155
emasligini ko`rsatadi.U hecham o`rgatilgan itdek halqadan sakrab yurmaydi. Va hech
qachon boshqalarning fikriga qarab o`zi haqida hulosa chiqarmaydi.
Bunga yorqin misol men yaponiyalik dugonam Masai. U bir yildan beri shtatlarda
yashaydi , va haligacha yapon aksentida gapiradi. Shunga qaramay unda men yuqorida
ta`kidlagan yumshoqlik va kuch yig`indisi mavjud.
Masai amerikalik Stiven bilan uchrasha boshladi. Uni tug`ilgan kuniga dugonam haqiqiy
yaponcha bayram uyishtirishni istadi. U miso sho`rvasi, sushi va bir
nechta issiq ovqat
tayorladi. Stivnni bor yoq aytgan gapi sousni juda sho`rligi bo`ldi. “Kelasi safar yashil
qopqogligidan olgin unda tuz kam bo`ladi” dedi
Massai hayratlandi ammo o`zini bosdi.O`zini cheklangan so`z bo`yligini ishlatib : “men
senga ovqat tayorladim.Yoqmayaptimi? Men senga boshqa tayyorlamayman”dedi. Shu
shu Stiven uni tanqid qilmay faqat maqtaydigan bo`ldi. Eleonora Ruzvelt aytganidek:
“Hech kim sizni hafa qilolmaydi, toki bunga o`zingiz ruhsat bermaguningizcha”
Pozitiv odam yahshi narsalar haqida gapiradi ayniqsa suhbatdosh bunga muhtoj
bo`lsa.Bunday odam bilan suhbatlashib kuch olgandek bo`lasiz.Ajoyib inson bilan
uchrashib o`zingizni ajoiyb ekaningizga ishona boshlaysiz.U sizni bunga ishonishga
majbur etadi.Sizga aynan shunday munosabatlar kerak. Shunday munosabatlarnigina
qo`llab quvvatlasa arziydi.
Qanchalik mustaqil fikrlashga o`rgansangiz , shunchalik erkaklarni maftun qilasiz. Siz
go`yoki erkaklarni sehrlaysiz. Uygo`nasiz-u o`zingizni bahtiyor sezasiz.
Sizni hayotiy
quvvatingiz borgan sari oshib boradi.
Ommaviy ahborot vositalari hayotga bo`lgan bunday munosabatni targ`ib
qilmaydi.Ular zo`r berib begonalarning fikrini sizga o`tkazadi. “Shuni kiying chunki u
so`nggi rusumda” boshqa kanalga olamiz “siz aynan shunday ko`rinishingiz kerak”
yana boshqasiga o`tamiz. “Buni sotib oling va atrofda hamma sizni sevib qoladi”
boshqa kanalga oling. “Bu organik soch bo`yig`I hammani sizga maftun etadi”
O`ziga ishongan ayol aslidek bo`lishdan qo`rqmaydi. U birovlarni fikriga e`tibor
qilmaydi. U qanday hohlasa shunday kiyinadi. Uni o`z uslubi,o`z jozibasi, o`z rusumi
bor.Erkak har qadamda uchrayvermaydigan nimanidir hohlaydi. Gap sariq yoki qora
sochda ketmayapti. U mustaqil fikrlay oladigan, shunday noyob ayolni istaydi.
156
Erkaklar aksariyat ayollar bilan munosabatga kirishganda o`zlarini haqiqiy hayvon
o`rgatuvchidek his etishadi: “Uyoqqa sakra…orqa panjangda tur…buyoqqa sakra”. U
o`z hayoti bilan yashaydigan mustaqil ayolni uchratganda hammasi tubdan o`zgaradi.
Erkaklar unga ho`jayinlik qilisha olmaydi, balki uni qoidalarini qabul qilishga to`g`ri
keladi.Bu esa ularda qiziqish uyg`otadi.
Yomon qiz hech kimga o`hshamaslikdan qo`rqmaydi.Mana nega u hammadan ajralib
turadi.Erkak hamma rejalari barbod bo`lgani uchungina unga yarim kechasi qo`ng`iroq
qilmaydi.U o`ziga yoqmagan ish bilan shug`ullanmaydi.U yoshiga yarasha ko`rinishdan
qo`rqmaydi.Har qanday yoshda ham u o`zini haqiqiy tuhfa deb biladi.
U qarishga qarshi
reklamalarni eshitmaydi. U o`zini ortiq o`smir qiz emasligidan ezilmaydi.Oilalimi,
yolg`izmi, ajrashganmi u hayot bilan uyg`unlikda yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: