Эркин иқтисодий ҳудудлар


 Rossiya Fedaratsiyasidagi “Sankt-Peterburg”, “Viborg”, “Texnopolis



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/281
Sana28.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#587396
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

10.5. Rossiya Fedaratsiyasidagi “Sankt-Peterburg”, “Viborg”, “Texnopolis 
Zelenograd” erkin iqtisodiy hududlarini tashkil etilish va faoliyati xususiyatlari 
“Sankt-Peterburg” erkin tadbirkorlik hududi uning intellektual va ishlab 
chiqarish kuchlarini rivojlantirish va zamonaviy texnologik jarayonlarni o„zlashtirish, 
zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yaratish, Shimoliy-G„arbiy 
tuman iqtisodiyotining xalqaro mehnat taqsimotiga samarali jalb etish asosida 
shakllanadi. “Sankt-Peterburg” hududining ixtisoslashuvi: 
- mashina va uskunalar transport vositalari; 
- kimyoviy mahsulotlar; 
- xalq iste‟moli mollarini ishlab chiqarish; 
- xalqaro turizm; 
- noishlab chiqarish xizmatlari eksportini rivojlantirishidan iborat. 
Hozirgi kunda Sankt-Peterburgda 1,5 mingta qo„shma korxona ro„yxatga olinib, 
Rossiyada qo„shma korxonalar eng ko„p tashkil etilgan hududlardan hisoblanadi. 
“Sankt-Peterburg” hududi uchun turli xil ixtisoslashuvdagi subhudud yoki mini-
hududlarni tashkil etish samarali bo„ladi. Shuningdek, Sankt-Peterburgda ilmiy 
parklar, texnopolislar va eksport-ishlab chiqarish hududlarini tashkil etish istiqbolli 
yo„nalish hisoblanadi. 
“Viborg” EIH. Viborg ma‟muriy tumani hududida shakllangan. U ishlab 
chiqarishga mahalliy va chet el ilmiy-texnik ishlanmalarini va kashfiyotlarini joriy 
etish maqsadida tashkil etilgan. Hudud, Sankt-Piterburg va chet elga ixtisoslashgan. 
Hududni shakllantirishda Finlandiya faol ishtirok etadi. Hudud chegarasida, ishlab 
chiqarish faoliyatiga ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini tezkor joriy etish uchun 
texnologik markaz yaratish nazarda tutilgan. Markaz faoliyatining asosiy sohalari 
bo„lib, hisoblash texnikasi, elektronika, biotexnologiya, yangi materiallarni ishlab 
chiqarish va boshqa shu kabi yuqori texnologik va ekologik toza ishlab chiqarishlar 
xizmat qiladi. Viborgni geografik joylashuvi (undan Finlandiyagacha – 7 km, Sankt-
Piterburggacha – 156 km) Rossiya va Finlandiya mutaxxasislarga hududda 
Rossiyadagi birinchi texnologik park loyihasini ishlab chiqish imkoniyatini berdi. 
Markaziy iqtisodiy hududda hududiy ilmiy-tenik integratsiyaning samarali 
shakli bo„lib texnopolislar, texnoparklar yoki ilmiy-texnik hududlar xizmat qiladi. 
Zelenograd shahrining ma‟muriy chegaralarida, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, 
yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va diversifikatsiyalash 
hamda korxonalar eksport salohiyatini oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratish 
maqsadida “Texnopolis Zelenograd” erkin iqtisodiy hududi tashkil topdi. 
“Texnopolis Zelenograd” EIH faoliyatining ustuvor yo„nalishlari quyidagilar: 
- yuqori texnologiyalar; 
- mikroelektronika; 


311 
- axborot va aloqa vositalari; 
- molekulyar va biotexnologik materiallar; 
- sanoat va maishiy radioelektronika va boshqalar.
Erkin iqtisodiy hudud tashkil etish maqsadida Mamuriy Qo„mita zaruriy 
moliyaviy resurslarni jamlash, infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirish uchun – 
notijorat rivojlanlanish jamg„armasi tashkil etildi. 
Shunday qilib, rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarda mavjud va EIHlar 
faoliyatining salbiy va ijobiy tomonlari to„g„risida to„liq tushuncha beradigan 
natijalarni bahosi bir-biriga mos emas va bu, o„z navbatida, bunday hududlarni 
yaratish arafasida turgan davlatlar qat‟iy qarorga kelishiga halaqit bermoqda. 
Iqtisodiy hududlar oldiga qo„yilgan vazifalar ko„pligidan, bunday fikrlar qarama-
qarshiligi tabiiy hol. Dunyo tajribasi ko„rsatishicha, barcha maqsadlarga erishib 
bo„lmaydi. Va buning natijasida bir necha xulosa qilish mumkin: 
EIHlar 
faoliyatini 
baholashda 
bir 
maqsadlar 
boshqa 
maqsadlardan 
yuksakroqligini e‟tiborga olish kerak, ya‟ni ularni aniq taqsimlash zarur. Bir 
vaziyatda bunday maqsad bandlik darajasini oshirishdir, ikkinchi vaziyatda – eksort 
darajasini oshirish, boshqa vaziyatda – davlat iqtisodini rivojlantirish va h.z. Yuksak 
maqsadga etish boshqa maqsadlarga ham erishish bilan bir emas; 
EIH faoliyatining ijobiy natijalarini iqtisodiy hudud va davlatning ichki iqtisodi 
orasida bosqichma-bosqich rivojlangan aloqa natijasida olish mumkin. Bu ham ichki 
bozorga, ham tashqi bozorga yo„naltirilgan hududlar uchun tegishli. Tayyor mahsulot 
qiymatida milliy komponent ulushi oshishi bilan birga, valyutada daromad olish 
asosalari paydo bo„ladi va bundan tashqari, yangi texnologiyalar, nou-xau, litsenziya 
va patentlar kelishi natijasida hamda bu hududlarda ta‟lim olgan ishchilar ko„chishi 
natijasida qayta ishlash sanoati va ichki iqtisodning ashyoviya sanoatining texnik 
darajasi oshishiga imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun qabul qiluvchi davlatning 
xo„jalik mexanizmining islohoti, uning narh, valyuta va mablag„ bilan bog„liq 
muammolarini yechimi hududiy tajribadan ajralgan holda emas, balki parallel tarzda, 
mikro va makroiqtisodiyotning yangi elementlarini qabul qilish bilan rivojlanishi shart. 
Rossiyada EIHlar Xitoy tajribasidan foydalangan holda tashkil etilgan. Rossiya 
investitsiyalar oqimini o„ziga jalb qiluvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni 
hisoblaydi:
- yirik ichki bozor;
- arzon xomashyo va energiya resurslari;
- malakali va nisbatan arzon ishchi kuchi hamda foydalanilmayotgan ilmiy 
potensial;
- olim va yuqori malakali mutaxassis kadrlarning nisbatan arzonligi;
- harbiy-sanoat kompleksining qudrati va zamonaviy potensiali.
Rossiyada EIHlarni tashkil etish siyosati o„ziga xos xususiyat va tarixga ega 
bo„lib, ularni yaratishning dastlabki bosqichida markaziy hukumatda EIHlar siyosati 
yaxshi yuritilmagan. Natijada ular “quyidan”, mahalliy hokimiyatlar tashabbusi bilan, 
katta-katta maydonlarni EIHlar, deb e‟lon qilishdan boshlandi. Ammo, 1994 yildan 
mamlakatda EIHlar siyosati shakllana boshladi. Buning xususiyatlari quyidagilardan 
iborat bo„lganligini izlanishlarimiz orqali ko„rib o„tdik. Masalan: 


312 
- yirik maydonda hudu yaratishga qt‟iy to„siq qo„yilganligi; 
- yaratilajak hudud maydonini iloji boricha davlat tomonidan qisqartirishga 
harakat qilinganligi; 
- mahalliy sharoit xususiyatlarini chuqur o„rganmasdan, xorijdagi EIHlarning 
sodda shakllarini kiritish boshlangani; 
- hududni boshqarish byurokratik tamoyillar bo„yicha olib borishga katta e‟tibor 
qaratilganligini anglash mumkin. 
Rossiyaning birinchi texnoparki 1990-yilda Tomsk davlat nazorat tizimlari va 
radioelektronika universiteti bazasida ochilgan Tomsk Fan va Texnologiya Parki deb 
ataladi. Shundan so„ng texnoparklar rivojlanishni boshladi: 90 yillarning boshlarida 
ular deyarli mamlakatning barcha universitetlarida ochildi. 1991-yilda Moskva 
elektron texnika institutida Zelenograd shahrida MIET texnoparki ochildi. 
2006-
yildan boshlab, Rossiya hukumati tomonidan 
2006-yil 10 martda
tasdiqlangan 
“Rossiya Federatsiyasining yuqori texnologiyali sohasidagi texnoparklarni yaratish” 
kompleks dasturini amalga oshirmoqda. Dastur 
Rossiya Federatsiyasi Aloqa va 
axborotlashtirish vazirligi
tomonidan muvofiqlashtiriladi. Texnologik parklarni 
qo„llab-quvvatlash maqsadida, Aloqa vazirligi “
Skolkovo 
Innovatsiya Markazi” 
(2011-yil, iyul) va 
RVC
(2011-yil, oktabr) bilan rezident-kompaniyalarning 
loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik qilish va qo„llab-quvvatlash to„g„risida 
bitim tuzdi. Bundan tashqari, 
Klasterlar va texnoparklar uyushmasi
tashkil etildi. 
Rossiyada to„rtta innovatsion zonalar mavjud. Bular Tomsk, Sankt-Peterburg, 
Moskva va Moskva viloyatining Dubna shahrida joylashgan. Innovatsion zonalarning 
ustuvor tarmoqlari: nano va biotexnologiyalar, tibbiy texnika, elektron va 
telekommunikatsiya uskunalari, Informatsion texnologiya, nozik va analitik vositalar, 
yadro fizikasi kiradi. Rossiyaning sanoat hududlaridagi ustuvor tarmoqlari: 
Avtotransport vositalari va ehtiyot qismlar, qurilish materiallar, kimyoviy moddalar 
va neft-kimyosi, uy anjomlari va chakana moslamalar kiradi.
Ammo, Rossiya Federatsiyasi texnik-tadbiq etish hududlarini yaratishda o„ziga 
xos tajribaga ega, desak mubolag„a bo„lmaydi. Chunki, ular harbiy vazifalarni 
bajarish uchun “yopiq” va “yarim yopiq” deb nomlangan ilmiy ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan shaharlar paydo bo„ldi. Ularni naukograd deb nomlashadi. Naukograd 
(ilm shaharchasi) aholi yashaydigan joy sifatida Rossiyada yirik ilmiy tadqiqot va 
ilmiy ishlab chiqarish komplekslarida mamlakatning oliy hukumat organi qarori 
asosida ilmiy-texnik yo„nalishning davlat ahamiyatidagi muhim vazifalarni hal kilish 
uchun barpo etilgan. Ular odatda bir yirik zavod yoki ilmiy-tekshirish instituti 
atrofida barpo etildi. Ular fanni oldinga surishda katta xizmat qildi. Hozirgi paytda 
Rossiyada naukogradlar soni 70 dan ortiqdir.
Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, Rossiya tajribasidan texnik-tadbiq etish 
hududlari amaliyotini o„rganish maqsadga muvofiqdir.
EIHlar tashkil etayotgan yoki yaratayotgan ko„plab mamlakatlar quyidagilarga 
erishganlar:
- birinchidan, iqtisodiy jihatdan qoloq mintaqalarni rivojlantirish;
- ikkinchidan, texnologiyalarni modernizatsiyalash;
- uchinchidan, yangi nou-xaularni, texnologiyalarni mamlakatga o„zlashtirish;


313 
- to„rtinchidan, o„z mutaxassislarini va ishchilarini mehnatning, boshqaruvning 
va sotishning yangicha usullariga o„qitish va o„rgatish;
- beshinchidan, eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun o„z xomashyo 
resurslaridan oqilona va yuqori samaradorlikda foydalanish.

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish