Eritmalar termodinamikasi bo’yicha matrisalar


Parsial-molyar kattaliklar. Gibbs-Dyugem tenglamasi



Download 232,5 Kb.
bet2/7
Sana20.07.2022
Hajmi232,5 Kb.
#830306
1   2   3   4   5   6   7
Parsial-molyar kattaliklar. Gibbs-Dyugem tenglamasi.
Boshqa sistemalar kabi eritmalarning xossalari ham intensiv va ekstensiv xossalarga bo‘linadi. Agar eritmadagi barcha komponentlarning massalari doimiy bosim va temperaturada n marta orttirilsa, eritmaning intensiv xossalari (konsentratsiya, zichlik, qovushoqlik) o‘zgarmaydi, ekstensiv xossalari (hajmi, issiqlik sig‘imi, ichki energiya, entalpiya) esa n marta ortadi. Agar sistema bitta komponentdan iborat bo‘lsa, ya’ni individual modda bo‘lsa, uning holati massaga bog‘liq bo‘lmagan ekstensiv xossalarning molyar kattaliklari bilan xarakterlanadi. Agar sistema ikki va undan ortiq komponentlardan tashkil topgan bo‘lsa, har bir komponentning ekstensiv xossalarni molyar kattaliklari barcha komponentlarning massasiga, ya’ni eritma tarkibiga bog‘liq. SHuning uchun ko‘p komponentli sistemalar holatini xarakterlash uchun parsial molyar kattaliklar qo‘llaniladi. Ularning ma’nosini tushunish uchun quyidagi misoldan tushunib olishimiz mumkin: eritma n1, n2 va n3 mol miqdordagi komponentlardan iborat bo‘lsin (komponentlarning umumiy soni i ga teng). Agar ushbu eritmaga doimiy temperatura va bosimda 1 mol birinchi komponent qo‘shilsa, z ekstensiv xossasi marta ortadi. -biror ekstensiv xossaning parsial molyar kattaligi (z = G, A, H, U, V va boshq.).
Juda ko‘p miqdordagi eritmaga biror komponentdan 1 mol qo‘shilganda tarkib doimiy hisoblanadi.
Ko‘rinib turibdiki, biror i -komponentning ekstensiv xossalarini parsial molyar kattaligi-tashqi omillar va boshqa barcha komponentlar miqdori doimiy bo‘lganda, i-komponentning miqdori 1 molga orttirilganda butun sistemaning ekstensiv xossalarini o‘zgarishidir. Masalan, i-komponentning parsial molyar kattaligi sifatida quyidagilar bo‘ilishi mumkin:
, , (3) va boshqalar.
Faraz qilamizki, katta massali sistemaga har komponentdan cheksiz kichik dn1, dn2, dn3 miqdorda qo‘shildi. Bunday sharoitda ekstensiv xossalarning, masalan, ning parsial molyar kattaligi doimiy bo‘ladi, lekin sistemaning umumiy xossalari o‘zgaradi. SHuning uchun
(4)
Ushbu tenglama integrallansa Gibbs-Dyugem tenglamasi kelib chiqadi.
yoki (5)
Parsial molyar Gibbs yoki Gelmgols erkin energiyasining qiymati bir vaqtning o‘zida kimyoviy potensial hisoblanadi. SHuni ham ta’kidlash kerakki, parsial molyar kattalik eritmaning xossasi emas, balki unga doimiy bosim, temperatura va tarkibda 1 mol komponent qo‘shilganda xossalarining o‘zgarishidir.
5 tenglamadan kelib chiqadiki, eritmaning ekstensiv xossasi alohida komponentlarning ayni xossalarini parsial molyar kattaliklarini eritmaning har komponentini molyar miqdoriga ko‘paytmasiga teng.
Eritma tayyorlash amaliyotida parsial molyar hajm dan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bunda Gibbs-Dyugem tenglamasini hisobga olish kerak.
Misol uchun, ko‘p miqdordagi suvga 1 mol suv qo‘shilsa, suvning umumiy hajmi 18 sm3 ga ortadi. 1 mol suv ko‘p miqdordagi toza etil spirtiga qo‘shilganda spirtning hajmi 14 sm3 ga ortadi. Bu suvning toza spirtdagi parsial molyar hajmidir. Suvning molyar hajmi va parsial molyar hajmi orasidagi 4 sm3 farq hosil bo‘lgan eritmaning strukturasi o‘zgarganligi bilan bog‘liq.

Download 232,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish