1
Егоров Ю. Теоритические основы управления маркетингом.- // Маркетинг, № 5(150), 2016.
164
7.7. Eksport tovar assortimentini rejalashtirish
Eksport tovar assortimentini rejalashtirish modernizatsiya qilinayotgan va yangi
tovarlarning xarakteri hamda ularga mos keluvchi ko’rsatkichlarni aniqlashdan iborat.
Eski va yangi ishlab chiqarilayotgan tovarlar hajmining nisbati, oddiy va ilm talab
qiluvchi, an’anaviy va ijtimoiy-iqtisodiy hamda texnik yangiliklarga oid masalalar
hal etiladi.
Eksport tovar assortimentini rejalashtirish jarayoniga bozor iqtisodiyotining
kafolatlar hajmi va strukturasi, narx darajasi, xizmat ko’rsatishning sifati,
raqobatbardoshlik darajasi, liderlik uchun ko’rash, tamomila yangi tovar yaratish kabi
muammolarini kiritish mumkin.
Rejalashtirish chet ellik xaridorlarning ijtimoiy va iqtisodiy pozisiyalarini
hisobga olgan holda eksport tovar assortimentini baholashdan boshlanadi. CHet elda
muayyan mamlakatda yoki mintaqada iste’molchilar xulq-atvori tendensiya va
qonuniyatlarini, iste’molchilarning mavjud va istiqboldagi ehtiyojlarini aniqlash
lozim. Eksport tovar assortimentini rejalashtirishda eksportchining quyidagilarni
bajara olishi ham muhim ahamiyat kasb etadi
1
:
•
hozirgi paytda raqobatbardoshlik ko’rsatkichlari past bo’lgan va istiqbolda
rentabelligi past bo’lishi kutilayotgan mahsulotlar ro’yxatini aniqlash;
•
mahsulotlarni eksport tovarlar tarkibidan chiqarish muddati va ro’yxatini
aniqlash;
•
qaysi tovarlarni modernizatsiyalash kerakligini, shuningdek, muayyan
mahsulotlarni qo’llashning yangi usullarini aniqlash;
•
xalqaro bozor uchun yangi mahsulot ishlab chiqarish takliflarini ishlab chiqish
va ko’rib chiqishga chuqur o’ylab ko’rgan holda yondashish.
Eksport tovar assortimentini rejalashtirish jarayonida muayyan tovarning chet
ellik potensial xaridorlar uchun mos kelishini aniqlash maqsadida sinov va anketa
so’rovlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. So’rov natijalariga ko’ra tovarning
1
Карпова С.В. Международный маркетинг. Учебник и практикум для бакалавров. – М.:Дашков и Ко,
2018 – 140c.
165
iste’mol ko’rsatkichlari, dizayni, narxi va servis xizmatiga oid tavsiyalar ishlab
chiqalishi lozim.
Mahsulotni ommaviy ishlab chiqarishdan avval eksport tovar assortimentini
shakllantirishda mahsulotni tashqi bozorning tanlab olingan bir qismida sotib ko’rish
yo’li bilan «bozor sinovi»dan o’tkazish mumkin. Bunday tadbirlar mahsulotning
texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini to’g’irlash uchun zarur bo’lgan operativ tijorat
ma’lumotlariga ega bo’lishga imkon beradi.
Eksport tovar assortimentini rejalashtirishda xuddi shunday tovar ishlab
chiqaruvchi eksportchi-raqobatchilar to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lish zarur.
Xususan, ular ishlab chiqaruvchi mahsulotning xarakteri, tovarning jozibador
xislatlari va qadoqlashsi, ko’rsatiluvchi xizmatlar turi va hajmi, sotuv faoliyatini
tashkil etish, moliyaviy ahvoli, raqobatchi mahsulot ishlab chiqarish kuchlarining
to’la quvvat bilan ishlashi, buyurtmalar portfeli va hokazolarni bilish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda xalqaro bozor kuchli va jiddiy raqobatchilik sharoitlarida faoliyat
ko’rsatmoqda. Eksportchi amalda butun bozorni egallab olishi amrimahol. SHu
sababli eksport tovar assortimentini rejalashtirishda eksport ishlab chiqarish dasturi
va tovar mahsulotlarini sotish yo’naltiriluvchi maqsadli (xalqaro savdo maydoni,
marketing qo’llanuvchi muayyan nuqta) bozorni bexato tanlash lozim. Shuni ham
hisobga olish kerakki, bozorlarning bir turi an’anaviy tovarlarni, ikkinchi bozor turi
texnologik jihatdan yangi tovarlarni talab qilsa, uchinchi turdagi bozorlar esa xuddi
shu yo’nalishdagi yangi tovarlar paydo bo’lganligi sababli ba’zi tovar turlarini tezlik
bilan bozordan chiqarib tashlashni talab qiladi.
Eksport tovar assortimentini rejalashtirishda tovarning joylashtirilishi, ya’ni
muayyan tashqi bozorda ustivor holatini ta’minlash lozim. Tovarni joylashtirish
potensial iste’molchilar doirasini kengaytirish imkoniyati, tovarni qabul qilish,
ishbilarmonlik tavsiyalari va takliflardan kelib chiqadi. U tovarning iste’mol
xislatlarini real baholash, uning obro’lilik omillarini aniqlash, raqobatchi tovarlarga
nisabatan ustunliklarini ajratib ko’rsatishga asoslanadi.
166
Eksport tovar assortimentini shakllantirishda xalqaro bozorga bozor uchun
yangi bo’lgan, ya’ni oddiy ehtiyojlarni qondirishni sifat jihatidan yangi darajaga
ko’tarishga imkon beruvchi, ba’zi iste’molchilar oldida yangi ehtiyojlarni qondirish
imkoniyatini ochuvchi, boshqa iste’molchilar uchun esa ma’lum ehtiyojlarni yanada
yuqori darajaga ko’taruvchi tovarni kiritish zarur. Tashqi bozorga yangi tovar bilan
chiqar ekan, eksportchi yangi bozorni egallab olish, monopoliya shartlarida narx
bilan o’ynash, ko’proq daromad olish, o’z nufuzini oshirish uchun real
imkoniyatlarga ega bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |