Эркин иқтисодий ҳудудлар


 Kaliningrad “Yantar” erkin iqtisodiy hududining



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/281
Sana01.07.2022
Hajmi4,45 Mb.
#724808
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

10.4. Kaliningrad “Yantar” erkin iqtisodiy hududining 
rivojlanish imkoniyatlari 
O„tgan asrning 90 yillarining boshida Kaliningrad viloyati uchta davlat 
chegaralari bilan o„zaro bog„langanligi sababli muhim EIH deb e‟lon qilingan edi. 
Biroq, bu davrda ushbu iqtisodiy hududni rivojlantirish uchun huquqiy asoslar 
bo„lmaganligi sababli o„z faoliyatini ko„rsata olmadi. 1991-1995 yillarda Kaliningrad 
EIHning faoliyatini tartibga soluvchi Rossiya Prezidenti va shuningdek, 
hukumatining bir qator farmon va qarorlari chiqqan bo„lsada, biroq ushbu hudud 
to„g„risidagi Federal qonunning yo„qligi sababli davlatning turli xil idoralarining 
rahbar xodimlari tomonidan hududning faoliyat ko„rsatishi paysalga solib kelingan 
edi. 1994-yilda Rossiya Prezidentining “Soliq va bojxona to„lovlaridagi imtiyozlar 
to„g„risida”gi Farmoni 1995-yilda bekor qilindi. 
1996-yilning 22-yanvarida Rossiya Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 
“Kaliningrad maxsus iqtisodiy hududi to„g„risida”gi qonun qabul qilinishi bilan bu 
hududga erkin bojxona maqomi berildi va ushbu hududda ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarni eksport qilish davrida bojxona to„lovlari olinmaydigan va shuningdek, 
tashqi iqtisodiy faoliyat ham nazorat qilinmaydigan bo„ldi. Bundan tashqari, import 
qilinadigan tovarlardan bojxona, qo„shimcha qiymat va aksiz soliqlari ham 
olinmaydigan bo„ldi. 
Kaliningrad viloyatidagi “Yantar” EIHni shakllantirishdan maqsad Kaliningrad 
viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi masalalarini tezroq hal etish, chet mamlakatlari 
bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hankorlikni rivojlantirish asosida chet el 
kapitalini jalb qilish uchun qulay sharoitlarni ta‟minlash, mintaqa eksport 
imkoniyatlarini oshirish, xo„jalik yuritishning yangi shakllarini joriy etish edi. 
EIH Kaliningrad viloyati va unga tegishli tumanlarda tashkil topgan, mudofaa 
va strategik ahamiyatga ega tumanlar bundan mustasno. 
Ko„rib chiqilayotgan hududning asosiy xususiyatlari quyidagilar: 


308 
- Evroosiya va Yevropa savdo yo„llarining kesishuvidagi qulay iqtisodiy-
geografik joylashuv; 
- muzlamaydigan dengiz portining mavjudligi; 
- o„ziga xos yantar konlarining mavjudligi (jahon zahiralarining 90% i ); 
- viloyatning Rossiya boshqa hududlaridan izolyasiyalashganligi, bu transport 
xarajatlari oshishiga va xo„jalik faoliyatining siyosiy tavakkalchiligi o„sishiga olib 
keladi; 
- viloyat katta maydonidan harbiy maqsadlarda foydalanilishi, harbiy maydon 
fuqarolar yashash maydonlaridan uch barobar kattaligi. 
Kaliningrad muhim EIHi orqali olib o„tiladigan tranzit yuklar uchun bojxona va 
boshqa soliqlar olinmaydi. Hattoki, bu yuklar Rossiya Federatsiyasining boshqa 
joylariga jo„natilgan taqdirda ham, mahsulotni eksport qilishdan tushgan valyuta 
tushumi uchun 30 %lik majburiy to„lovlar talab qilinmaydi. Investorlarning olgan 
foydalari va dividendlarini chet el banklariga o„tkazishda ham hech qanday 
muammolar yo„q. 
Kaliningrad viloyati Rossiya Federatsiyasining viloyatlari orasida chet el 
kapitali ishtirokida tuzilgan korxonalarning soni bo„yicha yetakchi o„rinlardan birida 
turadi. 1996-yilda 1175 ta chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar 
ro„yxatdan o„tgan bo„lib, ularning 1/3 qismi chet el kapitali ishtirokida qurilgan 
korxonalarni tashkil etgan. Ushbu viloyatda korxonalarni tashkil etishda Polsha, 
Germaniya va Litva davlatlari yetakchi o„rinlardan birini egallasa, kiritilgan 
investitsiyalar miqdorining ko„pligi jihatidan esa Buyuk Britaniya, Shvetsiya va 
Fransiya davlatlari oldingi o„rinlardan birida turadi. 
Kaliningrad viloyat ma‟muriyati chet el mamlakatlarining vazirliklari va 
hukumat organlari bilan to„g„ridan-to„g„ri iqtisodiy aloqalar o„rnatish va 
shartnomalar tuzish maqomiga ega bo„lib, viloyat hududiga xorijiy investorlarning 
kirib kelishi, ayniqsa, “Kaliningrad mahsus iqtisodiy hududi to„g„risida”gi qonun 
qabul qilingandan so„ng yanada kengaydi. Hozirgi kunda hududning “Yantar” 
nomidagi eski kema qurilish zavodi bazasida yiliga 60 minga yaqin mashinalarni 
ishlab chiqarish quvvatiga ega bo„lgan avtomobil (14-16 rusumdagi) yig„ish 
konveyeri qurilib ishga tushdi. 
Kaliningrad MIHning mavjud salohiyati uning tashqi savdo aylanmasini 
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu hudud orqali xorijga neft, 
qog„oz tsellyulozasi, ayniqsa, katta hajmda eksport qilinadi. 
Kaliningrad viloyatidan ko„proq xomashyo materiallari, qora va rangli metallar 
eksport qilinadi. Eksportga jo„natilgan tovarlarning 20 % qog„oz tsellyulozasiga 
to„g„ri kelsa, mineral o„g„itlar (14 %ni), neft mahsulotlari (10 %ni), baliq 
mahsulotlari (9 %ni) va qora va rangli metallar (4 %ni) tashkil etgan. Shuningdek, 
ushbu 
hududda 
eksportga 
yo„naltiriadigan 
xomashyolarni 
qayta 
ishlash 
korxonalarining tashkil etilishi va ularning ishlab chiqarish quvvatining oshishi 
natijasida tayyor mahsulotlar eksporti ham rivojlanib bormoqda.
Kaliningrad viloyatiga, asosan, oziq-ovqat, poyafzal va kiyim-kechak 
mahsulotlari, tele-radioapparatura mahsulotlari import qilinadi. Ular Buyuk 
Britaniya, Litva, Chexiya, Vengriya kabi davlatlardan import qilinadi.


309 
Shunday qilib, Kaliningrad viloyatida “Yantar” EIHni tashkil etilishi va unda 
erkin bojxona hududi tartibotini o„rnatilishi bilan hududning inflyatsiya darajasi 
birmuncha kamaydi, chet el kapitali ishtirokida qurilgan korxonalarning ishlab 
chiqargan mahsulotlarining hajmi esa birmuncha oshdi. Tashqi savdo aylanmasida 
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport va importi birmuncha ko„paydi. 
Kaliningrad portlariga olib kelingan va olib ketilgan yuklarning hajmi ham 
birmuncha ko„payib, ishchi va xizmatchi xodimlarga to„lanadigan o„rtacha ish haqi 
ham biroz ko„tarildi. Kaliningrad viloyatida “Yantar” EIHi tashkil etilgandan beri 
viloyat budjeti tomonidan federal budjetga to„lanishi lozim bo„lgan mablag„ning 93,4 
% kompensatsiya qilindi. Biroq, shuni qayd etib o„tish lozimki, ushbu EIHni tashkil 
etishdan kutilgan foyda o„z natijasini hozirgi kunga qadar ham bergani yo„q. Chunki, 
iqtisodiy hududning to„laligicha faoliyat yuritishi uchun avvalambor to„liq huquqiy 
baza va me‟yoriy hujjatlar yaratilgani yo„q. EIHga bosqichma-bosqich o„tish 
maqsadga muvofiqdir. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish