Эркин иқтисодий ҳудудлар


Maqsadlarni muvofiqlashtirish tamoyili



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/281
Sana01.07.2022
Hajmi4,45 Mb.
#724808
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

7. Maqsadlarni muvofiqlashtirish tamoyili. 
Bunda EIHning turli iqtisodiy 
institutlari va ularning tashkiliy-huquqiy me‟yorlarini tashqi bozor muhiti, hudud 
ichidagi sharoit asosida muvofiqlashtirishni nazarda tutadi. 
EIHlarning ahamiyatini ko„rsatish uchun, ularni jahon xo„jaligining mamlakat 
ichidagi “orollari”, xorijiy investitsiya, texnologiyalar, boshqarish tajribasining oqib 
keluvchi “derazalari”, jahon xo„jaligiga uyg„unlashib ketishda “erkin eshiklar” deb 
nomlanuvchi yangi siyosatidir, deb nomlashadi. Shuningdek, uning bugungi kundagi 
rivojlanish xususiyatlari va salohiyatidan kelib chiqib, EIHlarni xalqaro iqtisodiyotni 
o„rganish instituti deb, ham hisoblash mumkin, chunki, bu institutni muvaffaqiyatli 
o„tagan har bir xo„jalik subyekti xalqaro biznes olamida faoliyat ko„rsata olish 
potensialiga ega bo„ladi. 
Umumiy ko„rinishda EIHlarni tashkil etish maqsadlaridan kelib chiqib, 
ularning tashkil etilishi va faoliyat yuritishiga bog„liq quyidagi vazifalarni keltirib 
o„tish mumkin: 
-
ilg„or texnologiyalarni (milliy texnologiyaga nisbatan) jalb et
ish

-
xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali iqtisodiyotni faollashtirish; 
-
valyuta tushumlariga ega bo„lish va shu orqali valyuta zahiralarini o
shi
r
ish

-
ichki iste‟mol bozorini to„yintir
ish

-
aholining 
bandlik 
darajasini 
oshirish 
va 
ishchi 
kuchining 
sifat 
ko„rsatkichlarini yaxshilash; 
-
iqtisodiyotni boshqarish, xalqaro tadbirkorlik, zamonaviy bozor iqtisodiyoti 
sohasida jahon tajribasini o„zlashtirish; 
-
bozor infratuzilmasi muassasalarini rivojlantirish; 
-
“depressiv tumanlarni” jadal rivojlantirish va boshqalar. 


30 
Erkin iqtisodiy zonalarga xorijiy kapitalni jalb eti
shni
ng iqtisodiy mexanizmi 
turli-tuman bo„lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 
-
uskunalar, xomashyo va ishlab chiqarishning boshqa tashkil etuvchilari 
importini bojxona bojlaridan to„la yoki qisman ozod etish; 
-
foydaga solinayotgan soliqlarga imtiyozlar joriy etish; 
-
daromad solig„idan to„la yoki qisman ozod qilish; 
-
eksport imtiyozlarini joriy etish va mamlakatning boshqa qismlaridan olib 
kelinadigan uskunalar, xomashyo va ishlab qari
shn
ing boshqa tashkil etuvchilarini 
rag„batlantirish;
-
eksportga imtiyozli shart-sharoitlar joriy etish; 
-
mahalliy soliqlardan ozod qilish; 
-
xorijiy investitsiyalarning barcha shakllariga ruxsat berish; 
-
eksport va importni imtiyozli litsenziyalash; 
-
foydani erkin uzlashtirishga imkoniyat yaratish; 
-
EIHlarda milliy valyutaning qisman yoki to„liq erkin almashuvini 
ta‟minlaydigan alohida valyuta rejimini joriy et
ish

-
kommunal xizmat, transport tariflari uchun pasaytirilgan ijara to„lovlarini 
taqdim et
ish

-
jadallashtirilgan amortizatsiyani joriy et
ish

-
zamonaviy bozor infratuzilmasini hamda xizmatlar tarmoqlarini barpo et
ish

-
xorijiy investitsiyali va aralash korxonalarga davlat kafolatlari va 
imtiyozlarini taqdim etish va boshqalar. 
EIHlarning quyidagi asosiy xususiyatlarni ko„rsatish lozim. 
1. Turli xil imtiyoz va rag„batlarning qo„llanishi, jumladan: 
- tashqi savdo imtiyozlari, ularga eksport-import to„lovlarini kamaytirish yoki 
bekor qilish, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan 
tartibining qo„llanilishi; 
- fiskal imtiyozlar, jumladan, aniq faoliyat turlari uchun soliq imtiyozlarning 
berilishi. Imtiyozli soliq bazasi (foyda yoki daromad, mulk qiymati va x.k.), uning 
alohida tashkil etuvchilari (amortizatsiya ajratmalari, ish haqi, tadqiqotlar, transport 
xarajatlari)ga qaratilgan bo„lishi, soliqdan vaqtincha yoki doimiy ozod qilishdan 
iborat bo„lishi mumkin; 
- moliyaviy, turli xil subsidiyalarni qamrab olib, ular bevosita – budjet 
mablag„lari va imtiyozli davlat kreditlari hamda bilvosita kommunal xarajatlar uchun 
imtiyozlar, yer uchastkalaridan foydalanilganligi uchun ijara haqini kamaytirish va 
h.k.lardan iborat bo„ladi; 
- ma‟muriy, korxonalarni ro„yxatga olishni osonlashtiruvchi, xorijiy fuqarolar 
kelish, ketishini soddalashtirish bo„yicha imtiyozlar. 
2. Erkin mintaqani boshqarishning bir muncha erkin, butun iqtisodiy masalalar 
bo„yicha mustaqil ravishda qaror qabul qila olish. 
3. Hukumat tomonidan har tomondan qo„llab-quvvatlanishi. 
EIHlarning yuqoridagilar qo„shimcha ravishdagi xususiyatlari sifatida 
quydagilarni ham keltirib o„tish mumkin:
-
xo„jalik faoliyatini minimal ravishda reglamentlashtirish; 


31 
-
bojxona to„siqlarini minimumga keltirish; 
-
eksport importda cheklashlar yo„qligi yoki kamligi; 
-
minimal valyuta nazorati; 
-
insofli, minimal soliq solish; 
-
sug„o„rtalash erkinligi, imtiyozliligi; 
-
baho belgilash erkinligi; 
-
kredit tizimini imtiyozliligi, qulayligi; 
-
personalni ishga solish, haydash masalalarida tadbirkorning erkinligi. 
Bunday xususiyatga ega sharoitlarni butun iqtisodiyotda – xalq xo„jaligi 
kopleksiga birdaniga, to„liq holda yaratish juda mushkul. Ammo, mamlakatning 
kichik bir, alohida hududlarida, alohida tarzida boshqariladigan maxsus hududida, 
ya‟ni EIHlarda bunday shart-sharoitni yaratish va qo„llab-quvvatlash mumkin. Shu 
jihatdan ham EIHlarga xos bo„lgan xususiyatlar o„ziga xos bo„lib, boshqa hududlarda 
ularni qo„llash imkonsizdir. 
Jahon tajribasining ko„rsatishicha eng umumiy holda EIHlarni tashkil etish 
jarayoni 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi: 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish