Kislorod ftorli birikmasi OF2 da +2, vodorod peroksid H2O2 da −1 bo‘ladi. Qolgan barcha birikmalarda −2 oksidlanish darajasida bo‘ladi. Kislorod ikkinchi davr elementi, uning tashqi energetik qavatida d-orbitallar mavjud emas. Shuning uchun u +4, +6 oksidlanish darajalarini namoyon qila olmaydi.
Oltingugurt, selen va tellurning tashqi energetik pog‘onasida bo‘sh holdagi d-orbitallar mavjud. Tashqi qobiqdagi juftlashgan p- va s-elektronlar bittadan d-orbitallarga ko‘chib o‘tishi mumkin. S, Se, Te elektron qabul qilib −2 va elektron berib +4, +6 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
OLTINGUGURT . Oltingugurt tabiatda erkin holatda ham, birikmalar ko‘rinishida ham uchraydi. O‘zbekistonda oltingugurtning tabiiy manbalari mavjud.Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab turgan tabiiy gaz va gaz kondensatlarini qayta ishlash korxonalarida oltingugurt va oltingugurt birikmalarini olish yo‘lga qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |