Ergashxodjaeva Sh. Dj


 Xalqaro marketing faoliyatining tashkil etish



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/273
Sana11.01.2022
Hajmi2,98 Mb.
#350703
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   273
Bog'liq
1580-Текст статьи-3779-1-10-20200626 (1)

 
1.7. Xalqaro marketing faoliyatining tashkil etish  
asosiy konsepsiyalari 
 
Xalqaro marketing faoliyatining tashkil etish asosiy konsepsiyalari quyidagilar: 
Ishlab  chiqarish  konsepsiyasi  xalqaro  bozor  sub’yektlarining  tijorat-xo’jalik 
faoliyatini  tashkil  etish  tizimi  bo’lib,  bunda  sotuvchi  ishlab  chiqarishni 
takomillashtirish  va  tovar  taqsimoti  tizimining  samaradorligini  oshirish  hisobiga  o’z 
mahsulotlarini  chet  elda  muvaffaqiyatli  sotishni  mo’ljallaydi.  Bunda  ichki  ishlab 
chiqarish  imkoniyatlari  hal  qiluvchi  rolni  o’ynaydi.  Mazkur  vazifani  bajarish  uchun 
ishlab  chiqaruvchi  ishlab  chiqarish  hajmini  kengaytirish,  ishlab  chiqarish 
texnologiyalarini  yaxshilash,  xarajatlarni  qisqartirish,  mehnat  mahsuldorligini 
oshirish  kabi  usullardan  foydalanishi  mumkin.  Ishlab  chiqarish  konsepsiyasi  ikki  xil 
holatda qo’llanishi mumkin: 

 
«sotuvchi  bozori»  sharoitida,  ya’ni  tovarga  talab  taklifdan  yuqori 
bo’lganda; 

 
ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  tannarxi  yuqori  bo’lib,  uni  pasaytirish 
zarur bo’lganda. 
Ishlab chiqarish konsepsiyasidan Genri Ford tijorat faoliyatini boshlagan paytda 
keng foydalangan. O’sha davrda Amerikaning avtomobil bozorida «sotuvchi bozori» 
hukmron  edi:  avtomashinalarni  tanlab  olish  cheklangan  bo’lib,  ularning  narxi  juda 
yuqori  edi.  Ishlab  chiqarishni  takomillashtirib  olgach,  Forda  mahsulot  tannarxini 


 
34 
pasaytirishga erishdi. Bu esa avtomashinalarning keng iste’molchiarga ommasiga etib 
borishini osonlashtirdi. 
Tovar  konsepsiyasi  xalqaro  bozor  sub’yektlarining  tijorat-xo’jalik  faoliyatini 
tashkil etish tizimi bo’lib, bunda sotuvchi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori 
sifati  uning eng  yaxshi  ekspluatatsiya  tavsifnomalari  bilan  uyg’unlashgan  holdagina 
o’z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishdan umid qiladi. Ishlab chiqaruvchi 
barcha  hatti-harakatlarini  tovarni  takomillashtirishga  qaratadi.  Buning  uchun 
foydalaniluvchi  usullar  xuddi  ishlab chiqarish konsepsiyasida qo’llanuvchi  usullarga 
o’xshab  ketadi.  Ishlab  chiqarish  faoliyatini  tashkil  etishda  asosiy  o’rinni  ITTKI 
egallaydi. 
Sotuv  konsepsiyasi  xalqaro  bozor  sub’yektlarining  tijorat-xo’jalik  faoliyatini 
tashkil  etish  tizimi  bo’lib,  bunda  sotuvchi  sotuv  sohasiga  ko’p  kuch  sarflagan  holda 
o’z  mahsulotlarini  chet  elda  muvaffaqiyatli  sotishga  harakat  qiladi.  Sotuvchi 
faoliyatining asosiy vazifasi deb zarur sotuv hajmiga erishishni belgilaydi. Chet ellik 
xaridorga  sotuvni  rag’batlantirishning  turli  usullari  yordamida  ta’sir  ko’rsatar  ekan, 
sotuvchi uni o’z tovarlarini sotib olishga undaydi. Ko’p hollarda sotuvchi xaridorning 
ehtiyojlarini  qondirish  ustida  bosh  qotirmasdan,  o’z  mahsulotlarini  zo’rlab  sotish 
siyosatini  ham  qo’llaydi.  Sotuv  konsepsiyasi  ma’lum  vaqt  davomidagina  potensial 
xaridorlar soni etarli bo’lganda samarali bo’lishi mumkin. 
Marketing  konsepsiyasi  xalqaro  bozor  sub’yektlarining  tijorat-xo’jalik 
faoliyatini  tashkil  etish  tizimi  bo’lib,  bunda  chet  ellik  xaridorlarning  ehtiyojlarini 
aniqlab,  ularni  o’z  raqobatchilariga  nisbatan  samaraliroq  qondirish  usullarini  topgan 
holdagina  o’z  mahsulotlarini  chet  elda  muvaffaqiyatli  sotishni  mo’ljallaydi.  O’z 
maqsadlarigsha  erishish  uchun  ishlab  chiqaruvchi  birinchi  o’ringa  chet  ellik 
xaridorlarning  muayyan  ehtiyojlarini  qo’yadi.  Shu  sababli  boshqaruvda  asosiy 
e’tiborni ishlab chiqarish faoliyatidan o’z mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojni marketing 
usullari tizimi yordamida saqlab qolish va kengaytirishga qaratish zarurati tug’iladi. 
Shu  tariqa,  marketing  konsepsiyasi  bu  chet  ellik  xaridorga  yo’nalganlik  bo’lib, 
ishlab chiqarishni uning manfaatlariga xizmat qilishiga asosalanadi. 


 
35 
Jamoatchilik  marketingi  konsepsiyasi  xalqaro  bozor  sub’yektlarining  tijorat-
xo’jalik  faoliyatini  tashkil  etish  tizimi  bo’lib,  bunda  sotuvchi  xalqaro  bozorning 
ehtiyojlarini  aniqlab,  ularni  o’z  raqobatchilariga  nisbatan  samaraliroq  qondirish 
usullarini  topgan  holda,  ayrim  chet  ellik  xaridorlar  va  umuman  jahon 
hamjamiyatining uzoq muddatli manfaatlariga mos holda o’z mahsulotlarini chet elda 
muvaffaqiyatli  sotishni  mo’ljallaydi.  Bunday  konsepsiyaning  paydo  bo’lganiga  hali 
ko’p bo’lgani yo’q. Uning paydo bo’lishiga ekologik muhitning yomonlashuvi, xom-
ashyo  va  energetika  taqchilligining  yuzaga  kelishi,  inflyasiya  jarayonlarining 
chuqurlashuvi,  demografik  ahvolning  jiddiylashuvi  kabi  holatlar  sabab  bo’ldi. 
Faoliyatini  ushbu  konsepsiya  doirasida  tashkil  etuvchi  korxona  o’z  oldiga  xalqaro 
hamjamiyatning  manfaatlariga  mos  ravishda  chet  ellik  xaridorlarning  ehtiyojlarini 
qondirishni maqsad qilib qo’yadi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish