Ergashxodjaeva Sh. Dj


 Xalqaro bozorlarga kirib borish usullari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/273
Sana11.01.2022
Hajmi2,98 Mb.
#350703
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   273
Bog'liq
1580-Текст статьи-3779-1-10-20200626 (1)

 
1.8. Xalqaro bozorlarga kirib borish usullari 
 
Firmaning  xalqaro  faoliyatini  tashkil  etish  chet  el  bozorlariga  chiqish  usullarini 
tanlashni  nazarda  tutadi.  Tashqi  bozorlarga  chiqishning  o’ziga  xos  belgilari  sifatida 
quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 
1.
 
Kapitalning  harakatlanish  shakli  (eksport,  kooperasiya,  transfert,  qo’shma 
korxona, egalik qilish). 
2.
 
Chet el bozoriga chiqish bilan bog’liq xarajatlar miqdori. 
3.
 
Investisiyalashning jozibadorlik darajasi. 
Tashqi bozorga chiqishning eng oddiy usuli eksport hisoblanadi. Olib kiriluvchi 
tovarlarning  kelib  chiqishiga  ko’ra  eksportning  quyidagi  turlarini  ajratib  ko’rsatish 
mumkin: 

 
chet  el  tovarlarini  ushbu  mamlakatda  bojxona  nazorati  ostida  qayta 
ishlagandan so’ng olib chiqish; 

 
ilgari  olib  kirilgan,  lekin  qayta  ishlanmagan  tovarlarni  olib  chiqish 
(reeksport); 

 
mamlakat  orqali  tranzit  shaklida  bojxona  omborlariga  joylashtirilmagan 
chet ellik tovarlarni olib chiqish. 


 
36 
F.Kotler  eksport  muntazam  bo’lmagan  va  faol  turlarga  tasniflashni  taklif  etdi, 
faol eksport esa o’z navbatida bevosita va bilvosita turlarga taqsimlanadi.  
Muntazam  bo’lmagan  eksport  korxona  ba’zida  ishlab  chiqarilayotgan 
mahsulotning  ortiqchasini  mahalliy  ulgurji-vositachi  tashkilotlar  orqali  sotish  yo’li 
eksport  qilishi  bilan  tavsiflanadi.  Faol  eksport  muayyan  bozorni  kengaytirishni 
maqsad qilib olgan tovar ishlab chiqaruvchi firma eksport operasiyalarida muntazam 
ishtirok etgan hollarda o’ringa ega bo’ladi. 
Bevosita  eksport  tovar  ishlab  chiqaruvchi  korxonaning  eksport  operasiyalarida 
bevosita  yoki  o’zining  chet  eldagi  bo’linmasi  orqali  ishtirok  etishini  nazarda  tutadi. 
Bevosita  eksportdan  sanoat  tovarlari  uchun,  tovarlarni  hukumatlararo  kelishuvlar 
doirasida  etkazib  berish,  shuningdek,  yirik  unversal  magazinlar  tarmog’i  yoki 
kataloglar  bo’yicha  savdo  qiluvchi  tashkilotlarga  sotishda  foydalanish  maqsadga 
muvofiq. 
Bilvosita  eksport  bu  mulkni  va  u  bilan  bog’liq  barcha  tavakkalchiliklarni  uni 
tashqi  bozorda  sotuvchi  vositachiga  berishni  anglatadi.  Bilvosita  eksport  tovarlarni 
chet  elga  tijorat  tashkilotlari  orqali  sotishni  nazarda  tutib,  bu  vositachilar  qatoriga 
ulgurji  savdogarlar,  eksportchi  yoki  importchining  agentlari,  chakana  savdogarlarni 
kiritish  mumkin.  Ulgurji  savdogarlarning  xizmatlari  ishlab  chiqaruvchiga  quyidagi 
ustunliklarni taqdim etadi: 

 
eksport operasiyalarini moliyalashtirish; 

 
ishlab  chiqaruvchi  eksport  savdogarlarning  tajribalari  va  xorijiy 
bozorlardagi aloqalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi; 

 
ishlab  chiqaruvchi  tashqi  savdo  operasiyalarini  amalga  oshirish  uchun  o’z 
shtatida xodimlarga ega bo’lishi talab qilinmaydi. 
Agentlar  odatda  ikkita  jihat  bo’yicha  –  ularni  mukofotlash  usuli  va  eksportchi 
bilan  aloqalarining  mustahkamligi  bilan  tavsiflanadi.  Komission  to’lov  shaklidagi 
mukofotlarni  xalqaro  makler,  xarid  bo’yicha  makler,  sotuv  bo’yicha  makler  va 
komission agentlar ooladi. 
Xalqaro makler sotuvchi va xaridorlardan vakolatga ega bo’lmagan holda aloqa 
o’rnatadi.  Bitim  imzolangandan  so’ng  u  bitimda  ishtirok  etuvchi  ikkala  tomondan 


 
37 
komission  mukofot  oladi.  Odatda  xalqaro  makler  xom-ashyoni  sotish  bilan 
shug’ullanadi. 
Xarid bo’yicha agent xaridorning topshirig’i bo’yicha chet elda tovar sotib oladi. 
Bunda  xaridor  tovarning  sifati  va  miqdori,  uni  etkazib  berish  muddatini  oldindan 
belgilab beradi. 
Sotuv  bo’yicha  agent  unga  bozorni  o’rganish  va  tovarni  chet  elda  sotish 
topshirig’ini  beruvchi  eksportchi  bilan  aloqa  o’rnatadi  va  buning  uchun  komission 
mukofot oladi. 
Chet  elda  joylashgan  komission  agent  eksportchi  bilan  jahon  bozoriga  tovarni 
etkazib  berish  bilan  shug’ullanuvchi  ishonchli  shaxs  orqali  aloqa  qiladi.  Komission 
agent  va  eksportchi  o’rtasida  shartnoma  tuzilishi  mumkin.  Yuqorida  sanab  o’tilgan 
barcha  agentlar  komission  mukofotga  ega  bo’ladilar.  Bu  agentlar  va  eksportchilar 
o’rtasida tijorat aloqalari ularning muddati o’sgan sari tobora mustahkamlanib boradi.  
Savdoda  qo’shimcha  narx  shaklidagi  mukofotga  konsessioner,  xalqaro  savdo 
agenti  va  importchi-distribyuterlar  ega  bo’ladi.  Konsessioner  xalqaro  savdodagi 
mustaqil  tijorat  vositachisi  bo’lib,  uning  eksportchi  bilan  o’zaro  aloqalari 
hamkorlarning  majburiyatlari  ko’rsatiluvchi  shartnoma  asosida  amalga  oshiriladi. 
Konsessoner  o’z  savdo  xodimlariga  ega  bo’lib,  zarur  hollarda  sotuvdan  keyingi 
xizmatni  amalga  oshiradi,  sotilayotgan  tovarlarni  joylashtiradi  va  zahiralarni 
moliyalashtiradi.  Eksportchi  tovarni  vaqtida  etkazib  berish,  reklama  xarajatlarida 
ishtirok etish, shuningdek, ko’rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish xarajatlarini o’z 
zimmasiga oladi. 
Eksport to’g’risida qaror qabul qilish jarayoni juda murakkab bo’lib, psixologik 
omil,  korxonaning  texnik  holati  va  moliyaviy  ahvoli,  uning  hajmi  va  raqobatdagi 
ustunliklari,  moddiy  resurslari  va  mehnat  salohiyati,  korxonaning  tashqi  bozordagi 
holati  kabi  omillarga  bog’liq  bo’ladi.  Mahsulot  eksporti  to’g’risida  qaror  qabul 
qilishda  bozor  sub’yekti  barcha  ijoyuiy  va  salbiy  jihatlarni  baholashi  zarur.  Quyida 
korxonaning  xalqaro  bozorga,  demak,  xalqaro  marketingga  jalb  qilinishi  foydasiga 
xizmat qiluvchi dalillar keltirilgan (1.1-jadval). 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish