Эркин иқтисодий ҳудудлар



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/439
Sana03.02.2022
Hajmi7,25 Mb.
#427725
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   439
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

8.4-jadval. 
AQShdagi tadbirkorlik zonalari xususiyatlari
Tashkil etish asosi
Hukumat dasturlari
Birinchi tadbirkorlik zonasi 
1980 yil Florida shtatida
Maydoni
2,5-5 km
2
, ayrim hollarda 13 km
2
Maqsadi 
yuqori ishsizlik darajasiga ega shaharlarda 
tadbirkorlikni rivojlantirish 
Turlari 
Federal, shtat yoik mahalliy darajadagi 
Imtiyoz turlari 
Soliq, 
moliyaviy 
va 
ma‟muriy 
rag„batlantirishlar 
AQShda tadbirkorlik hududlari faoliyat yuritish shartlari: 
1. 
Tadbirkorlik hududining faoliyat yuritish muddati 10-20 yilni tashkil etadi. 
Federal tadbirkorlik hududlari muddatni uzaytirish imkoniyati bilan 20 yilga tashkil 
etiladi. 
2. 
Tadbirkorlik hududlari shtat hukumati yoki mahalliy boshqaruv organlari 
tomonidan uni tashkil etish bo„yicha arizaning tasdiqlanishi va ruxsatnoma 
olinishidan so„ng Uy-joy qurilishi va shaharsozlik rivojlanishi vazirligi tomonidan 
nazorat qilinadi. 
3.
Tadbirkorlik hududlari soliqlardan imtiyozlar va past ma‟muriy talablarga 
ega.
AQShda tadbirkorlik hududlari faoliyatiga imtiyozlar: 
1. Federallarning imtiyozlari va rag„batlantirishlari: 
– qurilish va ta‟mir xarajatlariga to„lovlarda soliqlardan 5 %lik chegirma 
mavjud; 
– korxonalarga qo„shimcha tashkil etilgan har bir ish o„rni uchun qo„shimcha 
soliq chegirmalari (bir kishiga 2000 AQSh dollarigacha); 
– kompaniya kapitalini ko„paytirishga soliqlar bekor qilingan. 
2. Alohida shtatlar huqumati tomonidan soliq imtiyozlari: 
– Konnektikutdagi korxonalar daromadiga 50% chegirma; 
– Luiziana shtatida uskunalar sotuviga, Kanzas shtatida qurilish materiallari 
sotuviga, Virdjiniya shtatida asosiy kapitalga investitsiyalarga soliqlardan 100% 
chegirma. 
Tadbirkorlik hududlarida korxonalar imtiyozlarning 70%ini yangi ish o„rinlarini 
yaratish bilan qo„lga kiritadilar. 
AQShda despressiv hududlarda xo„jalik faoliyatini tashkil etishda imtiyozli 
kreditlash keng yo„lga qo„yilgan. 
Mazkur hududlar iqtisodiyotiga moliyaviy qo„llab-quvvatlashni kengaytirish 
maqsadida alohida shtatlar darajasida maxsus soliq rejimlari, bevosita subsidiyalar, 
imtiyozli qarzlar va investorlar uchun manfaatli bo„lgan boshqa afzalliklar taqdim 


255 
etiladi. 
Davlat mazkur hududlarga alohida e‟tibor qaratgan holda ushbu joylarda maxsus 
tadbirkorlik hududlarini tashkil etishga ruxsat beradi. Bunday hududlar hozirgi kunda 
40 dan ortiq shtatlarda tashkil etilgan bo„lib, ularda investorlar faoliyatini mulk 
solig„i to„lovi, daromad solig„i kabilardan ozod etish va sotishga to„langan soliq 
summasini qaytarishlar bilan rag„batlantirish orqali investitsiyalar jalb etishni yanada 
oshirish usullari qo„llaniladi. 
Jumladan, AQShning Koliforniya shtatida tashkil etilgan tadbirkorlik hududlari 
mashina va uskunalarni xarid qilishda (yiliga 20 mln. AQSh dollarigacha summada) 
investorlar soliq kreditlaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, ishga jalb etgan har 
bir mahaliy ishchiga 27 ming AQSh dollaridan boshlanuvchi soliq kreditlariga ham 
ega bo„ladi. 
Bundan tashqari, maxsus qonun asosida sobiq (eski) harbiy baza hududidagi 
korxonalarni muvofiqlashtirishda ular faoliyatini qo„llab-quvvatlash uchun 10-150 
ming AQSh dollari miqdorida subsidiyalar ham beriladi. 
Bunday hududlardagi investorlarga elektr sanoati, yarim o„tkazgich priborlar va 
mikrosxemalar ishlab chiqarish, sputnik aloqalari, dasturiy ta‟minot xizmatlari uchun 
investitsiyalar kiritishida 6% hajmidagi investitsion kreditlarni taqdim etadi. 
Yuridik maqomi bo„yicha AQShda boshqaruv 
federal, davlat 
va
mahalliy 
boshqaruv
ga bo„linadi va TH tegishli darajadagi davlat idoralari qarorlari bilan 
tuziladi. 
Ishlab chiqarishni rivojlantirish va bandlikni oshirish uchun THda faoliyat 
yurituvchi Amerika kompaniyalari turli imtiyozlar bilan ta‟minlangan. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   439




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish