Direktor T.Ortiqov
Ijrochi:D.Majlimova
Tel:99-6141690
shuni ma’lum qiladiki, “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash boʻyicha aniq hisob-kitoblarni yer toifasini o’zgartirish kiritilib, 5-bandiga asosan esa Viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi (N.Rajabov) viloyat kommunal boshqarmalari bilan birga bir oy muddatda “Parkent-farm” maxsus iqtisodiy zonasini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash boʻyicha aniq hisob-kitoblarni viloyat hokimligiga kiritish topshrig’i berilgan edi.
hamda ushbu qarorni ijrosini tashkil etish bo’yicha Viloyat Hokimining qarori belgilab o’tilgan. olgan holda “Parkent-farm” EIZ direktsiyasi DUK rahbariyati Sizdan EIZning amaldagi Bosh rejasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilishida amaliy yordam berishingizni so’raydi.
Hurmatli, Shoxrux Shorahimovich!
Sizga ma`lumki O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 maydagi PF-5032 sonli Farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida Toshkent viloyati Parkent tumanida “Parkent-Farm” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgan (keying o’rinlarda EIZ deb yuritiladi) hamda, EIZga 25,0 gektar yer maydoni, shundan 17,7 gektar maydoni ishlab chiqarish maydonlari (investorlar) uchun, 7,3 gektari EIZ infratuzulmasi uchun ajratilgan bo`lib, bugungi kunda “Parkent-Farm” EIZ ning 13,68 gektar yer maydonida 7 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
“Parkent-Farm” erkin iqtisodiy zonasi direktsiyasi DUK rahbariyati Sizdan, EIZ uchun ajratilgan 25,0 gektar maydonining tasdiqlangan bosh rejasida ko`rsatilgan “Parkent-Farm” EIZ hududining chegaralari amalda egallab turgan hudud chegaralaridan katta farq qilayotganligi sababli, “Parkent-Farm” EIZ hududi chegaralariga aniqlik kiritilishida amaliy yordam berishingizni so`raydi.
Toshkent viloyati
Maxsus iqtisodiy zonalar
va kichik sanoat zonalari
Ma’muriy Kengashiga
Sizga ma’lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 maydagi PF-5032 sonli farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zona hududida “Magnit grand farm” MCHJ tomonidan “Onkologiya sohasida zarur bo`lgan dori vositalarini ishlab chiqarish”ni tashlik etish loyihasi Toshkent viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Ma`muriy Kengashining 2018 yil 13 maydagi 11- sonli majlis bayoniga asosan ma`qullangan edi.
Hozirgi kunda, “Magnit grand farm” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasi ishga tushish muddatidan ancha ortda qolayotganligi, “Parkent-farm” EIZ va Investor o`rtasida tuzilgan investitsiyalash to`g`risidagi Bitimda (keyingi o`rinlarda Bitim deb yuritiladi) belgilangan shartlar to`liq bajarilmayotganligi (Bitimning 7.1-7.1.3-7.1.5-7.1.6-7.1.7-7.2.2.-7.2.3. bandlari) natijasida loyihaning o`z vaqtida ishga tushirilmasligi va faoliyat yuritmasligi ehtimollari yuqoriligi, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining 2020 yil 17 fevraldagi 604-sonli Qonunining 8-bob, 31,32-moddalari, Yer to`g`risidagi kodeksning 34,36-moddalariga asosan samarali foydalanilmayotgan yer maydonlarini maqbullashtirish yoki investor tomonidan jadal ishlar olib borilmagan taqdirda Direktsiya tomonidan Ma`muriy Kengashga investitsya loyihasini istiqbolli loyihalar ro`yhatidan chiqarish bo`yicha taqdimnoma kiritishga sabab bo`lishi mumkinligi haqida “Parkent-farm” EIZ tomonidan bir necha bor ogohlantirishlarga qaramay, “Magnit grand farm” MCHJ tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirishga to’siq bo’layotgangan muammolar haqida hanuzgacha ma’lum qilmaganligi (javob xatlari berilmagan), investitsiya loyihasini to’liq va sifatli amalga oshirilishiga be’etibor bo’layotganligi, jamiyat hududida qurilish ishlari to’xtab qolganligi, qurilish ishlarini jadallashtirish bo’yicha sezilarli ishlar olib borilmayotganligi, investitsiya loyihasini kechikib amalga oshirilayotganligi, Bitim shartlari bajarilmayotganligi sababli “Parkent-farm” EIZ rahbariyati Toshkent viloyati Maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Ma’muriy Kengashidan jamiyat tomonidan samarasiz foydalanilayotgan yer maydonini direktsiya balansiga qaytarishilishi bo’yicha Ma’muriy Kengashning navbatdagi yig’ilishida Ma’muriy Kengash a’zolari hamda loyiha tashabbuskori ishtirokida qayta ko’rib chiqilishida amaliy yordam berishingizni so’raydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |