Konsentrik (markazlashtirilgan) diversifikasiya
- firma assortimentini
mavjud tovarlarga texnik va marketing nuqtai nazaridan o’xshash bo’lmagan
mahsulotlar bilan to’ldirish.
Korporativ reklama
- aniq bir tovar markasiga emas, balki to’liq tovarlar
assortimentiga ehtiyoj yaratuvchi reklama.
Makromuxit
- firmaning marketing muxiti tarkibiy qismi, ijtimoiy jihatdan
mikromuxitga ta’sir ko’rsatuvchi kuchlarga qaraganda keng ifodalanuvchi omillar,
masalan, demografik, iqtisodiy, tabiiy, texnik, siyosiy va madaniy omillar.
Maqsadli bozor
- u yoki bu mahsulotni sotish bozorini tadqiq etish natijasida
tanlangan, marketing xarajatlarining minimalligi bilan tavsiflanuvchi va firma
faoliyati natijalarining asosiy ulushini (qismini) ta’minlovchi bozor.
Do'stlaringiz bilan baham: |