Ayol qanchalik go`zal bo`lmasin, faqatgina ko`rinishi bilan erkak hurmatiga sazovor
bo`la olmaydi. Tashqi ko`rinish maftun qiladi, ammo ayol mustaqiligigina erkak
yuragiga o`t soladi.
130
Qadr qimmat va g`urur sizni tortmadan yoki kissadan pul olishingizdan iborat emas. U
sizga kredit kartochkani berib qo`yishi haqida ham gap ketmayapti. Qanchalik ozligiga
qaramay sizni o`z daromad manbaingiz bo`lsa, bu pullar sizga quyidagi imkoniyatlarni
beradi:
1.O`z qoidalariga ko`ra yashash
2.Boshqalarning buyrug`I bilan emas , o`zi hohlagandek harakat qilish
3. Sizga qanday munosabatda bo`lishlarini hohlashingizni o`zingiz belgilash.
4.Nimaga toqat qilish-u, nimaga toqat qila olmasligingizni tanlash
5. Agar Istaganini olmasa ketish.
Yomon qiz bularning barini hamma narsadan ustun qo`yadi. Har qanday yo`l bilan u o`z
kuchini asrab qoladi. Henri Kissenjer aytganidek “Kuch - buyuk ehtiros qo`zg`atuvchi”
Pullar va boshqa hech narsa.
Tadqiqotim mobaynida erkaklar uchrashuvda qancha pul sarflashlari haqida o`ylab
o`tirmasliklarini aniqlab hayron qoldim. Ularni e`tiborini qaratadigan narsa ayol
erkakka pull to`lash huquqini berayptimi yoki uni burchi deb hisoblayaptimi.
Agar erkakdan qandaydir majburiyatini bajarishini kutayotgan bo`lsangiz, u o`z sayi
harakatini qadrlanmaganidek his etadi. Agar u to`lasa, shunday qilinki siz bunga
e`tibor berganingizni va uni bu harakatini qadrlashingizni tushunsin.
Ayollar tomonidan minnatdorchilikning yo`qligi va komili ishonch bilan uni to`lashga
majbur deb hisoblashlari g`azabni qo`zg`atishini erkaklar bot bot ta`kidlashdi. Shunday
ayollar ham borki erning tug`ilgan kuniga restoranga borib va jimgina o`zi to`lashini
kutib turishadi. Ko`pchilik erkaklar tug`ilgan kunlarida va boshqa bayramlarida
ayollarini hamma narsaga o`ziga pul to`latganlarini alam bilan hikoya qilib berishdi.
Bir ayol esa erni tug`ilgan kuniga anchagina mehmon aytib va tug`ilgan kun egasini
hisobni to`lashini kutdi. Ofitsiant hisobni olib keldi mehmonlar karmoniga qo`l
uzatganda ayol hammani to`htatib “yo`q kerak emas, Mark hamma uchun to`laydi”
dedi. (Bu gap Markni juda hursand qildi deb bo`lmaydi).Bu erni yerga urish edi.
Gullar va sovg`alar bilan ham huddi shunday bo`ladi. Sovg`alardan quvonasizmi?
Minnatdorchilik bildirasizmi? Yoki ming`irlabqilib rahmat aytib gullarni suvli bankaga
131
tiqasizmi? Agar yoringiz supermarketda arzon biroz uringan gul olib kelgan bo`lsa,
burningizni jiyirmang. Kulib minatdorchilik bildirib uni suvga solib qoying.
Agar u sizga biror narsa sovg`a qilsa, do`konga qaytib borib boshqa tuzukroq narsaga
almashtirib kelishini buyurmang. Bordiyu shunday qilsangiz siz ortiq etibor kutib
yurmang.Agar qo`lingizdan kelsa uni boshqa o`hshashiga almashtiring va yoringizga
o`sha o`zi sovg`a qilgani ekaniga ishontiring.
Agar yoringiz sizga qimmatbaho taqinchoq sovg`a qilishini istasangiz uni bu fikrga
bosqichma bosqich va kishi bilmas qilib olib boring. Agar sizda sobiq eringiz yoki
qaylig`ingiz sovg`a qilgan tilla taqinchoq bor bo`lsa uni hozirgisiga aytib yurmang.
Minnatdorchilik erkaklar uchun juda muhim. Hatto meni bir tanishim o`zi
uchrashadigan qiziga sovg`a berganida uni minnatdorligini his qilmagani uchun u bilan
uchrashishni to`htatgan. Jon o`zi uchrashadigan qizi Keytni uyidaligida, qiz undan
televizorni boshqa honaga olib chiqib berishini so`radi. Bu televizor Keyt uchun juda
qadrli edi chunki uni marhum otasi sovga qilgandi. Shunda Jon behosdan televezorni
tushirib yubordi va u sindi. Mana keyin nima bo`ldi. : “Men o`zimni judayam yomon his
qildim. Shuning uchun ham darrov do`konga borib ikki yarim ming dollarga sterio
ovozli ajoyib televizor va ko`ngilochar markaz sotib oldim. Bir haftadan keyin
do`stlarimiz mehmonga kelishdi va : “ Wow, buncha zo`r televizor!” deyishdi , shunda
Keyt zaharhanda qilib : “Shunchaki Jon meni eski televizorimni sindirdi” dedi. Men
o`tirgan joyimdan yiqilb ketay dedim.”
Shu kuniyoq Jon Keytnikidan ketdi va u bilan boshqa hecham ko`rishmadi.
Erkaklar o`z hisiyotlarini ifodalashga o`rganishmagan, shuning uchun ham ayollar ularni
ketkazgan puliga achinmaydi yoki osongina pul topadi deb o`ylashadi. Agar erkak sizga
biror narsa sovg` qilsa siz albatta unga hurmat bilan minnatdorchilik bildiring. Agar
sizga yahshi munosabatda bo`lishlarini istasangiz, unda har yo`l bilan erkakni
rag`batlantiring. Agar u sahiylik va bag`rikenglik ko`rsatsa, shunday qilingki u siz uchun
alohida va ahamiyatli inson ekanini anglasin. Yo`qsa yana shunday qilishga unda na
hohish va na rag`bat bo`ladi.
Vinni tabiatan sahiy inson, u Shonna ismli ayol haqida gapirib berdi. Ular qimmat
restoranlarga borishganda Shonna har doim lobster buyurardi. Vinni : “Uni lobster
buyurishiga qarshiligim yo`q, ammo u hecham ularni yemasdi. Shonna ovqatni vilka
132
bilan kavlab,keyin menga aytardi : “Bilasanmi men mutlaqo och emasman” Bu menga
hecham yoqmasdi”
Bu ayol o`zini shunday tutdiki go`yo erkaklar unga qarzdor. U avtomatik ravishda
erkaklardan sahiylik va yahshilik kutadi va evaziga hecham minnatdorchilik
bildirmaydi. Ko`pchilik erkaklarga ta`minotchi deb qarashlari yoqadi, qachonki ularning
bergan narsalari qadrlansa.
Agar erkak sizga eshik ochib bersa minnatdorchilik bildirish esdan chiqmasin. Siz uni
jentelmenligiga qoyil qolishingiz bilan munosib taqdirlagan bo`lasiz. Shu yo`sinda uni
siz uchun yoqimli bo`ladigan hatti harakatga undaysiz.
Pullar erkakning maqsadi qanday ekanini aniq aytib beradi. Meni dugonam Karla
uchrashuvda mutlaqo unga pul to`lash niyati bo`lmagan bir yigit bilan uchrashdi. U har
doim nega to`lay olmasligini tushuntirardi. Qachon biror joyga borishsa har kim o`ziga
to`lardi. Yigit buni adolatdan ekanini va hamisha shunday bo`lishi kerakligini ta`kidlardi.
Bir kun Karla shu yigit bilan barga bordi u yerda yigitni do`stlari bor edi. Uni hayratda
qoldirib yigit hamma uchun o`zi to`lashini aytdi. Yigirma daqiqa ichida hammani ikki
hissadan ichimlik bilan siyladi, sakson dollar harj qildi. Vaholangki u shu tong
nonushtada Karladan omlet uchun yeti dollar talab qilgandi.
Karla shu zahotiyoq uni qanday munosabatda ekanini tushundi va qayta uchrashmay
qo`ydi. Agar yigit birinchi uchrashuvdayoq qizga o`zi uchun o`zi to`lashi kerakligni
ko`rsatib qo`ysa,bu uni shu qiz bilan munosabatini mutlaqo qadrlamasligini ko`rsatadi.
Ayni vaqtda ayrim ayollar erkaklarni ular uchun to`lashi va eshik ochib berishini
istashmaydi. Ularni “sotib olishlarni” hohlashmaydi. “Yomon qizlarda” bunday
muammo yo`q. Agar erkak kishi unga berishni istasa, u qabul qilishni o`ziga ruhsat
beradi. Erkakdan hech qanday sovg`a yoki kechki ovqatni qabul qilishga o`ziga ruhsat
bermagan yahshi qiz o`zini uni oldida qarzdor deb his etishdan qo`rqadi. Yahshi qizga
bunday komplekslar notanish. U odob bilan minnatdorchilik bildiradi, va bir daqiqiaym
o`zini qarzdor deb his etmaydi. Va to`langan kechki ovqat uni o`z prinsiplaridan voz
kechishga yoki hohishiga qarshi borishga majbur eta olmaydi.
Agar siz talaba yoki kam ta`minlangan odam bilan uchrashayotgan bo`lsangiz va u sizni
ko`nglingizni olmoqchi bo`lsa, u sizga qimmat bo`lmagan nimanidir taklif etadi. Hech
qancha turmaydigan ko`ngilhushliklarni hamisha topish mumkin. U arzon sharob sotib
olib parkda piknika sizni taklif etishi mumkin. Birga kinoga borishingiz yoki
133
do`stlarinikidagi kechalarga taklif qilishi mumkin. Agar yigit sizni deb esdan og`ayotgan
bo`lsa, u hecham kechlikka o`zingiz to`lashingiz yoki chiqimlarni ikkiga bo`lishingizga
ruhsat etmaydi.
Meni tanishim Syuzen Jorj bilan birga yashaydi.Ularni ikkoviyam shifokor.Syuzen
endigina universitetni tugatgani uchun uning maoshi oddiy hamshiranikidan ham
kam.Jorj esa aksincha allaqachon o`z mavqeini tiklab olgan va daromadi juda yahshi.
Ular birgalikda haqqi deyarli to`lab bo`lingan shahsiy uyda yashashadi. Shunga
qaramay Jorj qizga har oyda ijara haqqi sifatida yahshiina pul to`lashini talb etadi. Ular
hamma harajatlarni teng ikkiga bo`lishadi, elektrga, gazga, suvga va oziq ovqatga. Bitta
narsagagina butunlay Syuzeni o`zi to`laydi bu mushukni ozuqasi. Ahir mushuk
Syuzenga tegishlida.
Maftunkorlik omili 84
Do'stlaringiz bilan baham: |