Tovarni bozorda joylashtirish
- tovarlarning bozordagi raqobatbardosh-ligini
ta’minlash va mos keluvchi marketing majmuasini ishlab chiqish uchun amalga
oshiriluvchi xarakatlar.
Tovarning hayotiylik davri
- tovar rivojlanishining uni ishlab chiqishdan to
bozorga olib kirishgacha bo’lgan asosiy bosqichlarini aks ettiruvchi ma’lum bir vaqt
davri (sikli); sotuvchining har bir bosqichda oluvchi foyda miqdori unga bog’liq
bo’ladi. Tovarni sotish va foyda olish jarayonida besh bosqich ajratib ko’rsatiladi:
tovarni ishlab chiqish (bozorgacha) bosqichi, tovarni bozorga olib kirish (kiritish)
bosqichi, tovarni sotish hajmining o’sish bosqichi, yetuklik (to’yinganlik) bosqichi,
tovarning susayish bosqichi yoki tovar eliminasiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |