4.Ijtimoiy (noishlab chikarish) infratuzilma
Asosiy bo„limlari: Hududiy bo„linmalari:
a) mintaqaviy;
b) mahalliy;
v) korxona.
Vazifasi:
Aholi va ishchi kuchini takror ishlab chiqishi va ularning sifat
ko„rsatkichlarini oshirish uchun xizmat kiladi.
O„zbekistonda ham real sektor tarmoqlarini rivojlantirish, mavjud texnika va
tehnologiyalarni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish faoliyati uchun zaruriy shart-
sharoitlarni yaratish maqsadida infratuzimaning barcha tarmoqlariga alohida e‟tibor
berib kelinmoqda.
Bugungi kunda sanoatlashayotgan mamlakatlarda erkin iqtisodiy hududlarni
eksportga yo„naltirilgan ishlab chiqarishni amalga oshirish yoki kengaytirish uchun
tashkil qilishmoqda. Ushbu iqtisodiy islohotlar mamlakatimizda “2017-2021 yillarda
O„zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha
Harakatlar
strategiyasi”ning
uchinchi,
“Iqtisodiyotni
rivojlantirish
va
liberallashtirishning
ustuvor
yo„nalishlari”
bandida
tarkibiy
o„zgarishlarni
chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va
diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish sifatida qayd
etilgan.
Bu yo„nalishda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy
infratuzilmadagi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini
olib borish; erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarini tashkil
etish, amaldagi zonalarning samaradorligini oshirish; yo„l-transport infratuzilmasini
yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va boshqaruv tizimiga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalari ustuvor etib belgilangan.
145
Angren-Pop temir yo„li barpo etilishi bilan mamlakatimizda yagona temir yo„l
tizimi vujudga keldi va ushbu temir yo„li Buyuk Ipak yo„lidagi davlatlar bilan
iqtisodiy
hamkorlikning
asosiy yo„nalishlaridan biri bo„lmoqda.
Logistika infratuzilmasini rivojlantirish, uning mazmuni va iqtisodiyotning
boshqa sohalariga ta‟sirini o„rgangan bir qator olimlar logistika infratuzilmasining
mohiyati haqida turli xil fikrlarni bildirganlar.
D. Bauersoksning fikricha, logistika infratuzilmasi ishlab chiqarish obyektlari,
axborot vositalari, transport kompaniyalari va ularning imkoniyatlari, omborxonalar,
yuklarni tashish, qadoqlash, inventarizatsiyani boshqarish, yuklarni yuklash va
tushirish terminallari va chakana do„konlarga tegishlidir. Muallifning fikricha,
logistika infratuzilmasini tashkil etishda ma‟lum geografik joylashuvi bo„lgan
obyektlar (ombor komplekslari) sonini aniqlash va har bir joyda saqlanuvchi
mahsulot zahiralarini hisoblash kerak. Shu bilan birga muallif, transport tarmoqlari,
transport vositalari va transport kompaniyalarini o„z ichiga olgan transport logistika
infratuzilmasini alohida qayd etadi.
A.D. Chudakov logistika infratuzilmasi deganda moddiy-texnika resurslari
yetkazib beruvchilarning ta‟minot zanjiri ishtirokchilari, tayyor mahsulotlar ishlab
chiqaruvchilar va mahsulot iste‟molchilarini tushunadi. Shu bilan birga, logistika
infratuzilmasida muallif logistikaning barcha sohalarini (quyi tizimlarini) o„z ichiga
olishini ta‟kidlaydi. Bular:
- moddiy-texnik ta‟minot;
- transport va saqlash;
- inventarizatsiyani boshqarish;
- marketing faoliyatidir.
A.L.Nosov, o„z navbatida, logistika infratuzilmasini insonlarning ishlab
chiqarish va ijtimoiy hayotini ta‟minlash uchun ishlab chiqilgan moddiy va texnik
tizim, uni rivojlantirish esa, ishlab chiqarishga yo„naltirilgan investitsiyalar
samaradorligi uchun asosiy shartlardan hisoblanadi deb ta‟kidlaydi. Muallif logistika
infratuzilmasiga temir va avtomobil yo„llari, aloqa, turli xil transport, ombor xo„jaligi
va turli xil inshootlarni kiritadi.
Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda, logistika infratuzilmasiga
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshiruvchi, logistika faoliyatini amalga oshirish
uchun zarur bo„ladigan bino-inshoot, transport tizimlari, ishlab chiqarish obyektlari,
yuk tashuvlari, omborxonalar majmuasi deb ta‟rif berish mumkin.
Mamlakatimizda EIHlar va logistika markazlari faoliyatini rivojlantirish, ushbu
jarayondagi muammolarni hal etish maqsadida rivojlangan mamlakatlarning logistika
ko„rsatkichlari indeksi, logistika markazlari faoliyatini qo„llab-quvvatlash tajribasini
tahlil qilish asosida qiyoslash, analiz, sintez usullari orqali ular faoliyatini
rivojlantirish yo„nalishlarini keltirish mumkin.
Iqtisodiy
tadqiqotlar
markazi
mutaxassislarining
tadqiqotlariga
ko„ra,
mamlakatimiz avtomobil transporti operatorlari tomonidan ko„rsatilayotgan yuk
tashish xizmatlari tannarxi tarkibi rivojlangan mamlakatlarning o„xshash
ko„rsatkicharidan juda farq qilar ekan. Ayniqsa, tannarx tarkibida yonilg„i,
amortizatsiya xarajatlari, soliq va yig„imlar ulushi bir necha marotaba yuqori bo„lib,
146
rag„batlantirishning eng samarali vositasi hisoblanuvchi haydovchilar ish haqi ulushi
3 barobardan ham kamroq ekan. Quyidagi 5.3-jadval ma‟lumotlariga ko„ra, tashish
xarajatlarining asosiy moddalari transport vositalariga texnik xizmat ko„rsatish va
yoqilg„i moylash materiallari hisobiga to„g„ri keladi. Respublika hududiy avtomobil
transporti birlashmalarida ishlatilayotgan transport vositalarining eskirish darajasi
ularning avtomobil transporti xizmati ko„rsatish bozoridagi raqobatga bardosh bera
olmasligining asosiy sabablaridan biri bo„lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |