Eritrotsitlar. Eritrotsitlar miqdorini aniqlash
Eritrotsitlar (yunon. erythros— qizil, cytus— hujayra) qizil qon tanachalari: qonning shaklli elementlari: tarkibidagi gemoglobin qonga qizil tus beradi. Eritrotsit, asosan, organizm bilan atrof- muhit o‘rtasidagi gazlar almashinuvini, ya’ni nafas olishni ta’min- laydi. Kislorodni o‘pkadan organizmning barcha to‘qimalariga yetkazib beradi. Eritrotsit qonning boshqa funksiyalarida ham ishtirok etadi. Odam eritrotsitining diametri 7—8 mm, qalinligi 2—2,5 mm, ikki tomon botiq, yumaloq, yadrosiz hujayralardir.
Ko‘mikning miyeloid to‘qimalarida eritrotsit ishlanadi. Sog‘lom odamning 1 mlk qonida 4—5 mln eritrotsit bor. Erkaklar qonining mlk.da 4,5—5 mln, ayollar qonining 1 mlk.da esa 4—4,5 mln eritrotsitlar bo‘ladi (4,5^1012—5,0*1012/l - 4^1012—4,5^1012/l). Eritrotsit miqdori hamisha bir xil turmaydi, ba’zi fiziologik sharoit- larda, jismoniy ish vaqtida, baland joylarga chiqilganda hamda ba’zi bir kasalliklarda ular miqdori o‘zgaradi. Eritrotsitlar miqdori- ning ortib ketishi polisitemiya, kamayib ketishi esa eritropeniya deb ataladi.
Eritrotsitlar miqdorini sanash uchun — melanjer (aralash- tirgich)lar va to‘rida mikroskop orqali shaklli elementlar sanaladi- gan kamera bo‘lishi kerak. Eritrotsitlar sanash uchun qonni suyul- tiruvchi suyuqlik bilan aralashtirishda qo‘llaniladigan melanjer qalin devorli shisha nay bo‘lib, kapillar teshikka ega va uning yuqori qismi ichida munchoq bo‘lgan noksimon kengaygan joy bor.
Qonni olishda melanjerning yuqori qismiga shisha mushtukli rezina nay o‘rnatiladi va bu mushtuk orqali melanjerga qon yoki suyultiruvchi suyuqlik og‘iz bilan olinadi. Eritrotsitlarni sanashda qo‘llaniladigan melanjerda noksimon kengaygan joy kapillar hajmiga qaraganda 100 marta katta. Melanjer uchi bilan noksimon kengaygan joy orasidagi masofa 10 darajaga bo‘lingan. Melanjer ustidan 5 daraja o‘tgach 0,5 raqami, o‘ninchi darajada, ya’ni noksimon kengaygan joy asosiga 1 raqami, melanjerning yuqori uchiga 101 raqami yozilgan.
Agar qonni 1 belgisigacha, suyultiruvchi suyuqlikni esa 101 bel- gisigacha olinsa, qon 100 marta suyulgan bo‘ladi. Agar qon 0,5 belgisigacha va suyultiruvchi suyuqlik 101 belgisigacha olinsa, qon 200 marta suyuladi. Eritrotsitlar sanash kameralarida hisoblab chiqiladi, bu kameralar o‘rtasi chuqurroq qilib ishlangan qalin shishadan iborat, bu chuqurlik tubiga to‘r chizilgan eritrotsitlarni sanashdan oldin chuqurlik shliflangan oyna bilan zich qilib berkitiladi: bunda kameradagi chuqurlik 0,1 mm.ga teng bo‘ladi.
Kamerani zich berkitish uchun shliflangan oynani uning ustiga qo‘yish va qo‘lning bosh barmog‘i bilan uning yon yuzasiga kamalak yoylari paydo bo‘lguncha bosish kerak. Tom—Seyss va Byurker kameralari mavjud. Hozirgi vaqtda Byurker kamerasidan keng foydalaniladi. Kamera tubiga chizilgan to‘r turli sistemada: Tom, Tyurk, Byurker, Predtechenskiy, Goryayev sistemalarida bo‘ladi. Biroq, Goryayev to‘ri ishlash uchun eng qulay hisoblanib, boshqa- larga qaraganda sanash kameralariga ko‘proq chiziladi. Barcha to‘rlarning tuzilish prinsipi bir xildir.
To‘r katta kvadratlardan iborat: ularning har biri 16 mayda kva- dratlarga bo‘lingan. Kichik kvadrat tomonlarining uzunligi 1/20 mm.ga teng: demak, har bir kichik kvadrat sathi 1/20-1/20=1/400 mm2.ga teng. Chunki kamera chuqurligi 1/10 mm.ga teng bo‘lgani uchun har bir kichik kvadrat hajmi 400 • mm3.ga barobar bo‘ladi.
Goryayev to‘ri kvadratlar to‘rttadan guruhlangani bilan farq qiladi. Har tomondan ular to‘rtta chiziq bilan chegaralangan bo‘lib, ularning kesishadigan yerida har bin 16 mayda kvadratga bo‘lingan katta kvadratlar hosil bo‘ladi. Xatoga kam yo‘l qo‘yilishi uchun eritrotsitlar 80 ta kichik kvadratda yoki 100 katta kvadratda sanaladi. Fiziologik eritma yoki natriy xloridning 3 % li eritmasi eritrotsitlar uchun suyultiruvchi eritma sifatida qo‘llaniladi.
Eritrotsitlarni sanash uchun Frank ignasi bilan teshilgan barmoqdan melanjerning 0,5 belgisigacha qon va 101 belgisigacha suyultiruvchi eritma olinadi: bunda qon 200 marta suyuladi. So‘ng melanjerning har ikki uchi barmoq orasiga qisilib, 3—5 minut davomida chayqatiladi. Melanjerning noksimon kengaygan joyidagi munchoq yordamida qon yaxshi aralashadi. Shundan so‘ng kamera eritrotsitlarni sanash uchun tayyorlanadi. Butunlay quruq kamera shliflangan qoplama oyna bilan berkitiladi va kamalak yoylari (Nyuton halqalari) paydo bo‘lguncha barmoq bilan ishqalanadi, so‘ng kamera melanjerda suyultirilgan qon bilan to‘ldiriladi.
Kamerani to‘ldirishda avval kameraning noksimon kengaygan joyidagi suyuqlik bilan to‘lishi uchun melanjerdan 2—3 tomchi suyuqlik tushirib yuboriladi, chunki melanjerning kapillar qismida suyultiruvchi eritma olingandan keyin qonning shaklli elementlari deyarli bo‘lmaydi. Kamera melanjerda suyultirilgan qon tomchisini qoplama oyna chetiga tekkizish yo‘li bilan to‘ldiriladi. To‘ldirilgan kamera mikroskopning buyum stolchasiga qo‘yiladi va kichik kattalashtirish ostida uning to‘ri topiladi: so‘ng shu ko‘rish may- donining o‘zi yanada kattalashtiriladi va bunda to‘r va eritrotsitlar yaxshi ko‘rinib turadi.
So‘ng sanash ishi boshlanadi. Odatda, eritrotsitlar 8 ta mayda (5 ta katta) kvadratda sanaladi. Bir hujayrani ikki marta sanamaslik uchun mayda kvadratlar ichida joylashgan barcha eritrotsitlarni ham sanash qabul qilingan.
Agar ba’zi eritrotsitlar ikki kvadrat o‘rtasidagi chiziq ustida yotgan bo‘lsa, ulardan faqat kvadratning yuqori o‘ng yoki pastki chap chegarasida yotganlari sanaladi. Shu qoidaga rioya qilinsa, odatda, eritrotsitlar ikki marta sanalmaydi.
Eritrotsitlar miqdori quyidagicha sanaladi: aytaylik, 80 ta mayda kvadratda 480 ta eritrotsit topildi. Bir kichik kvadratning hajmi 1/4000 mm3.ga teng ekanligi bizga ma’lum. Demak, mazkur suyultirilgan qonning 1 mm3.da qancha eritrotsit borligini aniqlash uchun 480 ni 80 ga bo‘lish va 4000 ga ko‘paytirish kerak. Sanashdan avval qon 200 marta suyultirilgan edi. Demak, 1 mm3 suyulti- rilmagan qonda qancha eritrotsit borligini bilish uchun topilgan sonni suyultirish darajasi, ya’ni 200 ga ko‘paytirish lozim. Eritrotsit hamma vaqt qon 200 marta suyultirilgani har bir kichik kvadrat 1/4000 mm3.ga teng bo‘lgani va 80 kichik kvadrat sanalgani uchun hisoblashda bu doimiy sonlar qisqartiriladi va 10000 soni olinadi (4000-200=800000:80=10000). Shuni hisobga olib, 1 mm3 qondagi eritrotsitlar miqdorini tez topish uchun, odatda, laboratoriyalarda 80 kichik kvadratda topilgan eritrotsitlar soniga 4 ta nol qo‘shiladi. Bizning misolda u 4800000 ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |