163
5.7-jadval.
Respublikadagi avtomobil yo„llari qismlari va umumiy foydalanishdagi
avtomobil yo„llarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda yo„l
tashkilotlarining ishlab chiqarish bazalarini texnik rivojlantirish chora-
tadbirlari
60
Yo„nalish nomi
2015 y. 2016 y. 2017 y. 2018 y. 2019 y.
Respublika
yo„l
jamg„armasi
mablag„lari
hisobidan umumiy
hisobda 1 227,8 km uzunlikdagi
avtomobil yo„llari, ko„priklar va
yo„l o„tkazgichlarni
qurish va
rekonstruksiya qilish
(km. hisobida)
204,6
257,8
213,5
277,9
274,0
Xalqaro
moliya
institutlari
mablag„lari
hisobidan avtomobil
yo„llari qismlarini va undagi
transport yechimlari, ko„priklar
va yo„l o„tkazgichlarning 1 172,5
km
qismida
qurilish
va
rekonstruksiya
ishlarini
olib
borish (km. hisobida)
156,5
191,0
258,0
303,0
264,0
Respublika yo„l jamg„armasi va
Jahon
banki
mablag„lari
hisobidan
ham
299,5
km
uzunlikdagi yo„llarda qurish va
rekonstruksiya
qilish
ishlari
belgilab berilgan bo„lib, bu
miqdorni
yillar
kesimida
quyidagicha
amalga
oshirish
(km. hisobida)
15,2
64,1
90,3
71,9
58,0
Iqtisodiyot tarmoqlarida jahon bozoriga mo„ljallangan raqobatdosh mahsulotlar
eksporti hajmini oshirishda infratuzilmani rivojlantirish,
erkin iqtisodiy hududlar
hisobiga alohida olingan maxsus hududlar bo„yicha infratuzilma tarmoqlari
faoliyatini yanada kengaytirish maqsadga muvofiqdir.
O„zbekiston Respublikasida transport va logistika sohasini rivojlantirishga
alohida e‟tibor qaratib kelinmoqda. Bu esa mazkur sohaga berilgan imtiyozlarda ham
o„z aksini topmoqda. Jumladan, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-
dekabrdagi “2018-2021 yillarda transport infratuzilmasini
takomillashtirish va yuk
tashishning tashqi savdo yo„nalishlarini diversifikatsiyalashga doir chora-tadbirlar
to„g„risida”gi PQ-3422-sonli Qarorining qabul qilinganligi ham bunga misoldir.
Ushbu Qaror asosida mamlakatimizda transport va logistika sohasida faoliyat
60
“O„zavtoyo„l” DAK axborot xizmatining internet ma‟lumotlari asosida tuzildi.
164
ko„rsatuvchi avtotashuvchilar va transport-logistika
kompaniyalariga soliq va
bojxona imtiyozlari berildi va hujjat 2017-yil 4-dekabrdan to„la kuchga kirgan.
Qaror asosida ular – xalqaro avtotashishlarni amalga oshiradigan milliy
avtotransport korxonalari,
shuningdek, transport-logistika kompaniyalari 01.01.2022
yilgacha soliqning 3 turini to„lashdan ozod etildi:
- qo„shilgan qiymat solig„i;
- mol-mulk solig„i;
- yer solig„i.
Ushbu imtiyoz maqsadli hisoblanadi – bo„shaydigan mablag„lar o„z avtoparkini
kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy ombor
terminallarini barpo etish va bank kreditlarini so„ndirishga yo„naltiriladi.
Ko„rsatilgan tadbirkorlik subyektlari xuddi shu muddatga O„zbekistonda ishlab
chiqarilmaydigan, transport-logistika xizmatlari ko„rsatish uchun mo„ljallangan,
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro„yxatlar bo„yicha
olib kiriladigan ombor
asbob-uskunalari, ortish va tushirish texnikasi, agregatlar, ehtiyot qismlar va boshqa
tovarlar uchun bojxona to„lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvidan tashqari) ozod
etildi.
Xalqaro avtotashishlar uchun litsenziya bilan shaharlar o„rtasida tashishlarga
ham ruxsat berildi.
O„rnatilishicha, avtotransport korxonalari xalqaro qatnovlarda yuklarni tashish
uchun litsenziya bilan shaharlararo qatnovlarda ham yuklarni tashishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: