264
16. Mamlakatda zamonaviy bilim va malakaga ega bo„lgan milliy kadrlarni
tayyorlash.
17. Gonkong (1997 y.) va Makao (1999 y.)larning Xitoyga qaytarilishi
munosabati bilan “bufer” (qalqon) yaratish.
Xitoy tajribasida EIH uchun joy tanlashda quyidagilar asosiy hisoblangan:
- tashqi bozorga mustaqil ravishda chiqishini ta‟minlay oladigan yirik port
bo„lishi kerak (yoki bunday port qurilishi kerak);
- jahonning yirik moliyaviy iqtisodiy markazlariga qulay joylashgan bo„lishi
kerak (birinchi navbatda, Gonkong, Singapur va Yaponiya shaharlariga);
- aholi zichligi unchalik yuqori bo„lmagan, nisbatan erkin, bo„sh maydonlarga
ega bo„lgan joylarda joylashishi kerak (yangi sanoat obyektlarini qurish va yangi
ishlovchilarni ishga joylaylashtirishga imkonini yaratish).
Xitoy iqtisodiyotiga xorijiy investorlarni jalb qilgan asosiy omil bu, nafaqat,
EIHlarda, balki, mamlakat miqyosida infratuzilmaning yuqori darajada tashkil
etilganligidir. Infratuzilma – bu shunday omilki, u davlatdan zonalarni yaratish
bo„yicha asosiy qo„yilmalarni talab qiladi va o„z navbatida, ular faoliyat yuritishining
makroiqtisodiy samaradorligini belgilaydi. Bunda xitoyliklar infratuzilmaning
shakllanishi
“oltita qo„yilish, tekislash”
shiori ostida harakat qilmoqda. Ya‟ni –
yo„llarni, suv, gaz quvurlarini, kommunikatsiyani, issiklik, elektr uzatish liniyalarini
qo„yish va shuningdek, er uchastkalarini tekislash.
Bundan yaxshi ko„rinadiki,
qurilish deyarli noldan boshlangan.
Xitoydagi EIHlar boshqa Osiyo mamlakatlaridagiga qaraganda kattaroq
maydonni egallagani va kengroq faoliyat doirasiga egaligi bilan farqlanadi. EIHlar
juda qulay joylarda joylashgan, ya‟ni tashqi savdo bilan shug„ullanish qulay bo„lgan
sohil bo„ylarida, Gonkong, Makao va Tayvan yaqinida tashkil qilingan.
Xitoy iqtisodiy mo„jizasining asosini tashkil etuvchisi EIHlar mamlakatda 1978
yilda boshlangan “oshkoralik siyosatini”ni o„tkazish natijasida paydo bo„ldi. Ushbu
yo„nalishdagi birinchi natija sifatida mamlakat Janubida to„rtta hudud (Shenjen,
Chjuxay, Shantau, Syamen) tashkil etilishini ta‟kidlash mumkin. 2002-yil boshiga
kelib Xaynay va Pudun hududlari hisobiga ular oltita bo„ldi.
Bugungi kunga kelib, Xitoy EIHlarida ishlab chiqarilayotgan tovarlarning 50
%igacha qismi eksport qilinadi, bu ko„rsatkich ayrim EIHlarda 80-85 %ni tashkil
etadi. EIHlarda, asosan, qayta ishlash sanoati va ilmiy-texnik ishlanmalar sohasi
rivojlantiriladi.
Katta miqiyosda amalga oshirilayotgan EIHlar rivojlanishi munosabati bilan
Xitoyda majmuaviy hududlar yaratilishi boshlandi. Bunday hududga misol tariqasida
1998-yilda Shanxayda yaratilgan Pudun rivojlanish hududi tashkil etilib, u yrda erkin
savdo hududlari, moliyaviy-savdo, sanoat va ilm-fanga ixtisoslashgan tumanlar
mujassamlashganligi keltirish mumkin. Pudun sanoat hududida bir necha yuzta
obektlar barpo etildi. Bu erga Yaponiya, Fransiya, Singapur, AQSh va Kanadadan
investitsiyalar kirib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: