Эркин иқтисодий ҳудудлар



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/281
Sana01.07.2022
Hajmi4,45 Mb.
#724808
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Ikkinchi bosqich
– 1983-1989 yillar. Bu bosqich xorijiy investorlar bilan 
shartnomaviy 
huquqiy 
asosdagi 
hamkorlikning 
takomillashuvi, 
xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish va undan foydalanishdagi davlat siyosatining 
erkinlashtirilishi bilan ajralib turadi. 
1986-yilgacha Shenjenda kapital, mehnat, yer, texnologiya, aloqa va transport 
kabi ishlab chiqarish omillari kompleksi shakllanib bo„lgan edi. 1988-yildan 
keyin yuqoridagi MIHlar safiga Hainan 5-MIH sifatida qo„shildi. Yuqorida sanab 
o„tilgan savdo va investitsiya muhitini rivojlantirish maqsadidagi zonalar o„zini 
oqlagach, Xitoy o„z “Ochiq eshiklar” siyosatini yanada kengaytirdi. 1984-yilda 
boshqa turdagi MIHlar – iqtisodiy texnologik taraqqiyot hudud (ITTH)lari, 
boshqacha aytganda milliy sanoat parklari (ayrim manbalardan texnik-iqtisodiy 
hududlar – TIHlar deb ham nomlanadi), tashkil etila boshlandi. MIHlarning 
ITTH farqi shundaki, MIH kattaroq hududda, ba‟zan, butun shahar yoki 
provinsiya (viloyat)da joylashishi mumkin. Birgina 1984-1988 yillarda qirg„oq 
bo„yi shaharlarida 14 ITTH tashkil etildi.
Bu bosqichda bir qator rivojlanishlarga erishildi. Misol uchun maydoni 131 kv. 
km., aholisi 350 ming kishi bo„lgan “Syamin” EIHini olsak, bu hududga 1981-1989 
yillar mobaynida kapital qo„yilmalar hajmi 1,5 mlrd. dollarni tashkil etib, uning 500 
mln. dollari xorijiy investitsiyalar hisoblangan edi. Bu davr mobaynida 315 ta sanoat 
korxonasini qurish ishlari to„g„risida shartnoma tuzildi. 1989-yilda ularning 194 tasi 
foydalanishga topshirilgan edi. Hudud asosan, sanoat, savdo va turistik funksiyalarni 
bajarishga ixtisoslashgan. Kapital qo„yilmalarning asosiy qismi (54 %) elektronika, 
yengil va kimyo sanoatiga, aniq mashinasozlik sanoatiga, qurilish sanoatiga 
yo„naltirilmoqda. Bu erda faoliyat olib borayotgan qo„shma korxonalar xomashyo va 
butlovchi qismlarni qaerdan sotib olishni o„zi mustaqil belgilaydi. Shartnomada 
xorijiy korxonalarning ishtirok shartlari belgilangan bo„lib, u 20 yilgacha bo„lgan 
muddatga tuziladi. Qo„shma korxona odatda direktorlar kengashi tomonidan 
boshqariladi. Tezkor masalalarni bosh direktor hal etadi. Qo„shma korxonada xorijiy 
mutaxassislar bilan birgalikda Xitoy mutaxassislari ham ishlaydi. Ular ish tajribalari 
va texnologiyalarni o„zlashtiradi. Qo„shma korxonalarda mutaxassislarni qayta 
o„qitish va malakasini oshirish markazlari ham tashkil etilgan. 
Shuningdek, Shenzhen MIHda 1980-1987 yillar mobaynida ishlab chiqarish 90 
barobarga ko„payishiga erishildi. 
1983-1989 yillar mobaynida yangi turdagi maxsus iqtisodiy hududlar (dengiz 
bo„yi iqtisodiy ochiq hududlar) tashkil etildi. Ular Yantszi daryosi xavzasi va 
Futszyan provinsiyasining janubidagi Chjuntszyan (1985-yil) va Lyaodun, Shandun 
yarim orollarida (1988-yil) va Xaynan orolida joylashgan. Ularning iqtisodiy va 


269 
huquqiy tartibi 70 yillarda tashkil etilgan EIH tartibidan farq qiladi. Ular ko„proq 
dengizbo„yi ochiq shaharlariga (DOSh) o„xshab, 1984-yilda tashkil etila boshlangan 
edi. 
Tashkil etilgan EIHlar o„zining iqtisodiy rivoji bo„yicha Xitoyning boshqa 
tumanlaridan o„zib ketmoqda. Xitoy mutaxassislari esa ular o„rtasidagi tafovutning 
o„sishidan xavfsirashmoqda. Shuning uchun ham mamlakatda vujudga kelgan 
mutanosiblikni to„g„rilash masalasi vujudga keldi. Bu esa mamlakatda imtiyozli 
investitsiya tartibi joriy qilingan hududlarni kengaytirishga sabab bo„ldi. Biroq, 
bunda hukumat xorijiy investitsiyalarni mintaqaviy va soha ustuvorligi asosida 
amalga oshirdi.
Soha ustuvorligi nuqtai nazaridan qaraydigan bo„lsak, ilg„or texnologiyalar 
asosida eksportga yo„naltirilgan korxonalar ustunlikka ega edi. EIHda oziq-ovqat 
sanoati, mexmonxona xo„jaligi va boshqa korxonalar rivojlanishi ma‟muriy jixatdan 
cheklangan.
Mintaqaviy nuqtai nazardan qaraydigan bo„lsak, investitsiya siyosati 
mamlakatning 
qirg„oq 
bo„yi 
va 
ichki 
mintaqalarini 
muvofiqlashtirishga 
yo„naltirilgan. Bu bosqichda 1984-yilda Xitoyda dengiz bo„yi ochiqshaharlar instituti 
tashkil etilib, 14 ta dengiz bo„yi shahri shu maqomga ega bo„ldi. Ularda mamlakat 
aholisining 8 %i yashab, Xitoy YaMMning 20 %i ishlab chiqarilmoqda. 
Mamlakat iqtisodiyotida sanoatning rivojlanish darajasi va funksiyasiga ko„ra bu 
shaharlarni to„rt guruhga ajratib o„rganish mumkin. 
1. Kompleks sanoat shaharlar (Shanxay, Tyantszin, Gunchjou). Shanxayda 
Xitoyda mavjud 164 ta sanoat sohasining barchasi, Tyantszinda – 154 tasi, 
Guanchjouda – 147 tasi mavjud. Bu shaharlar mamlakatning yirik port shaharlari 
hamdir. Shanxay Yantszi daryosi xavzasida, Tyanszin Sariq dengiz bo„yida 
(Pekinning “dengiz darvozasi”), Guanchjou esa Janubiy Xitoy dengizi bo„yida 
joylashgan. 
2. Yirik portlar (Dalyan va Tsindao). Ushbu portlar rivojlangan, lekin, sanoat 
bazasi nomuvofiq joylashgan. Dalyan portida og„ir sanoat, Tsindao portida esa yengil 
sanoat rivojlangan.
3. O„rtacha kattalikdagi (Yangay, Nantun, Chjanszi) va katta bo„lmagan 
(Fuchjou, Venchjou, Beyxay) mahalliy xomashyoni qayta ishlashda ko„p mehnat 
talab qiladigan sanoat portlari. 
4. Yirik (Tszyankuandao) va o„rtcha (Lyanyungan) sanoat bazasi rivojlangan, 
yuk tashish va yuk ortish-tushirishga ixtisoslashgan portlar. 
XXRdagi 14 ta ochiq port shaharlar o„zini iqtisodiy jihatdan oqladi. Ular 
mamlakatni ilg„or xorijiy texnika, texnologiya bilan bog„lovchi markazlar bo„lib, 
jahon iqtisodiyotiga “ko„prik” bo„ldi. 1984-1990 yillarda DOShlarning eksport 
savdosi 2 marta ko„payib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 1/3 qismi tashqi 
bozorlarga chiqarilgan edi. Port shaharlarni ochish bilan birga ularning hududida 
iqtisodiy va texnik taraqqiyot hududlari (ITTH) ham tashkil etildi. Bu DOShdagi 
subhududlar hisoblanib, ular uchun avtonom boshqaruv organlari va shuningdek, 
xorijiy kapital uchun imtiyozlar amal qiladigan maxsus hududlar ajratilgan edi. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish