Asardan parchalar. - Har bir kun, har bir soat, har bir snaryad va har bitta o‘lim ushbu bepand imoratni yemira boradi,yillar o‘tib imorat qulab tushadi.Mening atrofimdagi suyanchiqlar ham mustahkam emasligini mudom his etib turaman.
- Hammamiz g‘alati rishtalar bilan bog‘langan og‘a-inilarimiz.Bu rishtalar xalq qo‘shiqlarida kuylangan do‘stlikni,mahbuslarning birdamligini, hukm etilganlarining bir jon-u bir tanligini eslatadi.Bizni o‘zimiz yashab turgan hayot,doimiy xafv-xatar va yurak yutib o‘lim daqiqalarini kutishdan iborat o‘ziga xos hayot tarzi jipslashtirgan.
- Qo‘limiz - tuproq,vujudimiz- loy, ko‘zlarimiz- halqob. O‘likmizmi, tirikmizmi - bilmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |