Эркин иқтисодий ҳудудлар


 Erkin iqtisodiy hududlarda imtiyozlar turlari (tashqi savdo, soliq



Download 5,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/281
Sana09.06.2022
Hajmi5,21 Mb.
#647606
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   281
Bog'liq
ERKIN-IQTISODIY-HUDUDLAR

4.5. Erkin iqtisodiy hududlarda imtiyozlar turlari (tashqi savdo, soliq, 
moliyaviy, ma‟muriy imtiyozlar) 
Hozirgi kunda, fan va texnika taraqqiyoti ta‟sirida xalqaro mehnat taqsimoti va 
ixtisoslashuvining chuqurlashib borishi XX asrning so„nggi choragida jahon xo„jalik 
tizimining rivojlanishida globallashuv va xalqaro integratsiya jarayonlarining 
jadallashuviga olib keldi. Buning natijasida milliy iqtisodiyotlarning jahon bozoriga 
bog„liqligi kuchaydi va tashqi iqtisodiy faoliyat iqtisodiy o„sish va ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishning eng asosiy shartlaridan biriga aylandi. Mana shunday 
sharoitda har bir mamlakat o„zining iqtisodiy salohiyati va nisbiy afzalliklariga 
tayanib eksport salohiyatini oshirib borishga va shu orqali jahon xo„jalik tizimida 
o„ziga xos va munosib o„rin egallashga harakat qiladi. 
Jahon xo„jalik tizimi rivojlanishidagi bunday yangi tendensiyalar xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarning turli shakllarini vujudga kelishiga va taraqqiy topishiga 
olib keldi. 
Ilmiy nashrlarda va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisobotlarda turli xil 
imtiyozlar va yengilliklar taqdim etilgan zonalarni tavsiflashda “Erkin iqtisodiy 
zonalar” atamasidan foydalaniladi. Ko„plab mamlakatlarda qo„llaniladigan maxsus 
iqtisodiy qoidalar, dastaklar, maxsus mamuriy qonunlar ushbu hududlarni muayyan 
huquqiy va xo„jalik tartibidan ozod qilmaydi, balki, uni yyengillashtiradi
tadbirkorlikni rag„batlantiruvchi imtiyozlarni taqdim etadi. 
Jahon amaliyotiga ko„ra, turli mamlakatlarning o„z hududida EIHlarni tuzishda 
mahalliy va chet el kapitaliga bojxona, soliq va boshqa moliyaviy hamda ma‟muriy 
imtiyozlar taqdim etadi. Ma‟lum turdagi hududga ma‟lum turdagi imtiyoz va 
rag„batlar beriladi. Bu imtiyoz va rag„batlarni berishdan maqsad qandaydir aniq 
masalani hal etish (masalan, ishlab chiqarish infrastrukturasini ayrim turlarini jadal 
suratlar bilan tashkil etish) yoki ayrim turdagi faoliyatni rag„batlantirish (masalan, 
eksport ishlab chiqarishini yaratish, bank, informatsion xizmatlarni ko„rsatish va 
boshqalar), yohud EIHga investorlarning ma‟lum turini jalb etish (masalan, kichik 
yoki yirik kompaniyalar) dan iborat.
Turli xildagi erkin iqtisodiy hududlarning umumiy xarakterga ega bo„lgan 
tomoni, qulay investitsion muhitni yaratishidadir. U o„z ichiga bojxona, moliyaviy, 
soliq imtiyozlarini oladi. EIH shu yoki boshqa mamlakatdagi faoliyat yuritayotgan 
tadbirkorlar uchun qabul qilingan umumiy rejimga nisbatan afzalliklarga ega. Har xil 
mamlakat hududidagi imtiyozlar va stimullar bir-biridan farq qiladi, ammo ular 
mohiyatan bir- biriga o„xshash.
Erkin iqtisodiy hududni tashkil qilish natijasida paydo bo„lgan tajriba shuni 
ko„rsatadiki, ularning har biri uchun o„ziga mos keluvchi imtiyozlar va stimullar 
mavjud. Iqtisodiy adabiyotlarda imtiyozlarni to„rtta asosiy guruhga bo„lib 
ko„rsatishadi (4.4-rasm). 


124 

Download 5,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish