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo
do„koni;
b) chet davlatlarning O„zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida
belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari va konsullik
muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan
vakolatxonalarga, ushbu tashkilotlarning chet ellik xodimlariga, shuningdek, ular
bilan birga yashaydigan va O„zbekiston Respublikasi fuqarosi bo„lmagan oila
a‟zolariga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini O„zbekiston
Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga
mo„ljallangan,
O„zbekiston
Respublikasi
Tashqi
ishlar
vazirligida
akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do„koni.
Savdo hududlarining yana bir turi erkin omborlar hisoblanib, erkin ombor
maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo„lib, u tovarlarni erkin ombor bojxona
rejimida bojxona nazorati ostida saqlash uchun mo„ljallangan binolar hududini va
(yoki) ochiq maydonchalarni o„z ichiga oladi.
Erkin omborning ishlashini ta‟minlash uchun zarur O„zbekiston tovarlariga
erkin ombor bojxona rejimi qo„llanilmaydi.
Boshqa tovarlarga zarar etkazishi mumkin bo„lgan yoki alohida saqlash
sharoitlari talab etiladigan tovarlar bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus
moslashtirilgan omborlarda yoki erkin omborning bir qismi bo„lgan alohida
binolarda qonun hujjatlariga
muvofiq belgilangan
majburiy
talablarga
rioyaqilingan holda saqlanishi kerak.
Odatda, savdo hududlari bojxona anklavi sifatida tashkil etiladi. Savdo
hududidagi korxonalar uning hududidan tashqaridagi korxonalar bilan bog„liq emas
va ularning mahsuloti eksport uchun muljallangan bo„ladi. Savdo hududlarining
davlat bilan bo„lgan munosabati valyuta tushimlaridan to„lov va ijara haqi bilan
chegaralanadi, hududdan tashqaridagi korxonalar bilan munosabatlar esa tashqi savdo
shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: