Эркин иқтисодий ҳудудлар


 Rossiya Federatsiyasida erkin iqtisodiy hududlar turlari



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/281
Sana01.07.2022
Hajmi4,45 Mb.
#724808
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

10.2. Rossiya Federatsiyasida erkin iqtisodiy hududlar turlari 
Rossiya davlati dunyodagi eng yirik hududga ega va iqtisodiy jihatdan yuqori 
o„rinlarda turadigan davlat hisoblanadi. Rossiyada EIHlarning tashkil etilishi o„ziga 


297 
xos tarix va maqsadlarga ega edi. Rossiya Federatsiyasida EIHlarni yaratish quyidagi 
vazifalarni echishga yordam berishi lozim edi: 
- Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotiga chet el kapitali, texnologiyalari, mehnatni 
tashkil etishning shakl va uslublarini jalb etish; 
- eksport bazasini rivojlantirish va valyuta tushumlarini oshirish; 
- ilmiy-texnik taraqqietni iqtisodiyotga joriy etishni tezlashtirish; 
- hududiy darajada xo„jalik yuritishning yangi shakllarining sinash; 
- mahalliy mutaxassislarni xalqaro biznes usul va uslublariga amaliy o„qitish. 
Rossiyada maxsus iqtisodiy zonalarning tizimli rivojlanishi 2005-yildan, 2005-
yil 22-iyulda “Maxsus iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonunning qabul qilinishi 
bilan boshlandi. 
Mazkur qonun (4-modda) asosida bugungi kunda Rossiya Federatsiyasida 
quyidagi turlardagi EIHlar tashkil etilgan va faoliyat ko„rsatmoqda: 
1. Sanoat-ishalb chiqarish maxsus iqtisodiy hududlari. 
2. Texnik-tadbiq etish maxsus iqtisodiy hududlari. 
3. Turistik-rekreaktsion maxsus iqtisodiy hududlari. 
4. Port maxsus iqtisodiy hududlari. 
EIHlarda qulay muhitni ta‟minlash uchun maxsus ekologik va yuridik imtiyozlar 
o„rnatilgan. Ularga quyidagilar kiradi: 
- chet el investitsiyalariga ega korxonalarni ro„yxatga olishning osonlashtirilgan 
tartibi; 
- imtiyozli soliq rejimi – chet el investorlari uchun Rossiya hududidagi soliq 
stavkalarining 50% gacha bo„lgan imtiyozli stavkalar bo„yicha soliqqa tortish; 
- yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish uchun to„lov stavkalarini 
pasaytirish; 
- 70 yilgacha bo„lgan uzoq muddatli ijara huquqini taqdim etish. 
Shuningdek, tovarlarni kiritish va chiqarishga pasaytirilgan bojxona bojlarini 
o„rnatish bilan maxsus bojxona rejimi o„rnatilgan, chet el fuqarolaridan kirish va 
chiqishida chegarani yo„ulga qo„yilgan. EIHlarda chet el kapitali 30% va undan ortiq 
bo„ulgan korxonalar eksportidan tushgan valyuta tushumi to„uliq o„z ixtiyorida 
qoladi. 
Har bir yangi tashkil etilayotgan EIH rivojlantirishning majmuaviy dasturiga, 
ya‟ni barcha xo„jalik obyektlarini rivojlanish rejasiga, ega bo„lishi lozim. Amaliyot 
ko„rsatishiga har bir hudud faoliyati uchun quyidagilar mavjud bo„lishi lozim: 
- dastur amalga oshishiga mas‟ul va boshqaruv organini (hudud kengashi) 
shakllantiruvchi, yirik aksiyadorlik jamiyati (davlat ishtiroki bilan); 
- hudud vazifalarini xal etish uchun investitsiya jalb qiluvchi, investitsiyaviy 
sug„urta jamg„armasi (sug„urta jamiyati); 
- hudud budjetini shakllantiruvchi, budjet va kredit mablag„laridan foydalanishni 
hamda respublika budjeti bilan o„zaro munosabatlarni nazorat qiluvchi, hudud 
markaziy banki; 
- soliqqa tortish, litseniyalash, bank faoliyati, mehnat va ijtimoiy masalalarni 
tartibga soluvchi, hudud qonunchiligi. 
1991-yilda Erkin iqtisodiy hududlar rivojlanishining xalqaro Assotsiatsiyasini 


298 
(EIHRXA) ta‟sis etilishi katta ahamiyai kasb etdi. Uning asosiy maqsadi hududlarni 
boshqarish uslublarini sinash, me‟yoriy-huquqiy baza va moliyaviy-xo„jalik 
infratuzilmasini yaratish, loyihalarni amalga oshirish tashabbuslarini qo„llab-
quvvatlashdan iborat. U 100 tadan ortiq ta‟sischilarga ega (respublikalar, banklar, 
shaharlar, institutlar). 
Hozirgi kunda Naxodka, Kaliningrad oblasti va Sankt-Peterburgdagi EIHlar 
nisbatan faol rivojlanmoqda. Qolgan hududlar shakllanish bosqichida turibdi. 
Uzoq Sharq iqtisodiy tumani Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi davlatlar bilan 
tadbirkorlik aloqalarini faollashtirish uchun katta istiqbollarga ega. U o„z hududida 
turli xil qushma korxonalarni va EIHlarni shakllantirishi uchun qulay sharoitlarga 
ega. Ulardan eng yiriklari – “Naxodka” va “Saxalin” EIHlari. “Naxodka” EIH 
Rossiyada birinchi bo„lib, 1990-yil oktabrda tashkil topgan. Ushbu hududning asosiy 
xususiyatlari quyidagilar: 
- qulay geogrofik joylashuv va rivojlangan transport tarmog„i (Transsibir 
magistralining oxirigi punkti, to„rtta yirik faoliyat yurituvchi port); 
- Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi mamlakatlari bilan tashqi savdo faoliyatini 
amalga oshirish borasida, Rossiya Uzoq Sharqida real raqobatdoshlar yo„qligi; 
- muayyan tashqi iqtisodiy faoliyat tajribasi mavjudligi: yaqin vaqtgacha 
Naxodka Uzoq Sharqdagi yagona port edi, Rossiya yillik eksportining ¼ qismgacha 
“Naxodka” portidan o„tgan; 
- cheklangan hudud (ayrim “gigant” EIHlarga nisbatan) (5 ming km
2
dan kam). 
“Naxodka” EIH salohiyatini quyidagi ma‟lumotlar tavsiflaydi. Har yili 
muzlamaydilgan portlarga – neft quyish, baliq, savdo maqsadlarida 2000 tagacha 
kemalar keladi, umumiy yuk aylanmasi 50 mln. tonnani tashkil etadi. Sharqiy porti 
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, Gonkongdan keyin ikkinchi o„rinda turadi. Bu erda 
8 mln. tonalik ko„mir prichallari va 2 mln. tonalik konteyner majmuasi faoliyat 
yuritmoqda. Yiliga 400-600 ming ta konteyner qayta ishlanadi. Qayta qurish 
ishlaridan so„ng portda 60 tagacha prichal bo„lib, ular yiliga 40 mln. tonna import 
donini qayta ishlash bo„yicha majmuani barto etish rejalashtirilgan. 
3 mln. tonna o„g„itni eksport qilish terminalini barpo etish uchun “Doyche 
Bank”dan 100 mln. dollar miqdorida kredit olingan. 
Mutaxassislar fikricha, port orqali yuklarning o„tish keyinchi 5 yil ichida 8 mln. 
tonnaga oshishi, yillik daromad esa chet el nvestitsiyalariga ega bir necha yuz 
korxonalar ro„yxatga olingan – Uzoq Sharqda tashkil etilgan bunday korxonalarning 
yarmidan ko„pini tashkil etadi. 
“Saxalin” EIHga Saxalin oblastining ma‟muriy chegaralari va kontinental shelf 
tumanlari kiradi. EIH doirasida “Kuril” Janubiy Kuril va Kuril tumanlarining 
ma‟umriy chegaralarini o„z ichiga oladi. 
Hozirgi kunda “Saxalin” EIH doirasida 23 ta qo„shma korxona yaratilgan. 
Hudud chegarasida imtiyozli soliq va bojxona rejimi, eksport-import operatsiyalarini 
amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi, maxsus davlat boshqaruv organi – 
“Saxalin” EIH ma‟muriyati faoliyat ko„rsatmoqda. Tabiiy resurslardan ratsional 
foydalanish maqsadiga EIHda tabiiy resurslarni o„zlashtirish bo„yicha davlat 
investitsion korporatsiyasi faoliyat yuritmoqda. Erkin tadbirkorlik, kichik biznes 


299 
hamda fermer xo„jaliklariga bank xizmat ko„rsatishi va moliyaviy qo„llab-
quvvatlanshni yaxshilash uchun chet ellik investorlarni jalb qilgan holda EIHda 
mintaqaviy rivojlanish banki (Saxalin rivolanish banki) tashkil etildi. Hududda neft 
va gaz, qimmatli metalla rva boshqa tabiiy resurslarni qidirish va ishlab chiqish EIH 
“Saxalin” ma‟muriyati tomonidn tartibga slinadi. Bank va sug„urta sohalarida, chet el 
investitsiyalarini jalb qilgan holda qushma korxona tuzishga ruxsat berilgan. 
Yoqilg„i-energetika va mineral xomashyo resurslar konlaridan foydalanish bilan 
bog„lik xo„jalik faoliyati litsenziyalar asosida amalga oshiriladi. 
“Saxalin” EIH baliq ovlash, baliq va dengiz mahsulotlarini qayta ishlash, gaz va 
kimyo, mahalliy va chet el turizmi, mexmonxona xo„jaligiga ixtisoslashuvi lozim. 
Saxalin viloyatining “Kuril” subhududida korxona va tashqilotlarga o„zi ishlab 
chiqargan mahsulotdan hamda Kuril baliq ovlash tumanida baliq va dengiz 
mahsulotlarini ovlash limitlaridan mustaqil foydalanish huquqiga ega. Shuningdek, 
ular o„z valyuta tushumini ichki bozorda majburiy sotishdan ham ozod etilgan. 
“Kuril” subhududining ixtisoslashuvi: baliq ovlash, baliq va dengiz mahsulotlarini 
qayta ishlashdir. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish