Эркин иқтисодий ҳудудлар



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/281
Sana28.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#587396
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Uchinchi bosqich
– 1990-yildan hozirsh vaqtgga qadar. 1990-yilda Shanxay 


270 
shahri yaqinida yangi ochiq tuman Pudun barpo etildi. Bu tuman iqtisodiy va 
huquqiy tartibiga ko„ra EIHga to„liq mos keladi. Pudun rayonini tashkil etishdan 
maqsad Shanxay shahrini modernizatsiya qilish va Yantszi daryosi havzasi 
mintaqasini rivojlantirish edi. 1990-yilda uning hududida birinchi erkin savdo 
hududi (ESH) – “Veygatsyao” tashkil etildi. Ushbu hudud eksport ishlab chiqarish 
faoliyati bilan shug„ullanadi. Bu erdagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 200 dan 
ortiq korxonaning 140 tasi to„liq xorijiy investitsiyali korxona hisoblanadi. Uning 
tashkil etilishini mamlakatning jahon iqtisodiyotiga ochilishini ta‟minlashdagi yangi 
bosqich sifatida baholash mumkin. 
1989 va 2006 yillarda mos ravishda Shanghai va Tianjin Binhai yangi zonalari 
ham tashkil etildi. 1992-yilga kelib Xitoyda 35 ta ITTH muvaffaqiyatli faoliyat 
yuritar edi. Keyinchalik, boshqa turdagi MIHlar ham butun mamlakat bo„ylab 
tarqala boshladi va bunday zonalarni tashkil etish odatiy holga aylandi. 2008-yilda 
Xitoyda 14 ta ochiq qirg„oq shaharlar, 15 ta erkin savdo hududlari, 17 ta eksportni 
rag„batlantiruvchi hududlar, 52 ITTH, 53 ta yuqori texnologiyali taraqqiyot 
hududlari va 15 ta chegaradosh iqtisodiy hamkorlik hududlari ro„yhatdan o„tkazilgan 
edi. 2013-yil oxirida Xitoyda 5 ta MIH, 210 ta ITTH, 15 ta chegaradosh iqtisodiy 
hamkorlik hududlari, 105 ta yuqori texnologiyali hududlar 13 ta erkin bojxona 
hududlari faoliyat yuritishi aniqlandi. Bundan tashqari, 2013 yil 29 sentabrda XXR 
Davlat Kengashi tomonidan Shanxay (Pudun) erkin savdo hududi (ESH)ni tashkil 
etish to„g„risida qaror qilindi. 
Bugungi kunga kelib Xitoyda 5 ta MIH, 219 ta ITTH, 16 ta chegaradosh 
iqtisodiy hamkorlik hududlari, 146 ta yuqori texnologiyali hududlar 13 ta erkin 
bojxona hududlari, 16 ta erkin savdo hududlari, 14 ta ochiq qirg„oq shaharlar, 46 ta 
eksportni rag„batlantiruvchi hududlar faoliyat ko„rsatmoqda. 
“Bundan tashqari, yuqorida ko„rsatilgan davlat darajasidagi EIHlardan tashqari 
provinsiya (viloyat)lar va shaharlar darajasigagi ko„pgina hududlar faoliyat 
ko„rsatadi. 2003-yilga qadar Xitoyda 38,6 ming km
2
hududiy maydonni egallovchi 
6866 ta turli EIHlar mavjud edi”
74

MIZlar to„g„risida haligacha yagona me‟yoriy hujjat yo„q bo„lib, ularning 
tashkil etilishi, tugatilishi va faoliyati bilan bog„liq munosabatlar 1982-yilda qabul 
qilingan XXR Konstitutsiyasi bilan tartibga solinadi. Uning 18-moddasi 2-bandiga 
ko„ra, “XXR barcha xorijiy korxonalar, tashkilotlar va xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi qo„shma korxonalarga investitsiya kiritishga ruxsat beradi hamda 
ularning huquq va manfaatlari qonun bilan himoyalanadi”. 
Uchinchi bosqichda Xitoy hukumati eksport ishlab chiqarishga qaratilgan 
investitsiya siyosatiga e‟tibor berishni saqlagan holda yuqori va yangi texnologiya 
loyihalariga ko„proq e‟tibor berib kelmoqda. Aynan shu loyihalar aloxida soliq va 
boshqa imtiyozlarga ega hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda past malakali ishchi kuchi 
ishlatiladigan 
qayta 
ishlash 
sanoatiga 
bo„lgan 
munosabatda 
cheklovlar 
qo„llanilmoqda. Bu bosqichda oldin tashkil qilingan va tashkil etilayotgan EIHlar, 
DOShlar, ITRHlar va boshqa iqtisodiy ochiq tumanlar rivojlanib kelmoqda.
74
Мотовиц Т.Г., Мотовиц Р.В. Свободные экономические зоны: ствновление и развитие. Монография. – 
Забаровск: Издательство ТОГУ, 2017. – С. 35. 


271 
Davlatning mamlakat iqtisodiyotidagi ochiqligi asosan, “ochiq belbog„lar”ni 
tashkil etish siyosatida aks etadi. Sharqiy dengiz bo„yi tumanlar – Lyaonin, Xebey, 
Shandun, Tszyansu, Chjenzyan, Futszyan, Guandun, Guansi-Chjuan avtonom 
tumanlarda, Pekin, Shanxay va Tyantszinni o„z ichiga olgan sharqiy ochiqlik belbog„i 
vujudga keldi. Uning aholisi 200 mln. kishini tashkil etib, umumiy er maydoni 320 
ming km
2
ni tashkil etadi. Bu tumanlar o„zining qulay geografik o„rni va ortiqcha 
ishchi kuchlari bilan ajralib turadi. 
Xitoyning “Sharqiy ochiqlik belbog„i” turli darajadagi va ko„rinishdagi EIHlarni 
o„z ichiga oladi. Bu esa xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoit yaratadi. 1992 
yildan boshlab Xitoy «shimol ochiqlik belbog„i”ni tashkil qilishga kirishgan edi. Buni 
biz Rossiya va Mongoliya bilan chegaradosh shimoli-sharqiy mintaqada EIHlar 
tartibini joriy etilishida ko„ramiz. Bu erda Xayxe, Suyfinxe (Xeyluntszyan 
provinsiyasi), Xuanchuan (Tszimen provinsiyasi), Menchjouli (ichki Mongoliya 
avtonom tumani) shaharlarida DOShlarga o„xshash tartib o„rnatilgan. 
Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan chegaradosh bo„lgan hududlarida 
Inin, Gachen, Guanchjou, Sichuan, Shansi, Guansi, Tsinxay, Janubi-Sharqiy Osiyo 
bilan chegaradosh bo„lgan hududlarida Nannin, Pinsyan, Dunsin (Guansi-Chjuan 
avtonom tumani), Kunmin, Xekou, Vannin (Yunnan provinsiyasi) “ochiqlik 
belbog„lari” barpo etilmoqda. Shu tarzda mamlakat iqtisodiy ochilmoqda. 
Xitoy davlatining mazkur siyosati bugungi kunda 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish