3.Shaxs faoliyatining yo`nalishi
Shaxsning shakllanishida unga maqsadga yo‘naltirilgan tarzda ta’sir o‘tkazish tarbiya yetakchi rol o‘ynaydi. Tarbiya shaxsni rivojlantirishning jamiyat tomonidan qo‘yilan maqsadlarda muvofiq tarzda yo‘naltirib boradi va uyushtiradi.
Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar. Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar uzoq vaqt davomida rivojalnib keldi. Buning natijasida ko‘plab nazariyalar, yondoshishlar yuzaga keldi. Ular orasidan g‘arb mamlakatlarida rivojlangan va tan olingan asosiy nazariyalarga to‘xtalib o‘tish lozim. Shaxs haqidagi barcha nazariyalarni rivojlanish bosqichiga ko‘ra uch guruhga birlashtirish mumkin:
Shaxs an‘anaviy nazariyalar (V.Diltey, K.Levin, V.Shtern, Z.Freyd, K.Yung va boshqalar).
Shaxs haqidagi yangi nazariyalar (G.Ayzenk, D.Kettel, A.Maslou, G.Olporp, K.Rodjers, K.Xorin va boshqalar).
Eng yangi nazariyalar (E.Bern, K.Leongard, D.Mid, G.Sallivn, Sirs, E.Fromm va boshqalar).
Ko‘rsatib o‘tilgan nazariyalar quyidagi psixologik yo‘nalishlarning tarkibida rivojalangan yoki ularning asosi bo‘lgan:
Freydizmning kontseptsiyasi neofreydizm (yangi freydizm), postfreydizm, bixevorizm va neo freydizm, gumanistik psixologiya, interaktsionizm, ekzistentsionalizm, sotsiologik nazariyalar, eliktik nazariyalar va h.k.
An’anaviy nazariyalar. Shaxs haqidagi an‘anaviy nazariyalar orasida freydizm alohida o‘ringa ega. E Freyd turli xil kasalliklarni (asosan nevroz bilan bog‘liq bo‘lgan) tahlil qilish natijasida bu kasalliklarning sabablari kasalning hayotida oldin ruy bo‘rgan va uning psixika (ruhiyati)da yoki rivojalanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan voqealar degan xulosaga keldi, bu ta’sirlar ko‘pincha odamlar tomonidan unitiladi va anglanmaydi, ammo ular kishilarning xulq-atvoriga ta’sir qilishda davom etadilar, ba’zida xulq-atvor buzilishiga olib keladilar. E.Freyd turli psixoterapevtik usullar yordamida ularni topish va ularni anglashga yordam berish samarali davolash usuli ekanligini aniqladi. Izlanishlar natijasida Z.Freyd odamning psixik hayotida uch darajani ajratdi: ongsizlik, ong osti (ong oldi) va ong.
Ongsizlik-instinktiv harakatlarning asosi. Ular orasida ayniqsa, jamiyat tomonidan ta’qiqlanganligi sababli anglanmaydigan bo‘lib qolgan jinsiy mayllar (libido) alohida o‘rin tutadi.
Ong oldi-uning mazmunini kishi qiynalmay anglaydi.
Ong-ijtimoiy me‘yorlar, man qilinishlar (tabu). Ong doimo ongsizlik bilan kelishmovchilikda. Turli xildagi jinsiy va boshqa mayllarni yuzaga chiqarmaslikka harakat qiladi.
K.Yung va uning psixologik qarashlari. Karl Gustav Yung (1875-1961) Shveytsariyalik psixiatr, psixolog. Z.Freydning yakin safdoshlaridan biri. U.Z.Freydning izidan borib, inson psixikasida «ong» va «ongsizlik» darajalarini ajratgan. Uning fikricha hatti-harakatni boshqarishda ongsizlik hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ongsizlik ikki xil shaklda mavjud: a) individual, b) kollektiv (jamoa) – uning asosini oldingi avlodlar tashkil qiladi. Bular asosan instinktlar, mayllar, arxetiplardan iboratdirlar.
Instinktlar va mayllar K.Yung tomonidan tug‘ma ehtiyojlar sifatida qaraladi. Arxetiplar (kishilikning birlamchi obrazlari) talant, tush ko‘rish, afsonalar, diniy qarashlar asosida yotadi. K.Yung kishilarning psixik yo‘nalaganligi asosida ularni ikki guruhga bo‘ladi: introvertlar va estrovertlar.
Introvertlar–xulq–atvor sabablarini o‘zidan axtaradi. Ular ijtimoiy passiv, tortinchoq, o‘z harakatlarini chuqur tahlil qilishga moyil boshqalarga ko‘p qo‘shilishga intilmaydilar. Ekstrovertlar tashqi olamga yo‘nalgan. Ular impulsiv tashabbuskor, dilkash guruhga va jaoaga tez moslashuvchan.
K.Yung psixik funktsiyalarning ustunligiga ko‘ra shaxslarning quyidagi tipologiyasini ko‘rsatgan:
a) tafakkur qiluvchi (fikrlovchi).
b) hissiy
v) ta’sirga beriluvchan (emotive)
g) intuitiv
K.Levinning «Maydon nazariya»si. K.Levin (1890-1947) Germaniyada tug‘ilgan va AQShda ko‘p yillar samarali ishlagan. U barcha tashqi olam omillarini «fizik maydon» va odamning ichki olamini «psixik maydon» deb ajratadi. Uning fikricha bu ikkala maydon orasida o‘zaro tortishish va itarish xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlar shaxsning ehtiyojlari va motivlariga bog‘liq ravishda yuzaga chiqadi. Uning fikricha tashqi muhit va shaxsning ichki dunyosi orasidagi muvozanat buzilsa, shaxs harakatlarida, xulq-atvorida zo‘riqish paydo bo‘ladi. K.Levin tomnidan shaxsning guruhdagi o‘rni, mavqei, liderlik hodisalari, nizolar o‘rganilgan.
5. Shaxs haqidagi eng yangi nazariyalar. Yangi nazariyalar orasida Gumanistik psixologiya alohida o‘ringa ega. Bu yo‘nalishga juda ko‘plab olimlar o‘z hissalarini qo‘shganlar. Gorden L. Olport (1897-1967) shaxsning o‘zligini ko‘rsatishga, kamolotga intilishi nazariyasini taklif qildi. U shaxsni ochiq, doim rivojlanishdagi, o‘sishdagi psixofiziologik sistematarikasida qaraydi. Shaxsning asosiy xususiyati o‘zligini anglashga kamolga yetishga o‘zining barcha imkoniyatlarini hayotga tadbiq qilishga intilishi deb qaraladi.
Gumanistik psixologiyaning ko‘zg‘a ko‘ringan namoyondalaridan biri Karl Rodjersdir. (1902-1987). Uning fikricha shaxsning asosiy xususiyati, bu shaxsning hayot haqidagi o‘z kontseptsiyasidir. Bu kontseptsiya odamning tashqi muhit bilan munosabati jarayonida shakllanadi. Rodjersning nazariyasiga ko‘ra quyidagilar muhim ahamiyatga ega:
shaxslararo munosabatlar tenglikka aoslanishi, bir kishi ikiinchisiga tazyiq o‘tkazmasligi, har bir kishining maqei hurmat qilinishi lozim.
Shaxsning «o‘zagini» uning haqidagi bahosi tashkil qiladi. Bu baho tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida shakllanadi.
Shaxsning «self» yoki «Men kontseptsiya» ichki, organik va ijtimoiy sezgilar orasidagi o‘zaro mosligini aks ettiruvchi xususiyat sifatida shakllanadi.
Shaxsning asosiy motivi «o‘zligi»ni o‘stirish motividir.
Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida psixologiya yoki psixologik bilimlar doimo zarur boigan. Chunki bu inson va uning ruhiyati bilan bogiiq va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bevosita va bilvosita shaxslar bilan ishlaydi. Shunday ekan, inson shaxsini o'rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika kabi fanlar shug'ullanadi. Hozirgi davrda inson muammosi aniq va ijtimoiy fanlarning umumiy tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda.
Birinchidan, inson u yoki bu aloqa tizimiga binoan biologik evolutsiya mahsuli sifatida o'rganiladi. Ikkinchidan, shaxs tarixiy jarayonning ham obyekti, ham subyekti tariqasida tadqiq etiladi. Uchinchidan, individ muayyan koiamda o'zgaruvchan taraqqiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzod tarzida ilmiy jihatdan tekshiriladi.
XXI asrda yashovchi shaxslar insonparvarlik g'oyalarini o'zida aks ettiruvchi kishilar sifatida hayot va faoliyatda o'zini o'zi nazorat qilish, baholash, ifodalay olish, kamol toptirish, kashf qilish va o'ziga o'zi buyruq berish imkoniyatlariga ega boimoqlari lozim. Bu esa, o'z navbatida, muayyan davrni taqozo etadi.
Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashishi, shuningdek milliy mustaqillik va uning ne'matlari respublikamizda tub o'zgarish-larni vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg'u, milliy qiyofa, milliy ta'b, milliy kuy, milliy raqs, milliy ma'naviyat, qadriyat hamda ruhiyat ta'siri ostida o'zining tub mohiyatini aks ettira boshladi.
Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivoj topayotgan, boshqa odamiar bilan birgalikdagi faoliyatini amalga oshirayotgan va ular bilan munosabatga kirishayotgan kishi sekin-asta shaxsga aylanib bormoqda. Moddiy dunyoni, jamiyatni va, xususan, o'zini o'rganish va faol tarzda qayta o'zgarish subyektiga aylan-moqda.
O 'z menligini anglagan, o 'zgalar bilan o 'zaro munosabatlarga kirisha oladigan, tabiat va jamiyatga faol ta 'sir o 'tkaza oladigan, har qanday individga shaxs deyiladi.
Chaqaloqning inson zotiga mansubligi Individ tushunchasida ifodalanadi (bundan farqli o'laroq, hayvonot bolasi dunyoga kelishi bilanoq va hayotning oxiriga qadar jonzod deb yuritiladi). «Individ» tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgan.
Shunday qilib, muayyan kishini individ deb ataganda, biz juda ko'p narsalarni aytgan bo'lamiz. Aslini olganda, bu bilan uning po-tensial ravishda inson ekanligi ta'kidlanadi. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazilat kasb etadi, shaxs boiib yetishadi.
Individuallik kishining o'ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarida, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayoniga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos usullari va boshqalarda namoyon bo'ladi.
«Individ» va «shaxs» tushunchalari bir-biriga o'xshash boima-gani singari, o'z navbatida, shaxs va individuallik ham birlikni tashkil qiladi, lekin ular bir-biriga o'xshash emas.
«Shaxs» ya «individuallik» tushunchalari qanchalik darajada bir-likdan iborat bo'lganiga qaramay, bir-biriga mos kelmasligining o'zi ham shaxsning tuzilishini kishining individual-psixologik xislatlari va fazilatlaridan tarkib topadigan allaqanday shakl sifatida tasavvur qilish imkoniyatini bermaydi.
...";, «Shaxs» va «individuallik» tushunchalari (xuddi «individ» va «shaxs» tushunchalari singari) aynan bir-biriga o'xshaydi, deb tan olinadigan va shaxsga tabiatan ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida, individning tizimi tarzidagi ijtimoiy fazilat sifatida qaraladigan G'arb psixologiya fanining ayrim yo'nalishlarida shaxs bilan individuallikning tuzilishi bir-biriga tobora mosligi tan olinadi. Bunday psixologik maktablar va yp'nalishlaming vakillari individuallikning tuzilishi aniq ta'riflab berilsa bas, bu kishining shaxsini to'lig'icha o'z ichiga oladi va ta'riflab beradi, degan nuqtai nazarni ilgari suradilar.
Haqiqatda esa, agar shaxs hamisha o'zining muayyan ijtimoiy muhiti bilan «haqiqiy munosabatlar» subyekt sifatida namoyon bo'li-shi inobatga olinadigan bo'lsa, shaxsning tuzilishiga muayyan ijtimoiy guruhlar, jarhoalar faoliyati va munosabatida tarkib topadigan ana shu «haqiqiy munosabatlar» va aloqalar muqarrar tarzda kiritilishi shart.
Jurhladan, psixologiyada individuallikning ko'pgina xislatlari -moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, moyillik darajasi, tashvishlanish va shular kabilar aniqlangan. Bular jamlanib individning o'ziga xosligini
ko'rsatadi.
Shunday qilib, inson shaxsining tuzilishi individuallikning tuzilishiga qaraganda keng ekanligi shubhasiz. Shu boisdan bunga, birinchi navbatda, uning individualligini ko'rsatadigan va faqat ehtirosda, ich-ki qiyofada, qobiliyatlarda va boshqalarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishigina emas, balki shaxsning rivojlanish darajasi har xil bo'lgan guruhlarda, guruh uchun yetakchi hisoblangan faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda o'zini namoyon etishini ham qo'shish shart. Individuallik tarzida shaxsni tadqiq etish natijasida olingan ma'lumotlar individlararo munosabatiar subyekti sifatida shaxsning ta'rifiga bevosita ko'chirilishi mwmkin emas: individual-tipik xususiyat shaxs yashayotgan va shafcllanayot-gan birlikning rivojlanishiga va individlararo munosabatlarning bilvo-sita ifodasi hisoblangan faoliyatning xususiyati, qadriyatlari va maq-sadlariga bog'liq tarzda, jiddiy ravishda turli xil ko'rinishda namoyon
bo'ladi.
Inson shaxsi tuzilishida biologik (tabiat) va ijtimoiy omillarning o'zaro nisbati masalasi hozirgi zamon psixoiogiyasidagi eng murak-kab va munozarali masalalardan biridir.
G'arb psixologiyasining ayrim maktablarida shaxsda ikki omil -biologik hamda ijtimoiy omillar ta'wri ostida shakllangan ikkita asosiy kichik tuzilma borligini alohida ta'kidlaydigan nazariya sezilarli o'rin
egallaydi.
Inson shaxsining o'zi «endopsixik» va «ekzopsixik» tuzilishga bo'linadi, degan fikr ham tfgari suriladi. Shaxs tuzilishining ichki tuzilishi sifatida «endopsixika» bamisoli kishining asab-psixik tuzilishiga o'xshash bo'lgan inson shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik qism-lar va funksiyalarning o'zaro ichki bogiiqligini ifoda etadi. Ekzopsi-xikaning tashqi muhitga munosabati bilan, ya'ni shaxs qanday bo'1 masin, baribir munosabatga kirishishi mumkin bo'lgan va shaxsga qa-
rama-qarshi turadigan tuzilishlarining barchasiga nisbatan munosabati
bilan belgilanadi. /
«Endopsixika» rnoyillik, xotira, tafakkur va xayol jxususiyatlari, irodaviy zo'r berish, tashqi ta'sirlarga beriluvchanlik kabi boshqa xis-latlarni, «ekzopsixika» esa kishi munosabatlari tizimi va uning tajriba-sini, qiziqishlarini, moyilliklarini, ideallarini ustun darajadagi his-tuyg'ularini shakllangan bilimlari va boshqa belgilarini o'z ichiga oladi. Tabiiy asosdagi «endopsixika» ijtimoiy omil bilan belgilanadi-gari «ekzopsixika»ga qarama-qarshi oiaroq, biologik jihat bilan bog'liqdir.
Tabiiy tarkibiy jihatlar va belgilar kishi shaxsining individuallik tuzilishida uning ijtimoiy jihatdan taqozo etilgan qismlari sifatida mavjud bo'ladi. Tabiiy (anatomik, fiziologik va boshqa fazilatlar) va ijtimoiy xislatlar birlikni tashkil toptiradi va shaxsning mustaqil kichik tuzilishi sifatida bir-biriga o'zidan-o'zi qarama-qarshi qo'yilishi mum-kin emas.
' ' Binobarin, individuallikning tuzilishida tabiiy, biologik omillar-nihg ham o'rnini tan olgan holda, kishi shaxsidagi biologik kichik tuzilishni faqat shunga asoslanib ishlash murnkin emas. Negaki, unda ular o'zgargan holda allaqachon mavjuddir.
Shunday qilib, shaxsning ruzilishiga, birinchi navbatda, uning in-dividualligini kishi ehtirosi, ichki qiyofasi, qobiliyatlarining tuzilishida mujassamlashgan, shaxs psixologiyasini anglab yetish uchun zarur, lekin yetarli bo'lmagan tizimli tarzda tuzilishi kiradi. Shu tariqa shaxs tuzilishining birinchi tarkibiy qismi uning individ ichkarisidagi (introindivid) kichik tizim alohida namoyon boiadi. Introindivid va inter kichik tizimlari shaxsning o'zini namoyon qilishning barcha jihatlarini aks ettira olmaydi. Shaxsning tuzilishini tarkib toptiradigan uchinchi bir qismni metaindivid (individning ustki ko'rinishi) kichik tuzilishini ham alohida ko'rsatish imkoniyati mavjud.
Shunday qilib, inson shaxsining tuzilishi uchta tarkibiy qismdan, uchta kichik tizimdan iborat: shaxsning individualligi, uning shaxsla-raro munosabatlar tizimida va boshqa - odamlarda gavdalanganligi hamda shaxsning o'zi kelib chiqishiga ko'ra individlararo ijtimoiy munosabatlar va aloqalar subyekti sifatida mavjud bo'lishiga barcha uchala jihatning birligida ta'riflangan bo'lishi shart.
Shaxsning metaindivid kichik tizimi kishining eng muhim ma'na-viy ehtiyojlaridan biri shaxs darajasiga ko'tarilish ehtiyojini, ya'ni o'z faoliyati bilan boshqa odamlarning aqliy va. emotsional jabhalarida ular uchun ahamiyatga ega bo'lgan o'zgarishlar; yasashini boshqalar-dan ko'proq darajada ifoda etadi.
Shunday qilib, jamiyatda yashayotgan kishida ta'lim va tarbiya berish to'g'ri yo'lga qo'yilgan taqdirda ijtimoiy foydali faoliyatda shaxs darajasiga ko'tarilish ehtiyojining shakllanishi va qondirihshi uchun barcha shart-sharoitlar tarkib topadi.
Kishining tevarak atrofga munosabati, hamkorlikdagi faoliyati va ijodiy ish jarayonida namoyon bo'ladigan ijtimoiy ahamiyatga molik o'zgarishlar qilish layoqati shaxsning faolligi sifatida tushuniladi. Shaxs faolligining ancha umumiy tarzdagi, birikma holidagi ta'rifi uning g'oyaviy prinsipligida, o'z nuqtai nazarini izchil himoya qila borishida, so'zi bilan ishining birligida ifodalanadigan faol hayotiy pozitsiyasini bildiradi.
Jamiyatda faol hayotiy pozitsiya ijtimoiy burchga nisbatan ongli munosabatda bo'lishni, fuqarolikni, jamoatchilikni, faoliyatga nisbatan ijodiy munosabatda bo'lishni, ilmiy dunyoqarashga tayanadigan e'tiqodni, ijtimoiy-axloqiy qoidalarning buzilishiga murosasizlikni taqozo etadi.
Shaxsning moslashuvchanlikka ham, xulq-atvorning salbiy turiga ham zid bo'lgan jamoa tarzida o'zini o'zi belgilashi ham uning faol hayotiy pozitsiyasidan dalolat beradi. Yosh yigit va qizlarda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish axloqiy tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biridir.
Hozirgi paytda G'arb psixologiyasida shaxsni tadqiq qilish va tu-shunish borasida «insonparvarlik psixologiyasi» deb ataladigan psixo-logiya vakillarining psixoanalitik nazariyalari va qarashlari (shaxsning ekzistensialistik nazariyalari) eng nufuzli yo'nalishlar bo'lib hisoblanadi.
Asrimiz boshiaridayoq venalik psixiatr va psixolog Z. Freyd kishi shaxsining faolligi manbai - xarakteming o'zgacha talqinini tavsiya qilgan edi. Uning ko'pchilik izdoshlari tomonidan maqullangan nuq tai nazarga ko'ra, kishi unda hayvonot dunyosiga mansub ajdodlardan meros qilib olgan instinktiv mayllar va, eng avvalo, jinsiy va o'zini himoya qilish instinkti mayjud bo'lganligi tufayli faol emish. Lekin jamiyatda instinktlar o'zini hayvonot olamida boigani kabi namoyon qila olmaydi, chunki jamiyat kishini ko'plab cheklashlar turiga o'rab tashlaydi, uning instinktlari va mayllarini «senzura»ga ro'baro' qiladi, bu esa kishini ularni cheklashga majbur qiladi.
Freydning shaxs faolligini butunligicha faqat shahvoniy hirsga bogiiq qilib qo'yishga intilishi psixologlarning ko'pchiligida e'tiroz tug'dirdi. Bu xil klassik freydizmning va undan muayyan chekinish-larning birikuvidan iborat xususiyatga ega boigan neofreydizm (A. Kardiner, E. Fromm, K. Xorni va boshqalar)ning kelib chiqish sabablaridan bid bo'lgan edi.
Neofreydchilar shaxsning faolligini tushunish borasida shahvoniy mayllarning ustunligi fikridan voz kechishadi va insonning biologik mavjudotligidan chetga chiqishadi. Shaxsning muhitga bog'liqligi bi-rinchi o'ringa qo'yiladi. Muhit shaxsga o'zining eng muhim xusu-siyatlari aksini singdiradi.
Psixoanalitiklardan farqli o'laroq, rivojlanishi K. Rojers, A. Mas-lou, G. Olport va boshqalarning ilmiy ishlari bilan bogiiq boigan «insonparvarlik psixologiyasi» kelajakda o'zligini eng ko'p darajada namoyon qilishga (o'zini faollashtirishga) intilishni shaxs faolligining asosiy omili deb hisoblaydi.
A. Maslou, K. Rojers o'zini faollashtirishni o'z mohiyati etibori bilan egotsentrik (o'zini hammadan ustun qo'yish) jarayonga aylanti-rib yuborishadi. O'zini follashtirish, A. Maslouning fikricha, o'zini va faqat o'zini ro'yobga chiqarish uchun intilishdirki, bu ijodiy faollik va «xususiy men»ini toiaqonli namoyon qilish uchun intilish kabi fazi-latlarga ega boigan «o'zini faollashtiruvchi shaxslar»ning o'ta indivi-dualligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, butun kuch-g'ayratlar shaxs yashaydigan va hara-kat qiladigan muhitni o'zgartirishga emas, balki shaxsning o'zini o'zgartirishga safarbar etilgan boiadi. Shaxsning faoliyatini yo'naltirib turadigan va mayjud vaziyatlarga nisbatan bogiiq boi-magan barqaror motivlar majmui kishi shaxsining yo'naltirilganligi deb ataladi.
Shaxsni faoliyatga undovchi ichki turtkiga motiv deyiladi.
Motivlar ikki xil boiadi:
anglanilgan;
anglanilmagan.
Shaxsning yo'naltirilganligida anglaixilgan motivlar asosiy o'rin tutadi.
Istiqbolni anglaydigan kishiga xos ta'bi xiralik, kechinrhalarga qarama-qarshi oiaroq, ruhsizlik holati frustratsiya deb ataladi. Bu kishi maqsadga erishish yoiida real tarzda bartaraf etib boimaydi deb hisoblagan yoki shunday deb idrok etiladigan to'sqinliklarga, g'ovlarga duch kelgan hollarda yuz beradi.
Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning xulq-atvorida va uning o'zini anglashida turli xil o'zgarishlafga dlib keladi.
Qiziqish biron-bir sohada to'g'ri moijal olishga, yangi faktlar bilan tanishishga, voqelikni ancha to'liq va chuqur aks ettirishga yordam beradigan motivdir. E'tiqod - shaxsni o'z qarashlariga, prinsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda ish ko'rishga da'vat etadigan motivlar tizimidir.
Psixologiyada shaxsning yoi-yo'riqlari uning u yoki bu ehtiyoji qondirilishiga yordam berishi mumkin boigan faoliyatga tayyorgar-ligi va moyilligining o'zi tomohidan anglanilmaydigan holatini belgilaydi.
«Men»ning siymosi - individning o'zi haqidagi nisbatan barqaror ko'proq yoki ozroq darajada anglanilmagan, betakror deb his qilinadigan tasavvurlar tizimidirki, individ boshqalar bilan o'zaro hamkorlikda harakat qilishda ana shunga asoslanadi.
O'ziga o^zi baho berish shaxsning o'ziga, o'z imkoniyatlariga, boshqa odamlar orasidagi fazilatlariga va o'rniga baho berishidir. O'ziga o'zi baho berish orqali shaxsning xulq-atvori to'g'rilariib, tartibga solib turiladi.
Shaxsning o'ziga o'zi beradigan bahoning birmuncha oshirilib yuborilishi kutilgan baho kb'rsatkichlarining kamayishi bilan bogiiq bo'ladi.
O'ziga o'zi baho berish shaxsning intilishlari darajasi bilan cham-barehas bogiiqdir. Intilishlarning darajasi shaxs o'ziga o'zi beradigan bahoning individ o'z oldiga qo'yadigan maqsadlarning qiyinchiliklari ; darajasida namoyon boiadigan kutilgan darajasidir.
Amerikalik psixolog U. Jeyms o'zining psixologik nazariyasida hali XX asrning boshlaridayoq shaxs «Men» siymosining eng muhim tarkibiy qismi - o'zini hurmat qilishi haqiqatan ham erishgan yutuqla-rining kishi da'vogarlik qilgan, mo'ljallangan narsalarga munosabati bilan belgilanishi haqida umuman to'g'ri fikr bildirgan edi. U surati individning real muvaffaqiyatlarini, maxraji esa shaxs intilishJarini ifoda etadigan formulani:, surati oshib, maxraji kamayganda kasr kattalashadi. Shu sababli kishi o'zini hurmat qilishini saqlab qolishi uchun ayrim hollarda eng ko'p kuch va g'ayrat sarflashi va o'zini hurmat qilishini saqlab qolishi shart bo'lib, bu ko'pincha murakkab vazifa hisoblansa, boshqa bir yo'li intilishlarining darajasini pasayti-rishdan iborat. Bunda hatto eng kamtarona muvaffaqiyatlarga erish-ganda ham o'zini hurmat qilish hissi yo'qolmaydi.
Psixologik muhofaza faqat intilishlar darajasini pasaytirish holla-ridan iborat emas. Bu psixologik qulaylikning buzilishi «Men» siymosining mavjud bo'lishiga xavf tug'diradigan his-tuyg'ularni bartaraf etish va uni mazkur holatlar uchun maqbul va mumkin boigan darajada saqlab qolish maqsadida shaxs qo'llaydigan alohida yo'nal-tiruvchi tizimdan iboratdir. «Psixologik muhofaza» tushunchasiga ya-qin «muhofaza mexanizmlari» tushunchasini psixoanaliz maktabining yetakchisi Z. Freyd ishlab chiqqan edi. U bu tushunchani shaxsni biologik mavjudot deb hisoblaydigan mexanistik falsafa nuqtai nazaridan talqin qilgan edi.
Z. Freyd kishining ongsiz instinktlari (asosan shahvoniy hirsi) ongli «menning muhofaza mexanizmlari», shaxsning «ichki senzura-;, si» bilan to'qnashib qoladi va buning natijasida turli o'zgarishlarga uchraydi, deb taxmin qilarkan, psixologik muhofazaning noto'g'ri :,, talqin etilishiga yoi qo'ygan edi. ■:.;, Masalan psixologik muhofazaning mexanizmlaridan biri o'z maq-sadiga erishish yoiidagi g'ovlarni bartaraf eta olmagan va frustratsiyaga tushgan paytda ro'y beradigan tajovuzkorlikdan iboratdir.
Shuni xulosa qilish mumkinki, shaxsning faolligi va uning ijti-
moiy jihatdan ahamiyatga molik yo'naltirilganligi masalasi huquqni
muhofaza qilish organlari xodimlarining diqqat markazida bo'lishi
Shaxs muayyan tarixiy hayot kechirish sharoitlarida, faoliyat (mehnat qilish, o'qish va hokazolar) jarayonida shakllanadi. Shaxsning shakllanish jarayonida guruhlar va jamoalarda amalga oshiri-iadigan ta'lim va tarbiya yetakchi o'rin tutadi.
«Shaxsning shakllanishi» ikki xil ma'noda qo'llaniladi. Birinchisi shaxsning shakllanishi uning rivojlanish jarayoni va uning natijasi ekanligidir. Ikkinchi ma'nosi shaxsni maqsadga yo'naltirilgan tarzda tarbiyalash sifatida shakllantirishdan iborat.
Psixologiya tarixida shaxs rivojianishi va takomillashuvini ha-rakatlantiradigan kuchlar va mana shu masalalarni hal etishning ikkita yo'nalishi mavjud bo'lgan. Bu yo'nalishlar rivojlanishning biogenetik va sotsiogenetik konsepsiyalari nomini olgan.
Biogenetik konsepsiya inson shaxsining rivojianishi biologik, asosan nasliy omillar bilan belgilanishiga asoslanadi. Shuning uchun ham shaxsning rivojianishi ichki sabab natijasida (o'zidan o'zi) sodir bo'iish xususiyatiga egadir.
Inson shaxsini xususiy faolligidan mahrum boigan narsa, pesha-naga yozib qo'yilgan biologik omillar ta'sirining mahsuli deb ifoda-laydigan biogenetik konsepsiya pedagogikani shaxsning qismatiga ko'ra oldindan belgilab qo'yilgan ushbu fazilatlari paydo boiishining sustkash shohidi qilib qo'ygan edi.
Sotsiogenetik konsepsiya shaxsni tevarak atrofdagi ijtimoiy mu-hitning bevosita ta'siri natijasi, muhitdan olingan nusxa deb hisoblay-di. Bunda ham xuddi biogenetik konsepsiyadagi kabi rivojlanib bo-rayotgan kishining xususiy faolligi inobatga olinmaydi, uning tevarak atrofdagi vaziyatga moslashayotgan mavjudotga xos sust o'rin tutishi mumkin deb hisoblanadi. Agar sotsiogenetik konsepsiyaga amal qili-nadigan boisa, nima uchun ba'zi vaqtlarda bir xil ijtimoiy muhitda turli odamlar yetishib chiqishini tushuntirib boimaydi.
Shunday qilib, na biogenetik va na sotsiogenetik konsepsiyalar shaxs rivojlanishining qonuniyatiarini tushunib yetishga asos qilib olinishi murnkin emas. Unisi ham, bunisi ham psixik rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlarini
Xulosa
Shaxsning o‘sishi esa ijtimoiy muhit, shaxslararo munosabatlar ta’siri ostida yoki tezlashadi, yoki sekinlashadi.
Shaxsni undovchi kuch K.Rodjersning fikricha, «Men kontseptsiya» va «ideal Men» orasidagi tafovutdir.
Gumanistik psixologiyaning namoyondalaridan yana biri Abraxam Masloudir (1907-1970). U ham K.Rodjers nazariyasiga hamohang nazariya, «O‘zligini (hayotga) tadbiq qilish» nazariyasini taklif qildi. Uning fikricha, shaxning o‘sishga intilishi tug‘ma, lekin ijtimoiy omillar ostida aktuallashadi (harakat qiladi).
A.Maslou shaxs ehtiyojlarining 5 ta darajaga bo‘lgan ierarxiyasini (tabaqalashgan) taklif qilgan:
Self-actualisation need – o‘z-o‘zini aktuallashtirish ehtiyoji (o‘zligini ko‘rsatish, o‘zining imkoniyatlarini to‘liq tadbiq qilish, umuman olganda komil inson bo‘lish ehtiyoji); Esteem need-hurmatga, tan olinishga bo‘lgan ehtiyoj; Nedsfor belongingness and love-ijtimoiy munosabatga, guruhga a’zo bo‘lish ehtiyoji; Safety needs-xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyoj; Deficiency needs-fiziologik ehtiyojlar.
Psixologlar orasida biosotsial nazariyalarning tarafdorlari ham juda ko‘p. Shu jumladan G.Ayzenk. U shaxsning ikki o‘lchamli (asosli) modelini ishlab chiqdi. Bu modelda odam psixobiologik fenomen sifatida ko‘rib chiqilgan. Shaxsning asosiy xususiyatlari ikkita asosiy mezon, shkala – «ekstravertlik-introvertlik» va «emotsional turg‘unlik-neyrotizm» bilan aniqlanadi.
Biosotsial nazariyalar orasidan D.Kettelning «Shaxs xususiyatlarining faktorli kontseptsiyasi»ni ko‘rsatib o‘tish lozim. Olim bir-biri korrelyatsiga ega bo‘lgan 16 birlamchi va bir qancha ikkilamchi va o‘lchamli omillarni ajratib ko‘rsatgan.
Shaxs haqidagi eng yangi nazariyalar. Psixologiyada yangi nazariyalarning salmog‘i juda katta. Erik Bern (1902-1970) shaxsni rivojlantirishning amaliy va nazariy asosi sifatida xizmat qilishga yo‘naltirilgan «transakt tahlil» nazariyasin
Do'stlaringiz bilan baham: |