269
huquqiy tartibi 70 yillarda tashkil etilgan EIH tartibidan farq qiladi. Ular ko„proq
dengizbo„yi ochiq shaharlariga (DOSh) o„xshab, 1984-yilda tashkil etila boshlangan
edi.
Tashkil etilgan EIHlar o„zining iqtisodiy rivoji bo„yicha Xitoyning boshqa
tumanlaridan o„zib ketmoqda. Xitoy mutaxassislari esa ular o„rtasidagi tafovutning
o„sishidan xavfsirashmoqda. Shuning uchun ham mamlakatda vujudga kelgan
mutanosiblikni to„g„rilash masalasi vujudga keldi. Bu esa mamlakatda imtiyozli
investitsiya tartibi joriy qilingan hududlarni kengaytirishga sabab bo„ldi. Biroq,
bunda hukumat xorijiy investitsiyalarni mintaqaviy va soha ustuvorligi asosida
amalga oshirdi.
Soha ustuvorligi nuqtai nazaridan qaraydigan bo„lsak, ilg„or texnologiyalar
asosida eksportga yo„naltirilgan korxonalar ustunlikka ega edi. EIHda oziq-ovqat
sanoati, mexmonxona xo„jaligi va boshqa korxonalar rivojlanishi ma‟muriy jixatdan
cheklangan.
Mintaqaviy nuqtai nazardan qaraydigan bo„lsak, investitsiya siyosati
mamlakatning
qirg„oq
bo„yi
va
ichki
mintaqalarini
muvofiqlashtirishga
yo„naltirilgan. Bu bosqichda 1984-yilda Xitoyda dengiz bo„yi ochiqshaharlar instituti
tashkil etilib, 14 ta dengiz bo„yi shahri shu maqomga ega bo„ldi. Ularda mamlakat
aholisining 8 %i yashab, Xitoy YaMMning 20 %i ishlab chiqarilmoqda.
Mamlakat iqtisodiyotida sanoatning rivojlanish darajasi va funksiyasiga ko„ra bu
shaharlarni to„rt guruhga ajratib o„rganish mumkin.
1. Kompleks sanoat shaharlar (Shanxay, Tyantszin, Gunchjou). Shanxayda
Xitoyda mavjud 164 ta sanoat sohasining barchasi, Tyantszinda – 154 tasi,
Guanchjouda – 147 tasi mavjud. Bu shaharlar mamlakatning yirik port shaharlari
hamdir. Shanxay Yantszi daryosi xavzasida, Tyanszin Sariq dengiz bo„yida
(Pekinning “dengiz darvozasi”), Guanchjou esa Janubiy Xitoy dengizi bo„yida
joylashgan.
2. Yirik portlar (Dalyan va Tsindao). Ushbu portlar rivojlangan, lekin, sanoat
bazasi nomuvofiq joylashgan. Dalyan portida og„ir sanoat, Tsindao portida esa yengil
sanoat rivojlangan.
3. O„rtacha kattalikdagi (Yangay, Nantun, Chjanszi) va katta bo„lmagan
(Fuchjou, Venchjou, Beyxay) mahalliy xomashyoni qayta ishlashda ko„p mehnat
talab qiladigan sanoat portlari.
4. Yirik (Tszyankuandao) va o„rtcha (Lyanyungan) sanoat bazasi rivojlangan,
yuk tashish va yuk ortish-tushirishga ixtisoslashgan portlar.
XXRdagi 14 ta ochiq port shaharlar o„zini iqtisodiy jihatdan oqladi. Ular
mamlakatni ilg„or xorijiy texnika, texnologiya bilan bog„lovchi markazlar bo„lib,
jahon iqtisodiyotiga “ko„prik” bo„ldi. 1984-1990 yillarda DOShlarning eksport
savdosi 2 marta ko„payib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 1/3 qismi tashqi
bozorlarga chiqarilgan edi. Port shaharlarni ochish bilan birga ularning hududida
iqtisodiy va texnik taraqqiyot hududlari (ITTH) ham tashkil etildi. Bu DOShdagi
subhududlar hisoblanib, ular uchun avtonom boshqaruv organlari va shuningdek,
xorijiy kapital uchun imtiyozlar amal qiladigan maxsus hududlar ajratilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: