Эркин иқтисодий ҳудудлар


 Rivojlangan mamlakatlar xo„jaligida offshor hududlarning tutgan o„rni



Download 5,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/281
Sana09.06.2022
Hajmi5,21 Mb.
#647606
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   281
Bog'liq
ERKIN-IQTISODIY-HUDUDLAR

11.4. Rivojlangan mamlakatlar xo„jaligida offshor hududlarning tutgan o„rni. 
Mamlakatlar iqtisodiyotiga offshor hududlarning ijobiy va salbiy ta‟siri, soliq 
raqobati 
O„tgan asrning 80 yillaridan beri jahon xo„jaligida an‟anaviy offshor hududlar 
kapital harakati va boshqa aktivlar harakatida muhim rol o„ynab kelmoqda. 
An‟anaviy offshor hududlar deganda investor-korporatsiyalarga va xususiy 
shaxslarga nafaqat maxsus past soliqli yoki soliqsiz rejimni taqdim etuvchi, balki 
tadbirkorlik va kapitalni boshqarish uchun boshqa bir qator qulay sharoitlarni ham 
yaratuvchi hududlar tushuniladi. Jahon iqtisodiyotida hozirgi kunda 300 dan ortiq 
offshor hududlar mavjud. Ayrim ma‟lumotlarga ko„ra 90 yillarda offshor hududlar 
umumiy jahon boyligining 20 %i ustidan nazorat qilib, ularda tashqi bank 
aktivlarining 22 % jamlangan edi
101
. 2006-yilda esa offshor hududlarda jahon 
pullarining 60 % jamlangan bo„lib, ushbu hududlar orqali moliyaviy 
101
Cassard M. The Role of Offshore Centers in International Financial Intermediation. IMF Working Paper. 1994. 
№107. 


327 
transaksiyalarning yarmiga yaqini amalga oshirilgan
102

G„arbiy Yevropada offshor markazlari keng tarqalgan. Ular xorij tadbirkorlarini 
o„zining qulay valyuta-moliyaviy qonunchiligi, soliqqa tortishning imtiyozli 
xarakteri, bank va tijorat sirlarining yuqori darajadaligi bilan o„ziga jalb qiladi. 
Xalqaro offshor biznesini yurituvchi yetakchilarga Men, Buyuk Britaniyadagi 
Gernsi va Djersi, Vengriya, Irlandiya, Kipr, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Malta, 
Monako, Shveytsariya va boshqalar kiradi. Offshor biznesi bank va sug„urta 
faoliyatini, ko„chmas mulk operatsiyalarini, eksport-import operatsiyalarining 
ko„pgina turlarini, konsaltingni o„zida mujassamlashtiradi. G„arbiy Yevropa offshor 
biznesi sohasidagi kapital 130 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Unda 400 mingdan ortiq 
jismoniy va yuridik shaxslar faoliyat yuritadi, har yili bir necha minglab yangi 
kompaniyalar ro„yxatdan o„tadi, ular offshor operatsiyalari ko„lamlarini kengaytiradi. 
Boston Consulting Group (BCG) kompaniyasi ma‟lumotlariga ko„ra, 2006-yilda 
offshor hududlarda jamlangan boshqaruv ostidagi aktivlar (AiM) 6,7 trln. dollarni 
yoki ularning umumiy qiymatini 6,9 %ni tashkil qilgan. Fors ko„rfazi 
mamlakatlarining offshor hududlari o„z aktivlarining taxminan 40 %ini, Lotin 
Amerikasi davlatlari, Yaqin O„rta Sharq va Afrika mamlakatlari esa 30 %ini saqlaydi. 
Ayni bir vaqtda Yevropa mamlakatlarida bu ko„rsatkich 9 %ni, Shimoliy Amerika va 
Yaponiyada esa atigi 2-3 %ni tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, davlat 
institutlari va fuqarolik jamiyati rivojlangan, barqaror iqtisodiy va siyosiy vaziyat 
hukmron bo„lgan mamlakatlarda maxsus offshor hududlar rejimidan foydalanishga 
bo„lgan qiziqish kamroq ekanligini ko„ramiz. 
BCG hisob-kitoblari, asosan, Ixtisoslashgan xalqaro reyting tashkiloti 
ma‟lumotlariga mos keladi. Ularga ko„ra, offshor moliya markazlaridagi kapital 
miqdori 5-7 trln. dollarga teng bo„lib, bu 80 yillardagi ko„rsatkichdan 5 barobar 
ko„pdir. Ayrim boshqa ma‟lumotlarga ko„ra, masalan, Tax Justice Network 
mutaxassislarining fikricha, 2003-yildayoq offshor hududlar 11-12 trln. dollarga teng 
bo„lgan aktivlarni nazorat qilgan. 
Dunyodagi eng mashhur 34 ta offshor hududlarda 32 trln. AQSh dollariga teng 
aktivlar joylashtirilgan. Bu esa ularning qanchalik katta moliyaviy-iqtisodiy 
salohiyatga ega ekanligini ko„rsatadi. 
Offshor hududlarning jahon moliya oqimlaridagi rolini haqida ularda joylashgan 
banklarning xalqaro mavqei bo„yicha ham aniqlash mumkin. 
TTXIlarning harakatlanishida offshor hududlarning roli YuNKTADning jahon 
investitsiyalari to„g„risidagi ma‟ruzasida aks ettirib boriladi. Bu erda barcha offshor 
hududlar ko„rsatilmaydi. Bundan tashqari, TTXIlar ushbu yurisdiktsiyalarda amalga 
oshiriladigan moliyaviy oqimlarning bir qismini, ba‟zan, juda kam qismini tashkil 
qiladi, xolos. Shunga qaramay, bu ma‟lumotlar ham TTXIlarning harakatlanishida 
ayrim offshor hududlarning tutgan o„rni katta ekanligini ko„rsatadi. 
Jahon amaliyotida xorijiy mamlakatlarga kapital olib chiqish uchun, odatda, 
offshor hududlarga joylashtirilgan turli moliyaviy aktivlardan keng foydalaniladi, 
maxsus investitsion kompaniyalar va jamg„armalar tashkil etiladi. Ular, hatta, TTXI 
oqimida yetakchi o„rinlarni ham egallash imkoniga egadirlar. 
102
McCann H. Offshore finance. Cambridge, 2006. 


328 
Offshor hududlar, o„z navbatida, bir vaqtning o„zida ijobiy va salbiy tomonlarga 
ham ega hisoblanadi. Offshor hududlarning jahon iqtisodiyotidagi ijobiy tomonlariga 
quyidagilarni kiritishimiz mumkin. Uning ijobiy tumonlari quyidagilardan iborat: 
- birinchidan, transchegaraviy moliyaviy oqimlarning faollashishi va xalqaro 
ko„lamda 
moliyaviy 
aktivlar 
aylanmasini 
tezlashishi, 
moliya 
bozorlarini 
rivojlanishiga ko„maklashish, investitsiyalarni diversifikatsiya qilishga va kredit 
resurslarga erishishni kengaytirishga shart-sharoitlar yaratish; 
- ikkinchidan, umumiy soliq yukini kamaytirishga harakat qilib, shu asosda 
global iqtisodiyotda iqtisodiy faollikni rag„batlantirish; 
- uchinchidan, ekspropriatsiya xatarini kamaytirib, mulkchilik huquqlarini 
himoya qilish uchun shart-sharoitlar yaratish. Bu o„z navbatida, avvalambor, donor-
mamlakatlarda iqtisodiy o„sishning oshishiga olib kelishi mumkin; 
- to„rtinchidan, offshor hududlar joylashgan mamlakatlarning rivojlanishiga 
ko„maklashish natijasida jahon xo„jaligini uyg„un rivojlanishiga yordam berish; 
- beshinchidan, egiluvchan rivojlanish strategiyalaridan keng foydalanish 
hisobiga kompaniyalarning milliy va global darajada raqobatbardoshligini oshirish va 
boshqalar. 
Offshor hududlarning salbiy tomonlariga esa odatda quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
- birinchidan, offshor (donor) mamlakatlarning daromadlarini kamaytiruvchi 
g„irrom soliq raqobatining mavjudligi; 
- ikkinchidan, offshor hududlarda kapitalning, eng avvalambor, chayqovchilik 
kapitalining katta hajmda to„planib qolishligi. Buning oqibatida jahon iqtisodiyoti va 
moliyasida beqarorlik unsurlarni paydo bo„lishi; 
- uchinchidan, kapitalning chiqib ketishiga ko„maklashishi; 
- to„rtinchidan, yashirin iqtisodiyotni qo„llab-quvvatlashi; 
- beshinchidan, donor-mamlakatlarda bandlikning pasayishi; 
- oltinchidan, alohida kompaniyalarga oqlanmagan raqobat ustunliklarini berish; 
- yettinchidan, donor-mamlakatlarda soliqlardan qochishni salbiy baholash bilan 
bog„liq bo„lgan noqulay ijtimoiy vaziyatlarni paydo bo„lishi va h.k.lar. 
Shunday qilib, offshor hududlarning ma‟lum bir o„ziga xos xususiyatlaridan 
kelib chiqib, ularning faoliyatini xususiy investorlarning, milliy hukumatlarning (eng 
avvalo soliq organlarining), xalqaro tashkilotlarning qarama-qarshi manfaatlarini ham 
ustunlik, ham kamchilik sifatida baholash mumkin. 
Offshor hududlarning tarafdorlarining fikricha, offshor yurisdiktsiyalari, 
ayniqsa, yirik moliyaviy markazlar xalqaro moliyada va savdoda muhim rol 
o„ynaydi. Ma‟lum bir vaziyatlarda ular korporatsiyalarga va jismoniy shaxslarga 
tavakkalchilikni samarali boshqarish va moliyaviy rejalashtirish sohasida ulkan 
ustunliklar beradi. 
Offshor hududlarga qarshi bo„lgan tarafdorlar esa, asosan, rasmiy shaxslarni o„z 
ichiga oladi. Hukumat rahbarlarining fikricha, offshor hududlar g„irrom soliq 
raqobatini vujudga keltiradi, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardan ko„plab 
resurslarni chiqib ketishiga olib keladi. AQSh voqealaridan so„ng (2001 yil) offshor 
hududlarga terrorizmni moliyalashtirish bo„yicha ochiq ayblovlar qo„yildi, ularning 


329 
iqtisodiy va moliyaviy faoliyatini tartibga solishning aniq huquqiy me‟yorlari yo„qligi 
yuzasidan e‟tirozlar bildirildi. Chunki, aynan offshor hududlarda tartibga solishning 
zaifligi soliq to„lashdan qochishni va jinoiy yo„l bilan topilgan pullarni yashirishni 
osonlashtiradi. 
2007-yilda BMT va Jahon banki “O„g„irlangan aktivlarni qaytarish bo„yicha 
tashabbus: vazifalar, imkoniyatlar va harakatlar dasturi” deb nomlangan hujjatni 
tayyorladi. Ushbu hujjatda turli noqonuniy faoliyat turlari (poraxo„rlik, narkotik 
mahsulotlarni sotish, soxta tovarlarni va pul qog„ozlarini tayyorlash, yashirin qurol-
yarog„ savdosi va soliq to„lashdan qochish va boshqalar) natijasida topilgan 
mablag„larning xalqaro oqimlari yiliga 1-1,6 trln. dollar deb baholagan edi. 
Yurisdiktsiyalar raqobatida, ayniqsa, soliq sohasida offshor hududlarning roli 
katta bo„lib, ularning tarafdorlari va tanqidchilari o„rtasida qizg„in baxslarning bo„lib 
turishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mutaxassislarning fikricha, globallashuv o„yin 
qoidalarini o„zgartirdi. Bu rivojlangan va rivojlanayotgan boy mamlakatlarga ko„p 
ustunliklarni berishi bilan bir qatorda kapitalni soliqlardan yashirish uchun ham ko„p 
imkoniyatlarni beradi. Hozirgi kunda ko„pgina rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlar budjeti uchun offshor biznesi bilan bog„liq bo„lgan yo„qotishlar juda 
katta bo„lib, ular yildan-yilga o„sib bormoqda. 2005-yil ma‟lumotlariga ko„ra, offshor 
sxemalari yordamida to„lanmagan soliqlar yig„imi yiliga 255 mlrd. dollarni tashkil 
etgan
103
. Michigan universitetining professori R.Avi-Yoxanning fikricha, birgina 
AQShning o„zida soliqlar yig„imi yiliga 50 mlrd. dollarni tashkil etar ekan. 
Germaniya Moliya vaziri P.Shtaynbryukning ta‟kidlashicha, soliq to„lashdan qochish 
Davlat budjetga taxminan 30 mlrd. evroga tushadi. Umuman, EI davlatlarining soliq 
to„lashdan qochishi natijasida har yili taxminan 100 mlrd. evro yo„qotilar ekan
104

Offshor yurisdiktsiyalari bilan bog„liq soliq yo„qotishlari to„g„risida Tax Justice 
Network mutaxassislarining boshqa ma‟lumotlari ham mavjud. 2006-yilda uchta 
offshor hududlarning (Djersi, Gernsi va Men oroli) norezidentlariga tegishli 
moliyaviy soha aktivlari 935,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu offshor hududlar 7 % 
daromad va 30 % soliq stavkasi mavjud bo„lganda 65,5 mlrd. dollar foyda va tegishli 
mamlakatlar budjetiga 19,6 mlrd. dollar miqdorida soliq tushumlarini berishi mumkin 
edi. 
Offshor yurisdiktsiyalar tadbirkorlar va fuqarolarning o„z mamlakatlarining 
soliq siyosatiga qarshi chiqishlarini rag„batlantirib turadi. Masalan, Fransiyada 
umumiy soliq yuki YaIMning 45,5 %ga teng bo„lgan bir sharoitda YaIMning 17 % 
miqdoridagi daromadlari berkitiladi. Fransiya, Italiya, Daniya va Germaniyaning o„n 
minglab tadbirkor-fuqarolari yuqori soliqlar siyosatiga qarshi chiqishadi. 150 
mingdan ortiq frantsuzlar esa daromad solig„i pastroq bo„lgan Angliyada yashaydi 
(so„nggi 15 yil ichida minglab yangi texnologiyalarga ega bo„lgan frantsuz 
kompaniyalari Angliyaga ko„chib o„tishgan). 2006-yilda chet ellik fuqarolar 
Shveytsariyada 607 mlrd. dollarga teng bo„lgan moliyaviy aktivlarni joylashtirishgan. 
Jahon iqtisodiyotida offshor hududlar shubxasiz soliq raqobatida katta 
ustunliklarga ega. PriceWaterhouse-Coopers analitik kompaniya va Jahon banki 
103
www.taxjustice.net 
104
Independent. 11.03.2008. 


330 
reytingiga ko„ra, umumiy soliq iqlimi bo„yicha dunyo mamlakatlarining birinchi 
yigirmataligida yetakchi o„rinlardan birini offshor yurisdiktsiyalari va ular joylashgan 
mamlakatlar egallaydi (11.3-jadval). 

Download 5,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish