Ergxserhyt5rdhy445 mundarija: betlar



Download 455,5 Kb.
bet1/2
Sana20.09.2019
Hajmi455,5 Kb.
#22376
  1   2
Bog'liq
diplom ishi

Ergxserhyt5rdhy445

MUNDARIJA: betlar




KIRISH . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

3










I BOB

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA EKSPERT ISHLARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI. . . . . . . . . . . . . .



6

1.1.

Auditorlik tekshiruvlarini tashkil etishning mohiyati, maqsadi va vazifalari. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .


6

1.2.

Auditorlik tekshiruvida ekspert ishlaridan foydalanishning huquqiy asoslari. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .


11

II BOB

O’ZBEKISTONDA AUDITORLIK TEKSHIRUVLARIDA EKSPERT ISHLARIDAN FOYDALANISHNING AMALIY JIHATLARI. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .



19

2.1.

Auditorlik tekshiruvlarida ekspertlarni jalb etish va ularga qo’yilgan talablar. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .


19

2.2.

Auditorlik tekshiruvlarida ekspert ishlaridan foydalanishda qo’llaniladigan amallar. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .


22

2.3.

Ekspert ishlarida auditorlik dalillarini olish va ulardan foydalanish.

26

III BOB

MAMLAKATIMIZDA XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA AUDITORLIK TEKSHIRUVLARIDA EKSPERT ISHLARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH



39

3.1.

Auditorlik tekshiruvlarida ekspert ish natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .


39

3.2.

Xalqaro audit standartlari asosida ekspert ishlaridan foydalanishni takomillashtirish. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

46




XULOSA. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

61




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. . . . . . . . . .

65

KIRISH

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holati to’g’risidagi ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lishning asosiy quroli bu ichki auditdir. Mamlakatimizda, mustaqil davlat sifatida olib borilayotgan islohatlar o’zining ijobiy natijalarini ko’rsatmoqda, xo’jalik yurituvchi subyektlar texnik va texnologik yangilashni jadallashtirish va uni ko’lamini kengaytirish o’ziga xos richak vazifasini o’tamoqda.

Bu borada O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoev o’z ma’ruzalarida quyidagilarni ta’kidlagan: “Birinchi – islohotlarning qay darajada samara berayotganini ko’rsatadigan maqsadli dasturlarni amalga oshirish natijadorligi. Bular qatorida sanoat va boshqa tarmoqlarni rivojlantirishning quyidagi iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlarini keltirish mumkin: ishlab chiqarish quvvatlarining ahvoli, xarajatlarni va tannarxni pasaytirish, mahalliylashtirish va rentabellik darajasini, mahsulot raqobatdoshligini so’zsiz oshirish”1.

Darhaqiqat, aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash jahon bozorida iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirishda asosiy e’tibor xom-ashyo va resurslardan oqilona foydalanish, unumsiz xarajatlarni tejash va mahsulot tannarxini kamaytirish muhim o’rin tutadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har bir mustiqil xo’jalik yurituvchi sub’ektdan samarali faoliyat yuritishni va moliyaviy resurslardan tejamkorlik bilan oqilona foydalanishni talab etmoqda. Bu o’rinda xarajatlarni aniq maqsad asosida yo’naltirish muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha 2017 yil 7 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni imzolandi. Mazkur Farmonning 2017-2021 yillarda “O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” nomli 1-ilovasida “iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish”2 vazifasi belgilab berildi.



Auditorlik xizmati ko’rsatuvchi sub’ektlarning tekshirilayotgan korxona faoliyatiga to’g’ri baho berishda ekspert xizmatidan foydalanish va ekspert xulosasi bo’yicha aniq qarorlar qabul qilish va tashqi audit tekshiruvining bir shakli sifatida bozor munosobatlariga asoslangan tizimga mos keladi. Korxonaning turli xalqaro tashkilotlarda faol qatnashishi, jahon iqtisodiyot hamjamiyatiga qo’shilishi jarayonida iqtisodiy ko’rsatkichlarni xorijiy mezonlarga taqqoslanishi ekspertchi auditning uslubiy tamoyillarini jahon amaliyotida qabul qilingan standartlar talabiga javob berishini ta’minlashni talab etmoqda.

Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi auditorlik tekshiruvida ekspert xizmatidan foydalanish jarayonini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. Shu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar o’rtaga qo’yildi va belgilab olindi:

-iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida ekspert xizmatidan foydalanishni tashkil etishning nazariy-huquqiy asoslarini tadqiq qilish;

-auditorlik tekshiruvida ekspert ishlaridan foydalanishning mohiyati va ahamiyatini ochib berish;

-ekspert ishlarida auditorlik dalillarni to’plash tartibini bayon qilish;

-ekspert ishlarida tahliliy amallarni bajarish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

-auditorlik tekshiruvida ekspert xizmati ishini yuritishning hozirgi holatini yoritib berish;

-auditorlik tekshiruvidan ekspert xizmatidan foydalanishni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

-ekspert xizmatidan foydalanishda xalqaro standartlarni qo’llash borasida amaliy takliflar ishlab chiqish.

Tadqiqot obyekti va predmeti. Mazkur BMIning predmeti respublikamiz xo’jalik yurituvchi subyektlarida auditorlik tekshiruvida ekspert xizmatidan foydalanishning uslubiy asoslari o’rganish hamda ularni takomillashtirish bo’yicha takliflar berish. Tadqiqot obyekti bo’lib, «Audit Income» auditorlik tashkilotining hisoblanadi.

Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati. Auditorlik xizmati ko’rsatuvchi sub’ektlarda ekspert xizmatidan foydalanish bo’yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni joriy etilishi auditorlik tashkilotlari faoliyatini samaradorligini oshishiga, tekshiruv jarayonida duch kelgan boshqa soxalar bo’yicha muammo va masala hamda savollarga javob topishda, auditor ishini engillashtirishda, shuningdek sifatini yaxshilashga imkoniyat yaratadi. Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati keltirilgan ilmiy xulosalar va tavsiyalar auditorlik tekshiruvida ekspert xizmatidan foydalanishni xalqaro talablar asosida tashkil etilishiga imkoniyat yaratadi, ”audit” fanidan dars o’tish jarayonida hamda o’quv adabiyotlarini yangi avlodini yaratishda foydalanish mumkin.

Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA EKSPERT ISHLARIDAN

FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI

    1. Auditorlik tekshiruvlarini tashkil etishning mohiyati, maqsadi va

vazifalari

Mamlakatimizda keyingi paytlarda auditorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Shuningdek, 2018 yil 19 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining « O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risidagi» PQ-3946 sonli qarori qabul qilindi. Qarorga ko’ra «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunga (yangi tahririga) bir qator qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilishi belgilandi, shumladan qonunning 10- moddasidaga quyidagi o’zgartirish kiritildi – “Hisobot yili yakuni bo’yicha quyidagi shartlardan bir vaqtning o’zida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi lozim: aktivlarning balans qiymati eng kam ish haqining 100 ming baravari miqdoridan ortiq bo’lsa; mahsulotlarni (ish va xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum eng kam ish haqining 200 ming baravaridan ortiq bo’lsa; xodimlarning o’rtacha yillik soni 100 kishidan ortiq bo’lsa”3. Bu qonun va qarorlar O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga rivojlantirish dasturlarini yo’naltirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobi va auditning xalqaro standartlarini qo’llash orqali xo’jalik korxonalarini rivojlantirish va faoliyatini kengaytirishga katta yordam bermoqda.

Mamlakatimizni modernizatsiya qilish sharoitida, qudratli iqtisodiy va ilmiy texnik saloxiyat yaratilayotganligi, ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlarning takomillashayotganligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalarining nazariy va ilmiy asoslarini o’rganib va natijalarini amaliyotga qo’llash chora tadbirlarini ishlab topish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

Shuning uchun xar bir iqtisodiy sub’ektning asosiy vazifasi – ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat bo’lishi zarur.

Buning uchun esa barcha ichki imkoniyat va zaxiralarimizni ishga solishning eng muhim yo’nalishi bizning zaminimizdagi boy resurslarini chuqur qayta ishlashni bosqichma-bosqich oshirib borish, shuningdek, yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishning hajmi va turini kengaytirish lozim. Shunga qaramasdan, mamlakatimizda auditorlik faoliyatining rivojlanishi ancha murakkab va qiyin, ko’plab jihatlari bo’yicha esa sust hamda ziddiyatli kechmoqda Bunday holatning sabablari auditorlik tashkilotlarida buxgalteriya hisobining nazariy masalalari, huquqiy-me’yoriy hamda tizimli tartibga solishning boshqa imkoniyatlari etarli darajada amaliyotda ishlatilmayapti.

Hozirgi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatining moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan natijalarni baholash masalalariga yangicha, zamonaviy yondashuv uslublari juda ham zarur. Bu mavjud nazariy, tashkiliy – huquqiy asoslari va amaliy muammolar bo’yicha auditorlik faoliyatining sifatini oshirish, hamda respublikamizda tashqi va ichki audit tekshiruvlarini zamonaviy darajada tashkil qilish va uni rivojantirish borasida chuqur tadqiqotlar o’tqazishni taqozo etmoqda. Bir tomondan, auditorlik faoliyatining xalqaro tajribalariga tizimli yondashish, ularni chuqur tahlil qilish, boshqa tomondan bozor iqtisodiyotining jahon ham jamiyatida e’tirof etilgan o’zbek modelining xususiyatlari to’g’risidagi bilimlarimizdan maksimal foydalangan holda, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida moliyaviy hisobot axborotlaridan foydalanuvchilar uchun nazoratning maxsus tashkiliy shakli – auditni istiqbolli rivojlantirish zarurligi ayon bo’lmoqda.

Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, uni quyidagicha tasniflash mumkin (1-rasm).

Tashkiliy jihatdan auditorlik tekshirishlari majburiy va tashabbus bilan o’tkaziladigan auditga ajratiladi. 90-yillardan keyin auditorlik tashkilotlarining





1-rasm. O’zbekiston respublikasida auditorlik faoliyati4.

mijozlari auditorlarning dalolat berish vazifasiga muhim ehtiyoj sezib, o’z tashabbuslari bilan tekshirish o’tkazishga qaror qabul qila boshladilar. Bunday vaziyatning sabablari o’sha vaqtda ham, hozir ham quyidagicha:

a) muassasalarning rahbar yoki bosh buxgalteri almashuvi;

b) xo’jalik va soliq huquqlari beqaror va ba’zan mantiqqa zid rivojlanish sharoitda malakali iqtisodiy-huquqiy maslahat olish zarurati;

v) ayrim kompaniyalarda ularning faoliyati rivojlanib kengayishi sari, shuningdek, filiallari paydo bo’lishi bilan moliya ishlarini boshqarishdagi qiyinchiliklar;

g) mavjud g’oyat chalkash va ba’zan shavqatsiz soliq qonunlari doirasida kompaniya byudjetga juda ko’p soliq to’laydigan aslida boshi berk ko’chaga o’xshaydigan vaziyat;

d) kompaniya sotib olayotgan (o’ziga qo’shib olayotgan) yangi tarkibiy bo’linmalar sobiq mustaqil yuridik shaxslarning aktivlarini va majburiyatlarini haqiqiy baholash ehtiyoji;

e) moliyani boshqarishning samarali tizimini, mijozning moliyaviy xavfsizligini ta’minlash;

j) soliq inspektsiyasidan qo’rqish yoki ularning manfaatlarini himoya qilish ehtiyoji va boshqalar.

Audit ham bir qator amaliy sohalar kabi o’z predmeti va shu predmetini o’rganish uslubiyotiga ega. Ushbu sohaning tekshiruv predmeti bo’lib, birinchi navbatda, korxonaning moliyaviy hisobotlari hisoblanadi. Mustaqil auditor ushbu moliyaviy hisobotning belgilangan qonun talablari asosida tuzilganligi va korxonaning moliyaviy holati, moliyaviy holatidagi o’zgarishlar va pul oqimlari to’g’risidagi to’g’ri va to’liq ma’lumot berayotganligi yuzasidan o’z fikrini bildi chora tadbirlari majmuyi audit tekshiruvining uslubiyoti hisoblanadi.

Auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa normativ hujjatlarga amal qiladilar. Bu nazorat amallari samaradorligining muhim sharti hisoblanadi. Bular quyidagilardan iborat (1- jadval):

Ammo bu xususda auditorlik faoliyati to’g’risidagi Qonunda va auditorlik

1-jadval5

Auditorlik tekshiruvida ekspert ishlarida dalillari to’plash va nazorat amallari


Nazorat amallari

Dalillar izohi

xo’jalik muomalalarini amalga oshirishga ruxsat etish

Bu vazifani xo’jalik muomalalarini rasmiylashtirish huquqiga ega xodimlar bajaradilar. Ruxsat etish ma’lum turdagi muomalalar (masalan, barcha turdagi sotish)ga taalluqli, umumiy, yoki maxsus (masalan, muhim aktivni sotishga ruxsat etish) bo’lishi mumkin

xo’jalik muomalalarini ro’yxatga olish

Ko’pchilik korxonalarda xo’jalik muomalalarini yozish (hisob yuritish) va hisobot ishlari kompyuter yordamida bajariladi; xo’jalik faoliyatida korxona mablag’larining saqlanishini ta’minlash. Bunda korxonaga tegishli aktivlarga haqi-qatda egalik qilish yoki ular ustidan nazorat o’rnatish nazarda tutiladi

schyotlarda aks ettirilgan summalarni va haqiqatda mavjud aktivlarni vaqti-vaqti bilan taqqoslab turish

Bu erda aktivlarni muntazam inventarizatsiya qilish va tafovutlar aniqlangan hollarda tegishli choralarni qo’llash tushuniladi

xizmat vazifalarining mos kelmasligi

bu shunday kombinatsiya bo’lib, unda xatoga yo’l qo’ygan yoki axborotni buzib ko’rsatgan xizmatchi o’zining oddiy faoliyati chog’ida bu faktlarni yashirishi mumkin

faoliyatining standartlarida muhim izoh berilgan: auditorlar amaldagi qonunlarda ko’zda tutilgan hollar (vaziyatlar)dan boshqa hollardagina shunday huquqqa egadirlar.

Ichki nazorat tizimi samarali bo’lishi uchun funktsional mas’uliyatlar yoki xizmat vazifalarining etarli darajada taqsimlanishi juda muhimdir.

Vazifalar shunday taqsimlanishi kerakki, xizmatchilardan hech biri yuqorida sanab o’tilgan to’rtta funktsiyaning ikki yoki undan ortig’ini bajarmasligi lozim. Birinchi va to’rtinchi funktsiyalar boshqaruv, ikkinchi funktsiya hisob, uchinchisi esa saqlash funktsiyasi hisoblanadi. Bu funktsiyalarni turli shaxslar va bo’linmalar o’rtasida taqsimlash ikkita afzallikka ega. ishlarni muvofiqlashtirish (bitta xo’jalik muomalasining turli jihatlarini ko’rib chiqish) hisobiga ataylab qilinmaydigan xatolarni aniqlash va to’g’rilash osonlashadi. axborotlarni buzib ko’rsatish qiyinroq bo’ladi, chunki bu ikki yoki undan ortiq ishchi shaxslarning til biriktirishini talab

etadi.

1.2. Auditorlik tekshiruvida ekspert ishlaridan foydalanishning huquqiy

asoslari

Amaldagi qonunchilikka muvofiq auditorlik tekshiruvlarida ekspert ishlaridan foydalanish jarayonida to’planadigan dalillar turli-tuman bo’lib, ular turi, manbasi va olinish usullariga ko’ra turkumlanadi. Auditorlik dalillar turlariga ko’ra yozma va og’zaki dalillarga bo’linadi. Ekspert ishlaridan foydalanishda yozma ravishda olingan dalillar (hujjatlar va yozma tushuntirishlar) og’zaki shakldagi dalillarga qaraganda ishonchliroq bo’lishi mumkin.

Auditorlik tashkiloti qanday hollarda va qay tarzda ekspert tayinlashi, ekspert ishlarining natijalarini rasmiylashtirishga oid qanday talablar mavjudligi va ulardan foydalanish tartiblari №16 «Ekspert ishlaridan foydalanish» nomli auditorlik faoliyatining milliy standartida bayon qilingan. Standartga muvofiq mazkur auditorlik tashkilotining shtatida turmaydigan, buxgalterlik hisobi va auditdan boshqa (tashqari) ma’lum sohalarda (ma’lum masalalar bo’yicha) etarli darajadagi bilim va (yoki) tajribaga ega, ushbu sohaga taalluqli masalalar bo’yicha xulosa bera oladigan mutaxassis ekspert deb tan olinadi.

Ekspert ishlaridan foydalanishda auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma yoki og’zaki ko’rinishda olingan va uchinchi tomon yozma ravishda tasdiqlagan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi hukmatning yuqori organlari tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-normativ qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi va u quyidagicha ko’rinishga ega (2-rasm).

Ta’kidlash joizki, mustaqillikka dastlabki yillari Respublikamizda auditorlik faoliyatida tubdan yangi bo’lgan huquqiy – meyoriy qonunchilik bazasi yaratildi. Ushbu yaratilgan baza mamlakatimizda auditorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim bosqichlarini bosib o’tishga asos bo’ldi.

Mamlakatimizda auditorlik tashkilotlari:

- auditorlik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan litsenziya talablari va shartlariga amal qilishi;









Download 455,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish