Эркин иқтисодий ҳудудлар


Ijtimoiy (noishlab chikarish) infratuzilma



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/281
Sana01.07.2022
Hajmi4,45 Mb.
#724808
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

4.Ijtimoiy (noishlab chikarish) infratuzilma 
Asosiy bo„limlari: Hududiy bo„linmalari:
a) mintaqaviy; 
b) mahalliy; 
v) korxona. 
Vazifasi:
Aholi va ishchi kuchini takror ishlab chiqishi va ularning sifat 
ko„rsatkichlarini oshirish uchun xizmat kiladi. 
O„zbekistonda ham real sektor tarmoqlarini rivojlantirish, mavjud texnika va 
tehnologiyalarni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish faoliyati uchun zaruriy shart-
sharoitlarni yaratish maqsadida infratuzimaning barcha tarmoqlariga alohida e‟tibor 
berib kelinmoqda. 
Bugungi kunda sanoatlashayotgan mamlakatlarda erkin iqtisodiy hududlarni 
eksportga yo„naltirilgan ishlab chiqarishni amalga oshirish yoki kengaytirish uchun 
tashkil qilishmoqda. Ushbu iqtisodiy islohotlar mamlakatimizda “2017-2021 yillarda 
O„zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha 
Harakatlar 
strategiyasi”ning 
uchinchi, 
“Iqtisodiyotni 
rivojlantirish 
va 
liberallashtirishning 
ustuvor 
yo„nalishlari” 
bandida 
tarkibiy 
o„zgarishlarni 
chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va 
diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish sifatida qayd 
etilgan. 
Bu yo„nalishda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy 
infratuzilmadagi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini 
olib borish; erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarini tashkil 
etish, amaldagi zonalarning samaradorligini oshirish; yo„l-transport infratuzilmasini 
yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va boshqaruv tizimiga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalari ustuvor etib belgilangan. 


145 
Angren-Pop temir yo„li barpo etilishi bilan mamlakatimizda yagona temir yo„l 
tizimi vujudga keldi va ushbu temir yo„li Buyuk Ipak yo„lidagi davlatlar bilan 
iqtisodiy 
hamkorlikning 
asosiy yo„nalishlaridan biri bo„lmoqda. 
Logistika infratuzilmasini rivojlantirish, uning mazmuni va iqtisodiyotning 
boshqa sohalariga ta‟sirini o„rgangan bir qator olimlar logistika infratuzilmasining 
mohiyati haqida turli xil fikrlarni bildirganlar. 
D. Bauersoksning fikricha, logistika infratuzilmasi ishlab chiqarish obyektlari, 
axborot vositalari, transport kompaniyalari va ularning imkoniyatlari, omborxonalar, 
yuklarni tashish, qadoqlash, inventarizatsiyani boshqarish, yuklarni yuklash va 
tushirish terminallari va chakana do„konlarga tegishlidir. Muallifning fikricha, 
logistika infratuzilmasini tashkil etishda ma‟lum geografik joylashuvi bo„lgan 
obyektlar (ombor komplekslari) sonini aniqlash va har bir joyda saqlanuvchi 
mahsulot zahiralarini hisoblash kerak. Shu bilan birga muallif, transport tarmoqlari, 
transport vositalari va transport kompaniyalarini o„z ichiga olgan transport logistika 
infratuzilmasini alohida qayd etadi. 
A.D. Chudakov logistika infratuzilmasi deganda moddiy-texnika resurslari 
yetkazib beruvchilarning ta‟minot zanjiri ishtirokchilari, tayyor mahsulotlar ishlab 
chiqaruvchilar va mahsulot iste‟molchilarini tushunadi. Shu bilan birga, logistika 
infratuzilmasida muallif logistikaning barcha sohalarini (quyi tizimlarini) o„z ichiga 
olishini ta‟kidlaydi. Bular: 
- moddiy-texnik ta‟minot; 
- transport va saqlash; 
- inventarizatsiyani boshqarish; 
- marketing faoliyatidir. 
A.L.Nosov, o„z navbatida, logistika infratuzilmasini insonlarning ishlab 
chiqarish va ijtimoiy hayotini ta‟minlash uchun ishlab chiqilgan moddiy va texnik 
tizim, uni rivojlantirish esa, ishlab chiqarishga yo„naltirilgan investitsiyalar 
samaradorligi uchun asosiy shartlardan hisoblanadi deb ta‟kidlaydi. Muallif logistika 
infratuzilmasiga temir va avtomobil yo„llari, aloqa, turli xil transport, ombor xo„jaligi 
va turli xil inshootlarni kiritadi. 
Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda, logistika infratuzilmasiga 
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshiruvchi, logistika faoliyatini amalga oshirish 
uchun zarur bo„ladigan bino-inshoot, transport tizimlari, ishlab chiqarish obyektlari, 
yuk tashuvlari, omborxonalar majmuasi deb ta‟rif berish mumkin. 
Mamlakatimizda EIHlar va logistika markazlari faoliyatini rivojlantirish, ushbu 
jarayondagi muammolarni hal etish maqsadida rivojlangan mamlakatlarning logistika 
ko„rsatkichlari indeksi, logistika markazlari faoliyatini qo„llab-quvvatlash tajribasini 
tahlil qilish asosida qiyoslash, analiz, sintez usullari orqali ular faoliyatini 
rivojlantirish yo„nalishlarini keltirish mumkin. 
Iqtisodiy 
tadqiqotlar 
markazi 
mutaxassislarining 
tadqiqotlariga 
ko„ra, 
mamlakatimiz avtomobil transporti operatorlari tomonidan ko„rsatilayotgan yuk 
tashish xizmatlari tannarxi tarkibi rivojlangan mamlakatlarning o„xshash 
ko„rsatkicharidan juda farq qilar ekan. Ayniqsa, tannarx tarkibida yonilg„i, 
amortizatsiya xarajatlari, soliq va yig„imlar ulushi bir necha marotaba yuqori bo„lib, 


146 
rag„batlantirishning eng samarali vositasi hisoblanuvchi haydovchilar ish haqi ulushi 
3 barobardan ham kamroq ekan. Quyidagi 5.3-jadval ma‟lumotlariga ko„ra, tashish 
xarajatlarining asosiy moddalari transport vositalariga texnik xizmat ko„rsatish va 
yoqilg„i moylash materiallari hisobiga to„g„ri keladi. Respublika hududiy avtomobil 
transporti birlashmalarida ishlatilayotgan transport vositalarining eskirish darajasi 
ularning avtomobil transporti xizmati ko„rsatish bozoridagi raqobatga bardosh bera 
olmasligining asosiy sabablaridan biri bo„lib qolmoqda. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish