Nazorat uchun savollar:
1.
O„Zbekistonda EIHlarni tashkil etish sabablari, tarixi va rivojlanish
xususiyatlari nimalardan iborat?
2.
O„Zbekistonda bugungi kunda EIHlar qaysi qonun hujjati asosida tashkil
etiladi?
3.
O„Zbekistonda bugungi kunda nechta EIHlar va KSZlari faoliyat
ko„rsatmoqda?
4.
O„Zbekistonda bugungi kunda EIHlarni tashkil etishda qanday hujjatlar
taqdim etilishi talab etiladi?
5.
O„zbekiston Respublikasining
“Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonuni
qachon qabul qilingan?
6.
O„Zbekistonda dastlabki EIH qachon tashkil etilgan?
12.2. O„zbekistonda “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy hududlar
faoliyatini tashkil etish shart-sharoitlari va iqtisodiy asoslari
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-yanvardagi 21-
sonli Qarori asosida tasdiqlangan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi
to„g„risidagi Nizomga muvofiq, ushbu zonada maxsus huquqiy rejim, shu jumladan,
soliq, valyuta va bojxona rejimlari, O„zbekiston Respublikasi norezidentlari bo„lgan
fuqarolarning kirishi, bo„lishi va chiqib ketishining, shuningdek, mehnat faoliyatini
amalga oshirishga ruxsatnoma olishining soddalashtirilgan tartibi amal qiladi.
Zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnikani, texnologik liniyalari
va modullarni, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali,
jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarning keng doirasini ishlab chiqarish
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyatining asosiy yo„nalishi hisoblanib,
faoliyat ko„rsatish muddati 30 (o„ttiz) yilni tashkil etib, ushbu muddat keyinchalik
uzaytirilishi mumkin.
Jahon
andozalari
talablariga
javob
beradigan
texnologiyalaridan
foydalanilayotganligi, har qanday ob-havo sharoitida ham 1000 tonnadan ortiq
yuklarni saqlash va qayta ishlash imkoniyatiga ega bo„lib, samarali tarzda eksport,
import va tranzit yuklarga xizmat ko„rsata oladi. Janubiy Koreyaning “Korean Air
Co” havo yo„llari hamkorligida tashkil etilgan xalqaro logistika markazining
rivojlantirish yo„nalishlari 3 bosqichga mo„ljallangan bo„lib, 1-bosqichda (2009-2010
yy.) qulay infratuzilmani barpo etish, 2-bosqichda (2011-2013 yy.) faoliyat
yo„nalishini
kengaytirish,
3-bosqichda
(2014-2019
yy.)
ushbu
logistika
markazinining to„laqonli faoliyatini ta‟minlashdan iboratdir. 2010-yilda logistika
markazi tomonidan 11 ta yo„nalish bo„yicha, jumladan, Bangkok, Bombey, Bryussel,
Dakka, Dehli, Dubay, Seul, Istambul, Milan, Frankfurt, Shanxay shaharlariga yuk va
yo„lovchi tashish qatnovlari yo„lga qo„yildi. 2011-yildan esa 7 ta yo„nalish (Olma-
ota, Boku, Bishkek, Tehron, Xanoy, Chendu, Saragosa) bo„yicha doimiy qatnovlar
339
yo„lga qo„yildi.
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasiga jalb etilgan to„g„riridan-to„g„ri
xorijiy investitsiyalar hisobiga o„z mahsulotini eksportga yo„naltiruvchi korxonalar
faoliyatining samarasi sababli Navoiy viloyatining tashqi savdo aylanmasi tobora
kengayib bormoqda. Buni quyidagi rasmlardan ko„rish mumkin. Unga ko„ra, tashqi
savdoda asosiy hamkorlar sifatida Osiyo va Yevropa mintaqalari davlatlari o„rin
olgan.
Umuman, “Navoiy” EIIZning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun hozirda
quyidagi omillar mavjud:
- turli xomashyo resurslarining mavjudligi va ularni 30%dan kam bo„lmagan
mahalliylashtirish darajasida chuqur qayta ishlash imkoniyati;
- ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan bog„liq yirik bozorlarning
mavjudligi;
- transport infratuzilmasining rivojlanganligi;
- katta inson salohiyatining mavjudligi;
- hududda yuqori texnologiyalarni jalb etish orqali diversifikatsiyalangan
ekologik toza sanoat bazasini shakllantirish imkoniyati.
Mazkur hududning rivojlanishi iqtisodiyot rivoji va raqobatbardoshligini
oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, bugungi kunda
respublikamizda yana bir qancha EIHlarning tashkil etilganligi ularni rivojlantirishga
bo„lgan e‟tiborning yanada ortishiga sabab bo„lmoqda.
Bu borada to„plangan tajribani va Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish hamda
resurs salohiyatidan foydalanish, Farg„ona vodiysidagi korxonalar bilan barqaror
iqtisodiy aloqalarni yo„lga qo„yishning kelajakda muhim ahamiyatga ega ekanini
hisobga olgan holda, 2012-yilda “Angren” maxsus industrial zonasini tashkil etish
to„g„risida qaror qabul qilingan edi.
“Angren” EIH, birinchi galda, o„z vaqtida sanoat shaharlari sifatida tashkil
qilingan, ammo bu salohiyat o„z davrida bir yoqlama, markazga yo„naltirilgan ishlab
chiqarishga asoslanib qolgan Angren va Ohangaron shaharlarining bugungi kunda
isloh etilayotgan sanoat tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa, o„z
navbatida, zamonaviy texnologiyalar asosida qo„shimcha ish o„rinlari yaratilishini
ta‟minlaydi. Bu bilan ushbu maxsus iqtisodiy zona Toshkent viloyatidagi ikkita yirik
hudud – Angren hamda Ohangaron shaharlari va ularning atrofidagi mahalliy
punktlarda istiqomat qilayotgan aholi farovonligini oshirishga ham munosib ulush
qo„shadi.
Mazkur EIHning yana bir afzalligi shundaki, u mamlakatimizning shimoli-
sharqiy qismidagi Angren va Ohangaron shaharlari hamda ular atrofidagi hududlarda
barpo qilinadi. Bu hududda “Angren” logistika markazi ham joylashganligi esa, yangi
industrial zona salohiyatining oshishiga qo„shimcha yordam bo„ladi.
Shuningdek, O„zbekistonni Qirg„iziston orqali Xitoy bilan bog„lovchi bo„lajak
avtomagistralning Angren shahridan o„tishi, qolaversa, ushbu shahar mamlakat
poytaxtini Farg„ona vodiysi bilan bog„lovchi asosiy nuqtalardan biri ekanligini
inobatga olsak, “Angren” EIH ham milliy, ham mintaqaviy, ham xalqaro miqyosda
340
ahamiyatga
molikligi
yanada
oydinlashadi.
Shu
tariqa
bugungi
kunda
mamlakatimizning markaziy qismida joylashgan va ishlab chiqarish bilan bir qatorda,
havo transporti vositasida xalqaro miqyosda xizmat ko„rsatishga asoslangan
“Navoiy” EIH safiga shimolda joylashgan va ishlab chiqarishdan tashqari milliy
hamda xalqaro miqyosda avtomobil yo„llari yordamida yuk tashishga asoslangan
“Angren” maxsus industrial zonasi ham qo„shildi.
“Jizzax” EIH viloyat sanoatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu hudud soliq va bojxona to„lovlari uchun belgilangan imtiyozlar hamda
xomashyo va butlovchi qismlar boj to„lovlaridan ozod etilishi “Jizzax” erkin iqtisodiy
zonasida ham sanoat ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishda muhim omil
bo„lmoqda. “Jizzax” EIH tashkil etiishi natijasida o„tgan qisqa muddatda 19
zamonaviy korxona ishga tushirildi. Iqtisodiy hududning Jizzax shahridagi hududida
363,7 gektar maydonda 14 ta, Sirdaryo viloyatidagi filialining 150 gektar maydonida
5 ta loyihani amalga oshirish uchun 91,3 million dollar miqdorida investitsiya
sarflandi. Zamonaviy texnologiya asosida barpo etilgan korxonalarda mingdan ortiq
yangi ish o„rni yaratildi. Doimiy ish o„rniga ega bo„lganlarning 60 foizi kasb-hunar
kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislardir.
2017-yilda “Jizzax” EIHda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 255,2 milliard
so„mni, eksport hajmi 11,9 million dollarni tashkil etdi
110
. Hozirgi kunda hududda
avtomobillar va yuk mashinalari uchun tormoz kolodkalari, televizor, konditsioner,
muzlatkich, kir yuvish mashinasi, mikroto„lqinli pech, svetodiodli lampalar,
polipropilen iplar, video va IP telefonlar, telekommunikatsiya uskunalari, internet
tezligini oshiruvchi butlovchi qismlar kabi turli sanoat mahsulotlari ishlab
chiqarilmoqda
111
. Bu mahsulotlarning aksariyati nafaqat Jizzax va Sirdaryo
viloyatlari, balki mamlakatimizdagi boshqa bozorlar uchun ham yangilikdir.
Ayni paytda erkin iqtisodiy zona ma‟muriy kengashi xorijiy va mahalliy
investorlar bilan dastlabki qiymati 213,3 million dollar bo„lgan 25 loyihani amalga
oshirish ustida ish olib bormoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda ayrim EIHlar endi tashkil etilganligini hisobga
olib, ularni tashkil etish va rivojlantirishda quyidagi masalalarning hal etilishini
ta‟minlash maqsadga muvofiqdir:
-
EIHlar faoliyatini butun xo„jalik huquqiy masalalarini tartibga solish, maxsus
ishlab chiqarish;
-
transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish;
-
zarur infrastruktura: suv ta‟minoti, elektr ta‟minoti, ijtimoiy sharoit va
boshqalar;
-
tijorat infrastrukturasi: bank, konsalting, yuridik xizmatlarning mavjudligi;
-
bozorga kira olish;
-
mehnat qiymati va unumdorligi;
-
mavjud sanoat bazasi;
-
EIHlar ma‟muriy boshqaruvining samarali tuzilmasi.
Shuningdek, EIHlarda investitsiyalarni jalb etish qulayligini oshirish evaziga
110
www.sizjizzakh.uz sayti ma‟lumotlari
111
www.jizzax.uz/wp-content/uplo sayti ma‟lumotlari
341
mamlakat investitsion jozibadorligini yanada oshirishga erishish lozim. Bunda
quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish o„zining ijobiy samarasini beradi, deb
hisoblaymiz:
- investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan milliy marketologlarimiz
tomonidan marketing tadqiqotlarini turli omillar ta‟sirini inobatga olingan holda olib
borishni yanada rivojlantirish;
- investitsion loyihalarni moliyalashtirishning nokredit usullaridan bo„lgan
lizing, faktoring, franchayzing operatsiyalaridan keng fodlanishni kengaytirish;
- respublikamizning nufuzli universitetlari negizida to„g„ridan-to„g„ri xorijiy
investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan ilmiy tadqiqot innovatsion markazlar tashkil
etish;
- mamlakatimizdagi yuqori ishlab chiqarish potensialga va rivojlangan
infratuzilmaga
ega
bo„lgan
hududlarida
yangi tashkil
etilgan
EIHlarga
investitsiyalarni
jalb
etishda
ushbu
EIHlar
joylashgan
hudud
mahalliy
hokimliklarining xorijiy davlavtlar bilan mustaqil aloqalar o„rnatish va hamkorlikni
yo„lga qo„yish bo„yicha mustaqilligi va mas‟uliyatini oshirish lozim.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin
iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo„shimcha chora-
tadbirlar to„g„risida”gi PF-4853-sonli Farmoni qabul qilinishi asosida “Navoiy” erkin
industrial-iqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari nomini
birxillashtirish maqsadida ularni “Navoiy”, Angren” va “Jizzax”
erkin iqtisodiy
zonalar deb nomlanadigan bo„ldi.
Ushbu Farmon bilan mazkur EIZlar faoliyatini yanada rivojlantirishning
quyidagi asosiy yo„nalishlari belgilab berildi:
- xorijiy investorlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektorlariga
investitsiya kiritishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida erkin iqtisodiy
zonalar uchun yagona huquqiy rejimni belgilash, soliq va bojxona imtiyozlari,
preferensiyalarni birxillashtirish;
- mahalliy mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlaydigan va yuqori
qo„shimcha qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yuqori
texnologiyali va mahalliylashtiriladigan zamonaviy korxonalarni tashkil qilish uchun
to„g„ridan-to„g„ri investitsiyalarni, avvalambor, xorijiy investitsiyalarni faol jalb
etish, erkin iqtisodiy zonalarning muayyan sohaga ixtisoslashuvini qo„llab-quvvatlash
va ularda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish;
- erkin iqtisodiy zonalarda “yagona darcha” tamoyili asosida barcha turdagi
davlat xizmatlarini ko„rsatishga, jumladan, ruxsat berish tartib-taomillariga
bosqichma-bosqich o„tish;
- ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo„l-transport va ijtimoiy
infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari ko„rsatish
bo„yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;
- oliy, o„rta maxsus kasb-hunar ta‟limi muassasalarida erkin iqtisodiy
zonalarning soha kadrlariga bo„lgan hozirgi va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib
chiqib, ularning erkin iqtisodiy zonalarda joylashgan korxonalarda ishlab chiqarish
amaliyotini o„tashini nazarda tutgan holda, yuqori malakali mutaxassislarni
342
tayyorlashni tashkil etish.
Shuningdek, Farmon asosida tutilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar
hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha, jumladan:
- 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha hajmdagi
investitsiyalar – 3 yil muddatga;
- 3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha hajmdagi
investitsiyalar – 5 yil muddatga;
- 5 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha hajmdagi
investitsiyalar – 7 yil muddatga;
- 10 million va undan ko„p AQSh dollari hajmidagi investitsiyalar so„nggi 5
yilda amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad solig„i va yagona soliq
to„lovi stavkalari qo„llangan holda – 10 yil muddatga beriladigan bo„ldi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017-yil 26-
oktabrda imzolangan “Erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini faollashtirish va
kengaytirishga doir qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi Farmoni EIHlarni izchil
rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish borasida yana bir
muhim omil boʼlib xizmat qilmoqda.
O„tish iqtisodiyoti davrida turgan O„zbekiston Respublikasi uchun oldimizga
qo„yilgan ulkan maqsadlarga erishishda investitsiya zahiralarining chet el
manbalariga murojaat etilishi ham strategik, ham joriy masalalarni hal qilish
zaruriyatiga ko„p jihatdan bog„liqdir. Bu vazifalardan eng muhimlari:
- milliy iqisodiyotni qayta tuzish;
- mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotidagi nomutanosibliklarni
yo„qotish;
- mamlakatning eksport salohiyatini kuchaytirish;
- import o„rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish;
- raqobat muhitini rivojlantirishga yordam beradigan iqtisodiyotning xususiy va
aralash sektorlarini shakllantirish;
- bozor infratuzilmasini yaratish;
- ilg„or chet el texnologiyasi, nou-xau va boshqaruvchilik tajribasini jalb qilish.
O„z navbatida, respublikamizda ko„p yillar davomida yaratilgan qulayliklar
asosida aytish mumkinki, O„zbekistonda xorijiy investorlarni jalb etish uchun
quyidagi shart-sharoitlar mavjud:
– siyosiy barqarorlik;
–xususiy mulk va raqobatni himoyalaydigan qonunchilik bazasining
shakllangani;
– investitsiya jarayonini qo„llab-quvvatlaydigan infratuzilmaning barpo etilgani;
– mamlakatning qulay geografik joylashuvi;
– agrosanoat sektorini rivojlantirish salohiyatining yuqoriligi va mamlakatning
mineral-xomashyo resurslariga boyligi;
– yuqori malakaga ega mehnat resurslarining mavjudligi;
– savdo uchun ichki bozor hajmining yetarli darajada kengligi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va belgilangan vazifalar davla
investitsya siyosati ijrosi va samarasi uchun xizmat qilib, pirovardida, tashqi iqtisodiy
343
aloqalarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish va unga qaratilgan faoliyatlarni
takomillashtirishni taqozo etadi. Bular esa, o„z navbatida, mamlakatimiz eksport
salohiyatini yanada rivojlantirishda to„laroq o„z aksini topadi. Shu sababli, mamlakat
eksport salohiyati rivojlantirishning barcha zamonaviy va qulay tizimi, shart-
sharoitlarini yaratish va unga qaratilgan investitsiyalashda xorijiy sarmoyalardan ham
keng foydalanishni izchil davom ettirib bormog„imiz lozim.
Bu esa bevosita eksport salohiyatimizni oshirish maqsadida transport-logistika
tizimini takomillashtirish lozimgini keltirib chiqaradi. Chunki, dengizga chiqish
imkoniyatimiz cheklangani uchun mahsulotni eksport qilishda ko„plab qiyinchiliklar
paydo bo„lmoqda. Shu ma‟noda respublikamizda qulay transport-logistika tizimini va
xalqaro transport-logistika tarmog„ini yaratishda olib borilayotgan ishlar va ularning
milliy eksport salohiyatmizni oshirishga, jumladan, EIZlar korxonalari eksporti
hajmini yanada oshirishga ham xizmat qilishida muhim ahamiyat kasb etishini
alohida ta‟kidlamoq lozim. Buni quyidagi 12.1-jadval ma‟luomtlari ham taqdislaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |