Kompleks hududlar va ularning xususiyatlari. Kompleks hududlar turlari:
maxsus iqtisodiy hududlar, xalqaro erkin iqtisodiy hududlar
“Kompleks hududlar” tushunchasi yaqinda paydo bo„lganligiga qaramay jahon
amaliyotida misli ko„rilmagan natijalarni namoyon etdi. Kompleks EIH xo„jalik
yuritishning yangi shakllaridan biri bo„lib, jahon iqtisodiyotida 1980-yillarning
o„rtalariga kelib esa keng ommalasha boshladi.
Amaliyotda bir funksiyani bajarishga ixtisoslashgan hudud mavjud emas. Eng
ko„p tarqalgan hududlarga savdo, bojxona, sanoat, tadqiqot funksiyalarini bajaruvchi
kompleks hududlar kiradi. Ular turli funksiyalarni bajaradilar va investorlarning turli
xil iqtisodiy faoliyat bilan shug„ullanishlariga imkon beradilar. Shu sababli ularni
tashkil etishda ustuvor funksiyalarni belgilab olish lozim. Aynan shu kabi
hududlarda yangi ma‟muriy-hududiy birlik tashkil etilishi mumkin.
Biror-bir faoliyat turiga ixtisoslashgan EIHlar bilan birgalikda ko„p sohalarni
101
qamrab oluvchi hududlar ham keng tarqalgan. Kompleks EIHlarning boshqa turdagi
hududlardan farqi shundaki, ularning hududdi ancha kattaroq, ishlab chiqarish
kontsentratsiyasi yuqoriroq va faoliyat sohalari kengroq. Ularning funksiyasiga
eksportga
yo„naltirilgan
ishlab
chiqarishni
rivojlantirish,
moliya
bozorini,
sug„urtalashni, komunikatsiyalar, turizm va boshqalarni o„stirish vazifalari kiradi.
EIHlarning rivojlanish mantiqidan kelib chiqib aytish mumkinki, kompleks hududlar
EIHlarning eng zamonaviy shaklidir.
Kompleks hududlarga rivojlangan mamlakatlar tomonidan depressiyali
hududlarda tuzilgan EIHlar, Xitoyning maxsus EIHi, Braziliyaning “Manaus
hududi”, Argentinadagi “Olovli yer ” hududi misol bo„la oladi. O„tgan asrning 1990-
yillarida kompleks hududlar Dominikan Respublikasida, Ispaniya va Koreya
Respublikasida tuzila boshlandi. EIHlarning boshqa modellaridan farqli o„laroq
kopleks hududlar o„zlarining alohida belgilari bilan ajralib turadilar va bir-biriga hech
ham o„xshamaydi.
Masalan, Manaus erkin hududi unikal hududiy tuzilma bo„lib, jahon amaliyotida
o„xshashi yo„qdir. 3,6 mln. m
2
maydonda joylashgan ushbu hududning kopleks
xarakteri asta-sekinlik bilan shakillandi. Asr boshida Manausda 600 ta yirik sanoat
korxonalari, qayta ishlash sanoatining 30 ta sohasi (asosan, elektronika va elektro-
texnika), ko„plab milliy savdo va sanoat firmalari hamda AQSh, Yaponiya va
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining yirik transmilliy korparatsiyalarining filiallari
mavjud edi. Bu avval qoloq bo„lgan hudud sanoat sallohiyatining darajasi bo„yicha
mamlakat miqyosida San-Paulu va Rio-de-Janeyrodan keyingi 3-o„ringa chiqdi.
Bundan tashqari, u mamlakatning Janubiy-Sharqida ishlab chiqarilayotgan elektron
va elektro-texnika mahsulotlarining Braziliyadagi eng yirik distribyutrlik
markazlaridan biriga aylandi.
1980-yillarda Xitoyda beshta maxsus iqtisodiy hududlar – milliy bojxona
hududidan tashqariga chiqarilgan yirik ma‟muriy tuzilmalar tashkil etildi. Bu
hududlarda turli soha bo„yicha eksport qilishga yo„naltirilgan ishlab chiqarishlar,
texnoparklar, savdo korxonalari, madaniy va o„quv markazlari, turistik komplekslar
joylashtirildi. Bu hududlarga jalb etilgan ko„p milliardli investitsiyalar tadbirkorlik
faoliyatining umumiy darajasini oshirishga, sanoat tuzilmasida ijobiy o„zgarishlar,
eksport hajmining keskin o„sishiga va uning tuzilmasini diversifikatsiyalashga,
valyuta tushumlarining keskin o„sishiga va bandlikning ortishiga olib keldi. Hududlar
Xitoyning dengiz buyi hududlarini mamlakat ichki hududlari bilan bog„lagan ko„prik
bo„ldi. Erkin iqtisodiy hududlarning faoliyati mamlakatni yopiq ma‟muriy-taqsimot
boshqaruv tizimidan ochiq bozor iqtisodiyotiga o„tishga imkoniyat berdi.
Oxirgi yigirma yil davomida kompleks hududlarning o„ziga xos turlari –
tadbirkorlik hududlari AQShda, Buyuk Britaniyada, Fransiyada, Vengriyada faoliyat
yurita boshladi. Tadbirkorlik hududlari, odatda, tadbirkorlarga moliyaviy- kredit va
soliq imtiyozlarini berish hisobiga mamlakatning qoloq hududlarida xo„jalik
faoliyatini jonlantirishga qaratilgan. 1980 yilning oxirlaridan boshlab bunday
tadbirkorlik tuzilmalari AQShda jadal suratlar bilan tuzila boshlandi. Hozir bu
mamlakatda turli darajadagi 1500 ta tadbirkorlik hududlari mavjud. Ularning
ko„pchiligi iqtisodiy inqiroz va ishsizlikning o„sishiga yuz tutgan hududlarda
102
tuzilgan. Ulardagi imtiyozlar va ularning darajasi hududda tashkil etilayotgan ishchi
o„rinlari bilan bevosita bog„liq. Har bir ishchi o„rni uchun hududdagi tadbirkorlar
soliqdan chegirma va boshqa imtiyozlar oladilar. Shunga o„xshash sxema bo„yicha
Buyuk Britaniya va Fransiyadagi hududlar ham ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |