Birinchi masala bo’yicha qisqa xulosalar
1. Qadimgi Yunon madaniyati tabiiy-tarixiy taraqqiyotning obyektiv va qonuniy natijasi sifatida
shakllana boshlagan.
2. Barcha madaniyatlar kabi, yunon madaniyatining shakllanishi ham tarixiylik va vorisiylik
prinsiplariga amal qilgan, ya’ni o’zidan oldin o’tgan qo’shni mamlakatlar madaniyatini
o’zlashtirgan.
3. Yunon madaniyatiniig shakllana boshlashiga tabiiy-geografik muhit o’z muhrini bosgan.
Boshqacha aytsak, qadimgi greklar o’z sharoitidan kelib chiqib va unga tayangan holda o’z
madaniyatini yarata boshlaganlar.
4. Qadimgi yunonlar zohiran milliy va lekin botinan umuminsoniy mohiyatga ega madaniyatni
yarata boshladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |