Эркин иқтисодий ҳудудлар


O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishning



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/281
Sana01.07.2022
Hajmi4,45 Mb.
#724808
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

2.3.
O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishning 
huquqiy asoslari
O„zbekiston Respublikasida EIHlar faoliyati O„zbekiston Respublikasining 
1996-yil 25-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi 220-I-sonli Qonuni bilan 
tashkil etiladi, tartibga solinadi va muvofiqlashtiriladi. 
Mazkur qonun tarkibiga ko„ra, 3 ta bob va 27 ta moddadan iborat. 
1-bob “Umumiy qoidalar” deb nomlanib, u 1-10-moddalarni o„z ichiga qamrab 
olgan. 
2-bob “EIZlarning huquqiy tartiboti” nomi ostida 11-19-moddalardan tashkil 
topgan. 
3-bob “EIZlarni boshqarish” nomi bilan 20-27-moddalardan iborat. 
O„zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonuni 1-
moddasiga muvofiq erkin iqtisodiy zona (EIZ) hududida yuridik shaxslar va fuqarolar 
(jismoniy shaxslar) xo„jalik, moliyaviy va boshqa faoliyatning istalgan turlari bilan 
shug„ullanishiga yo„l qo„yiladi, O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man 
etilgan faoliyat turlari esa bundan mustasnodir. 
EIZlar to„g„risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan 
iborat bo„lib. Agar O„zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O„zbekiston 
Respublikasining EIZlar to„g„risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan 


50 
boshqacha qoidalar belgilangan bo„lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo„llaniladi (2-
modda). 
3-modda. Erkin iqtisodiy zonani tuzish. 
EIZ O„zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etilib, uning 
maqomi, shuningdek, uning qancha muddatga tashkil etilishi mazkur zonani tashkil 
etish to„g„risidagi qaror bilan belgilanadi. EIZning chegaralari O„zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi hamda uning faoliyat 
ko„rsatish muddatini uzaytirish belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi (3-modda). 
EIZning maqomi uni tashkil etish to„g„risidagi qarorda belgilangan muddat 
tugaganidan keyin, uni tashkil etish to„g„risidagi qarorda nazarda tutilgan vazifalar 
bajarilmaganda va maqsadlarga erishilmaganda tugatiladi. Bunda uning maqomini 
tugatish to„g„risidagi qaror belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi (4-modda). 
Amaldagi qonunchilikka (5-modda) muvofiq, O„zbekistonda EIZlarning quyiagi 
turlari faoliyat ko„rsatadi: 
- erkin savdo zonalari; 
- erkin ishlab chiqarish zonalari; 
- erkin ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar tarzida tuzilishi mumkin. 
Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, erkin bojxona zonalarini, 
shuningdek, tovarlarga ishlov berish, ularni o„rash-joylash, saralash, saqlash 
zonalarini o„z ichiga oladi. Erkin savdo zonalari chegaraga tutash punktlarda, 
aeroportlarda, temir yo„l uzellarida yoki O„zbekiston Respublikasi bojxona 
hududining boshqa joylarida tuziladi. 
Erkin ishlab chiqarish zonalari – tadbirkorlikni rag„batlantirish, iqtisodiyotning 
ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish, istiqbolli texnologiyalarni joriy 
etish maqsadida xo„jalik-moliyaviy faoliyatning alohida tartiboti joriy etiladigan 
hududlar. Erkin ishlab chiqarish zonalari eksportga yo„naltirilgan ishlab chiqarish 
zonalarini, agropolislarni, tadbirkorlik zonalarini, industrial-iqtisodiy zonalarni va 
boshqa zonalarni o„z ichiga oladi. 
Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar alohida ajratilgan hududlardan iborat bo„lib, u 
erda ilmiy-ishlab chiqarish va o„quv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va 
ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot 
o„rnatiladi. 
Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar yuksak texnologiyalar amal qiladigan zonalar, 
texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari – texnopolislar shaklida tashkil 
etiladi (6-8-moddalar). 
O„zbekiston Respublikasi EIZ hududida faoliyat yuritayotgan yuridik va 
jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini 
kafolatlaydi. EIZlarda investorlarning O„zbekiston Respublikasining qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kafolatlari va imtiyozlariga rioya etilishi 
ta‟minlanadi. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan qo„shimcha 
kafolatlar va imtiyozlar nazarda tutilishi mumkin. Davlat organlari va boshqa 
organlar yohud mansabdor shaxslarning yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatiga 


51 
asossiz aralashuvi natijasida ularga yetkazilgan zararning o„rni, shuningdek, boy 
berilgan foyda hamda yetkazilgan ma‟naviy ziyon sud tartibida qoplanishi yoki 
kompensatsiya qilinishi kerak (9-modda). 
EIZ O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan dasturga 
muvofiq rivojlantiriladi. EIZni rivojlantirish dasturi ishlab chiqarish va bozor 
infrastrukturasini yaratishni, alohida huquqiy tartibotni ta‟minlashni, yuridik va 
jismoniy shaxslarning faoliyatini iqtisodiy rag„batlantirish choralarini o„z ichiga 
oladi. EIZni rivojlantirish dasturini moliyaviy ta‟minlash zonaning o„z resurslari 
hamda xususiy va boshqa manbalardan mablag„lar jalb etish, shu jumladan, xalqaro 
dasturlar hisobiga, shuningdek, mazkur hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga 
respublika budjetidan va mahalliy budjetdan ajratiladigan mablag„lar hisobiga amalga 
oshiriladi (10-modda). 
Qonunning 11-moddagiga ko„ra, EIZlarda alohida bojxona, valyuta, soliq 
tartiboti, shuningdek, fuqarolar kirishi, chiqishi va bu erda bo„lishining, mehnat 
munosabatlari, moliya-kredit faoliyatining alohida tartiboti hamda investitsiyalarni 
jalb etishga, tadbirkorlikni rivojlantirishni rag„batlantirishga va zonani ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan boshqacha tartibot o„rnatilishi mumkin. Yuridik 
va jismoniy shaxslarning alohida huquqiy tartibotni buzish yo„li bilan olgan daromadi 
(foydasi) qonun hujjatlariga muvofiq undirib olinadi. 
Shuningdek: 
- tovarlarni olib kirish va olib chiqish uchun bojxona bojlarini bekor qilish yoki 
kamaytirishni;
- eksport yoki import uchun tarifdan tashqari cheklashlarni bekor qilish yoki 
yengillashtirishni;
- tovarlarni belgilangan tartibda albatta bayonnomaga kiritgan holda erkin 
iqtisodiy zonaning bojxona chegarasi orqali olib o„tishning soddalashtirilgan tartibini 
nazarda tutuvchi alohida bojxona tartiboti ham qo„llaniladi. EIZ hududida alohida 
bojxona tartibotini O„zbekiston Respublikasining bojxona organlari ta‟minlaydi. 
Bundan EIZ hududi orqali tovarlarni tranzit olib o„tishga nisbatan tadbiq etilmaydi 
(12-modda). Bundan tashqari, EIZlarda alohida valyuta tartiboti milliy va chet el 
valyutalarining erkin muomalada bo„lishi hamda ayirboshlanishi ta‟minlanadi va 
uning amal qilish tartibini O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi (13-
modda). 
EIZ hududidagi xo„jalik faoliyati qatnashchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) 
mamlakat investorlari va chet ellik investorlar uchun teng shart-sharoitlardan kelib 
chiqqan holda qonun hujjatlarida belgilanadigan soliqlar va boshqa majburiy to„lovlar 
bo„yicha imtiyozlardan foydalanish huquqiga egadirlar (14-modda). Bu esa mahalliy 
va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda muhim omil bo„lib xizmat qiladi. 
EIZdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlash uchun, eng avvalo, 
mahalliy mehnat resurslari jalb etiladi, shuningdek, O„zbekiston Respublikasining 
boshqa mintaqalarida yashovchi shaxslar va chet el fuqarolari ham qonun hujjatlariga 
muvofiq jalb etilishi mumkin. Bunda EIZlarda mehnat munosabatlari qonun 
hujjatlari, jamoa shartnomalari (kelishuvlari) va yakka tartibdagi mehnat 
shartnomalari (kontraktlari) asosida amalga oshiriladi va tartibga solinadi. Mazkur 


52 
qonun jamoa shartnomalari va yakka tartibdagi mehnat shartnomalari ushbu 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarining ahvoli qonun hujjatlarida, 
shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining O„zbekiston Respublikasi ham 
qatnashchisi bo„lgan konvensiyalarida nazarda tutilgan shartlarga nisbatan 
yomonlashiga yo„l qo„ymaslik shartini ham ta‟minlaydi (15-16-moddalar). 
EIZ mustaqil budjetga ega bo„lib, uni shakllantirish bosqichida kreditlar berish 
yoki ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura obyektlarini to„g„ridan-to„g„ri 
investitsiyalash tarzida respublika budjeti va mahalliy budjetdan mablag„lar jalb 
etilishi mumkin. Shuninshdek, uning budjeti EIZning Ma‟muriy kengashi 
foydalanishi va boshqaruvida bo„lgan yer, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan, 
xizmatlar ko„rsatishdan keladigan tushumlardan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan 
boshqa tushumlardan shakllantiriladi (17-modda). 
EIZga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo„lmagan shaxslarning kirishi, iqtisodiy 
zonadan chiqishi va shu hududda bo„lishining qonun hujjatlarida belgilab 
qo„yiladigan soddalashtirilgan tartiboti joriy etilishi mumkin bo„lib (18-modda), 
bunda EIZ qatnashchilarining investitsiyalari va tavakkalchiligini sug„urta qilish 
ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Sug„urta himoyasi qonun hujjatlariga muvofiq 
ta‟minlanadi (19-modda). 
Erkin 
iqtisodiy 
zonaning 
boshqaruv 
organlari 
uning 
faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi Ma‟muriy kengash va operativ boshqaruv organi bo„lgan EIZ 
direksiyasidan tashkil topgan (20-modda). 
Ma‟muriy kengash O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tuzilib, unga Kengash rais boshchilik qiladi. EIZning chegaralari O„zbekiston 
Respublikasining ma‟muriy-hududiy birligi (tuman, shahar, shahardagi tuman) 
chegarasiga to„g„ri kelgan taqdirda, Ma‟muriy kengash raisining vazifalarini ijro etish 
tegishli hokim zimmasiga yuklanadi (21-modda). Qonunning 22-moddasiga ko„ra, 
Ma‟muriy kengay bir qator vakolatlarga ega hisoblanadi, ya‟ni: 
- alohida huquqiy tartibotga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; 
- erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi; 
- erkin iqtisodiy zonada joylashtirish uchun investorlar tanlovini amalga 
oshiradi; 
- erkin iqtisodiy zonaning faoliyat ko„rsatishi bilan bog„liq masalalar bo„yicha 
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini 
muvofiqlashtiradi; 
- erkin iqtisodiy zonaga investitsiyalarni jalb etish uchun qo„shimcha shartlar 
belgilaydi; 
- erkin iqtisodiy zonaning har yilgi budjetini ko„rib chiqadi va tasdiqlaydi. 
Ma‟muriy kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga 
oshirishi mumkin va uning o„z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari EIZ 
hududidagi xo„jalik faoliyati qatnashchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) ijro etishi 
uchun majburiy hisoblanadi. 
Qonunning 23-moddasida EIZda davlat mulki (er, suv, yer osti boyliklari va 
boshqa tabiiy resurslar, binolar, inshootlar) huquqining o„ziga xos jihatlari, ularning 
mahalliy hokimiyat tomonidan Ma‟muriy kengashga topshirilishi yoki ushbu 


53 
Kengashning mazkur boyliklardan oqilona foydalanilishi, ularning muhofaza qilinishi 
ustidan nazoratni ta‟minlashi, amaldagi qonunchilikka ko„ra, xususiy mulk qilib 
sotishi mumkinligi belgilab qo„yilgan. 
EIZ direksiyasiga oid masalalar 24-moddada o„z aksini topgan va unga ko„ra, 
Direksiya yuridik shaxs bo„lib, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil 
etiladi va u: 
- alohida huquqiy tartibotning amal qilishini ta‟minlaydi; 
- Ma‟muriy kengash tomonidan tanlab olingan investorlar majburiyatlari lozim 
darajada bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; 
- EIZni rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini ta‟minlaydi; 
- EIZ hududida xo„jalik faoliyati qatnashchilarining (yuridik va jismoniy 
shaxslarning) ro„yxatdan o„tkazilishini amalga oshiradi; 
- ekologik holatning yaxshilanishi ustidan nazoratni ta‟minlaydi, shuningdek, 
tarixiy-madaniy boyliklarning but saqlanishi uchun javobgar bo„ladi. 
Direksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi 
mumkin. Biroq, u yuridik va jismoniy shaxslarning operativ xo„jalik, moliyaviy 
faoliyatiga hamda boshqa faoliyatiga aralashishga haqli emaslar (qonun hujjatlarida 
belgilangan hollar bundan mustasno). 
Qonunning 25-moddasida EIZ hududida xo„jalik faoliyati qatnashchilarini 
ro„yxatdan o„tkazish tartibi va talablari o„z aksini topgan. Unga ko„ra, yuridik va 
jismoniy shaxslar direksiyada ro„yxatdan o„tish uchun ular direksiyaga davlat 
ro„yxatidan o„tkazilganligi to„g„risidagi guvohnomaning ko„chirma nusxasini taqdim 
etadi. Shundan so„ng Direksiya ro„yxatdan o„tkazilgan yuridik yoki jismoniy shaxsga 
erkin iqtisodiy zonada ro„yxatdan o„tkazilganligi to„g„risida guvohnoma beradi va bu 
haqda tegishli davlat boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
xabar qiladi. 
O„z navbatida, 25 va 26-moddalarga muvofiq, EIZda faoliyati tugatilgan yuridik 
va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi 
ham mumkin. Qayta tashkil etilgan va tugatilgan taqdir korxona xodimida mehnat 
shartnomasi (kontrakt) bekor qilinayotgan vaqtda qonun hujjatlarida belgilangan 
kafolatlar saqlanib qoladi. 
O„z navbatida, muayyan sabablarga ko„ra EIZlar sohasidagi yuzaga kelgan 
nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi (27-modda). 
Amaldagi qonunchilikka ko„ra, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori 
bilan tashkil etiladigan EIZlar faoliyati mazkur qarorlarga kiritilgan tegishli 
o„zgartirish va qo„shimchalar orqali isloh etilishi va takomillashtirilishi mumkin. 
Mazkur qonun qabul qilinishiga qaramay, oradan 12 yil o„tib, birinchi marta 
2008-yilda respublikamizda dastlabki EIH tashkil etildi. Mazkur EIH O„zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-dekabrdagi “Navoiy viloyatida erkin 
industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to„g„risida”gi Farmoniga ko„ra, Navoiy 
shahrining xalqaro aeroporti hududi yaqinida “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona 
(EIIZ) nomi bilan tashkil etildi. Bugungi kunga kelib mamlakatimizda jami 21 ta EIZ 
tashkil etilgan bo„lib, ularning barchalari bir xil nom – erkin iqtisodiy zona nomi bilan 
nomlanadi. 


54 
Shuni ham ta‟kidlash lozimki, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli trartibda 
EIHlar faoliyatiga doir qabul qilingan qarorlarga ilova sifatida tasdiqlangan 
Nizomlarda EIHlarning faoliyat ko„rsatish tartibi va jarayonlari, ishlash mexanizmi 
keltirib o„tiladi. 
Jumladan, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-
yanvardagi “O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va 
kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo„shimcha 
chora-tadbirlar to„g„risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-sonli Qarorini amalga 
oshirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi 29-sonli Qarorining 1-ilovasi bilan “Erkin 
iqtisodiy zonalar to„g„risida Nizom”, 2-ilovasi bilan “Erkin iqtisodiy zonalar 
hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda erkin 
iqtisodiy zonalar qatnashchilarini ro„yxatdan o„tkazish tartibi to„g„risida Nizom” 
hamda 3-ilovasi bilan “Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga er uchastkalari berish 
tartibi to„g„risida Nizom” tasdiqlangan. 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-
sonli Qarorining 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish