Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B


-rasm. Reklamadan kutiladigan natija



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

12.2-rasm. Reklamadan kutiladigan natija  

 

E’tibor ob’ekti, iste’molchining  reklama qilinayotgan tovarga qiziqishi  va  unga 

ehtiyoj  o‘rtasida  ma’lum  bir  bog‘liqlik  mavjud.  E’tibor  hajmi  o‘ziga  xosligini 

reklama  kinofilmlari,  teleroliklar,  radioxabarlar  va  boshqa  reklama  vositalari 

yaratishda hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Reklama ta’siri samaradorligiga 

e’tibor  kuchliligi,  ya’ni  inson  reklama  qabul  qilishda  sarflaydigan  psixik  faoliyat 

belgilangan soni ta’sir ko‘rsatadi. 

Aniqlanishicha,  reklama  xabari  obro‘li  shaxs  tomonidan  berilganda  eng  ko‘p 

asab  energiyasi  sarflanar  ekan.  Masalan,  pishloq  va  yogurtlar  reklamasiga 

bag‘ishlangan  reklama  teleko‘rsatuvida  Tibbiyot  akademiyasi  olimlarining  ishtirok 

E'tibor jalb qilish

Qiziqishni  qo'llab 

quvvatlash

Hissiyot namoyish 

etish

Ishontirish



Qaror qabul qilish

Harakat (xaridni 

amalga oshirish)



 

224 


etishi teletomoshabinlar e’tibori qizg‘inligi va hajmining ortishiga xizmat qiladi. 

Reklamaga e’tibor jalb qilish – individual holat bo‘lib, inson ehtiyojlariga, uning 

xohish-istaklariga,  motivlari  va  kayfiyatiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Reklama  maqsadlari  va 

shaxsning  reklama  qilinayotgan  tovarga  bo‘lgan  qiziqishiga  qarab,  e’tibor  bir  necha 

turlarga ajratiladi. 

G‘ayriixtiyoriy  e’tibor,  masalan,  reklama  vositasiga  nisbatan  uning  tashqi 

ko‘rinishi  yoki  dinamiklik,  qizg‘inlik,  kontraslik,  o‘lcham  kabi  omillar  bilan 

asoslanadi.  Reklama  omili  insonning  hissiyot  organlariga  qanchalik  qizg‘in  ta’sir 

ko‘rsatsa, uning e’tibor darajasi shunchalik kuchli bo‘ladi. Gazetadagi yorqin reklama 

shiori,  radio  orqali  reklama  xabarining  yoqimli  musiqa  jo‘rligida  emotsional  so‘z 

boyligi,  telefilmning  qiziqarli  syujeti  –  bu  omillarning  barchasi  beixtiyor  inson 

e’tiborini  jalb  qiladi.  Biroq  reklamaga  e’tibor  qaratishning  bunday  usullari  ma’lum 

bir  chegaraga  ega.  Bu  chegaradan  o‘tish  shunga  olib  keladiki,  odamlar 

«qichqirayotgan» reklamani qabul qilmay qo‘yadi. 

Reklama o‘zining noyobligi, g‘ayriodatiy ekanligi, yangiligi bilan jiddiy e’tibor 

jalb qiladi. 

Oziq-ovqat  tovarlari,  masalan,  meva-sabzavotlar,  sharbatlarni  reklama  qilishda 

rangi  fotosuratlar  yoki plakatlardan  foydalanish samara beradi.  Bunda shuni  hisobga 

olish kerakki, plakatga odatda uzoqdan qaraladi, shu sababli u dekorativ va kontrastli 

ravishda bajarilgan bo‘lishi kerak.  

Reklamaga g‘ayriixtiyoriy e’tiborni oshirishning boshqa usullari odatiy fonning 

buzlishi  yoki  omillar  xarakterining  keskin  o‘zgarishidan  iborat.  Tomoshabinning 

g‘ayriixtiyoriy  e’tiborini  biron-bir  korxonada  dinamik  reportajda  diktorning  ohista 

nutqi birdan keskin o‘zgarishi jalb qiladi.  

Reklama  bilan  e’tiborni  jalb  qilish  jarayonida  uning  omillari  u  yo‘naltirilgan 

shaxsning  ichki  holatiga  va  ehtiyojlariga  mos  kelishi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 

Inson idroki reklama xabaridan faqat uning hayoti va faoliyati uchun kerakli bo‘lgan 

narsalarni tanlab oladi va sub’ektiv ravishda unga zarur bo‘lib ko‘rinmagan narsalarni 

qabul qilmaydi. 

Reklama  ta’siri  samaradorligi  ko‘p  jihatdan  reklama  omili  yuzaga  keltiradigan 



 

225 


e’tibor  jarayoni  uzunligiga  va  omil  kuchiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Uzoq  vaqt  davom 

etadigan  omil,  masalan,  butun  reklama  filmi  davomida  yangraydigan  sho‘x  musiqa 

tomoshabinlarni tezda toliqtirib qo‘yadi. Reklamani qabul  qilishda  uning  hajmi  ham 

muhim  ahamiyatga  ega    (masalan,  ulkan  reklama  taxtasi  yaqin  atrofda  boshqa 

reklama taxtalari bo‘lmagan hollarda yaxshi omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin). 

Matbuot,  radio  va  televideniedagi  reklama  har  bir  alohida  holatda  qo‘yilgan 

vazifalarga  muvofiq, omilning qat’iy differensiatsiya  qilingan  holda berilishini  talab 

qiladi. 


Reklama  qilinayotgan  tovarning  yangilik  darajasi  e’tibor  uyg‘otishning  muhim 

omili  hisoblanadi.  Ushbu  holat  asosida  xulosa  chiqarish  mumkinki,  har  bir  reklama 

vositasi  reklama  o‘tkazish  ob’ektiga  e’iborni  kuchaytirish  uchun  u  haqida  bironta 

yangilik xabar qilishi lozim, garchi gap an’anaviy buyumlar, masalan, radiopriemnik 

va  televizorlar,  avtomashin  va  velosipedlar  yoki  hammaga  yaxshi  tanish  bo‘lgan 

mahsulotlar – choy, kofe, sut va h.k. haqida boradigan bo‘lsa ham. 

Reklamada  yangilik  usulidan  foydalanishda  ayrim  xususiyatlarni  hisobga  olish 

zarur. Insonga ta’sir etishning eng oson yo‘li – butunlay yangi, maqsadli doira uchun 

kutilmagan  tovar  haqida  axborot bo‘lib,  bunda  iste’molchida  unga  nisbatan  ma’lum 

bir  munosabat shakllanmagan bo‘ladi  yoki aksincha, qarorni o‘zgartirishga tayyorlik 

o‘ringa  ega  bo‘ladi.  Kichkina  ekranli  televizorlarni  katta  ekranli,  oq-qora 

televizorlarni  rangli  televizorlarga  almashtirish  bunga  misol  bo‘lib  xizmat  qilishi 

mumkin. Bu erda reklama tovarning o‘zi timsolida ittifoqchiga ega bo‘ladi. Reklama 

ob’ekti  bo‘lib  iste’molda  yaxshi  ma’lum  bo‘lgan  mahsulot  ishtirok  etadigan  bo‘lsa, 

reklama    funksiyalari  ancha  murakkablashadi.  Maqsadli  doirada  bu  mahsulotga 

bo‘lgan  munosabatni  yangi  ma’lumotlar  yordamida  tubdan  o‘zgartirish  qiyin.  SHu 

sababli reklama faqat u haqida mavjud fikrni kuchaytirishi mumkin, xolos. 

Maqsadli  doira  e’tiborini  reklamaga  jalb  qilishning  eng  oddiy  usuli  – 

odamlarning  ehtiyojlari  va  qiziqishlaridan  foydalanishdir.  Bunda  reklamada 

odamlarning  qaysi  ehtiyojlari  va  qiziqishlari  tovarda  iodalangani,  uning  qanday  mos 

kelishi ochib beriladi. 

Bunday  reklamaga  misol  tariqasida  «Pantin-Provi»  shampuni  reklamasini 




 

226 


keltirib  o‘tish  mumkin:  «Men  sochlarim  sog‘lom  bo‘lishi  va  yaltirab  turishini 

istayman.  YAqinda  men  SHveysariyaning  yangi  «Provi»  shampunidan  foydalana 

boshladim.  Qazg‘oq  yo‘qoldi.  Mening  sochlarim  sog‘lom  ko‘rinibgina  qolmay, 

haqiqatda sog‘lom va yaltirab turadigan bo‘ldi». 

Odamning  yaxshi  jismoniy  va  emotsional  holatda  bo‘lish  istagi  «Bruk-Bond» 

choyining  reklama  shioriga  asos  qilib  olingan:  «Ishingiz  o‘ngidan  kelmagan  va 

kayfiyatining  tushib  ketgan  paytda  Bruk-Bond  choyini  –  ajoyib  tetiklantiruvchi 

vositani tatib ko‘ring! U qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi. Ajoyib ta’m!» 

Reklamada  e’tibor  jalb  qilish  uchun  ko‘pincha  muammoli  vaziyat  usuli 

foydalaniladi.  Maqsadli  doira  oldiga  muammo  qo‘yiladi  —  «qanday  qilish  kerak?». 

Masalaning  bunday  qo‘yilishi  fikrlashga  undaydi,  muammoning  mohiyatiga 

chuqurroq  kirib  borishga  olib  keladi.  Bu  turdagi  reklamaga  misol  tariqasida  yosh  va 

qari  ayol  o‘rtasidagi  reklama  suhbatini  keltirish  mumkin.  YOsh  ayol:  «Men 

rakovinadagi zang izlarini ketkizish uchun nimalar qilib ko‘rmadim deysiz. YAxshisi 

qiynalib  o‘tirmasdan  yangisini  sotib  olish  kerak  ekan».  Qari  ayol:  «YAngisini  sotib 

olishning  nima  keragi  bor?  «Komet»  tozalagichi  rakovina  yuzasidan  zangni  osonlik 

bilan ketkazadi. «Komet» tozalagichi tarkibiga istalgan chuqurlikdagi zangni ketkaza 

oladigan xlorinol moddasi kiradi». 

Birga  qatnashish  usulidan  foydalanish  reklamani  faolroq  qabul  qilishga  xizmat 

qiladi.  Unga  hammadan  ko‘proq  telereklamada  murojaat  qilinadi:  taqdimotlar, 

ko‘rgazma-savdolar,  modalar  namoyishi  va  h.k.dan  reportajlarda  foydalaniladi.  Bu 

usuldan  foydalanuvchi  telesharhlovchi  teletomoshabinlarni  go‘yoki  bu  voqeaning 

qatnashchisiga  aylantiradi:  «Hurmatli  teletomoshabinlar,  biz  siz  bilan  birgalikda 

«Bolshevichka»  fabrikasi  ayollar  kiyimi  yangi  modellarining  ko‘rgazma-savdosida 

ishtirok etmoqdamiz. 

Reklamaga  g‘ayriixtiyoriy  e’tibor  agarda  u  boshqa  bir  e’tibor  turi  –  ongli 

ravishda  yo‘naltiriladigan  va  tartibga  solinadigan  ixtiyoriy  e’tibor  bilan 

mustahkamlanadigan  bo‘lmasa,  juda  tez  yo‘qoladi.  Ixtiyoriy  reklamaning  maqsadli 

yo‘naltirilganligi  reklama  samaradorligining  eng  muhim  omilidir.  Reklamaga 

ixtiyoriy  e’tibor  shakllantirishning  psixologik  mexanizmi  negizida  amaliy  va  estetik 




 

227 


xarakterdagi qiziqishlar yotadi. 

U  yoki  bu  maqsadli  doira  e’tiborini  reklama  vositalariga  jalb  qilish  reklama 

kompaniyasi muvaffaqiyatlarining asosi hisoblanadi. Reklamaga ixtiyoriy e’tibor jalb 

qilishning  ob’ektiv  imkoniyatlari  reklama  tabiati  bilan  asoslanadi.  Biroq  bu  erda  bir 

qator  qonuniyatlar  mavjud.  Bu  qonuniyatlardan  biri  –  muayyan  reklama  turi, 

etkazilayotgan  xabar  xususiyatlari  va  maqsadli  doiraning  xarakteri  o‘zaro  aloqalari 

hisoblanadi. 

Bitta maqsadli doira uchun mo‘ljallangan reklama xabari yoshi, jinsi va ijtimoiy 

tarkibi  bo‘yicha  farq  qiladigan  boshqa  maqsadli  doiraning  e’tiborini  jalb  qilmasligi 

mumkin  (ayollar  uchun  gigiena  vositalari  reklamasi  faqat  ayollarning  e’tiborini  jalb 

qiladi,  erkaklar  esa  bu  reklamani  piching  bilan  qabul  qiladi).  Sportchilar  maqsadli 

doirasida  sport  tovarlari  do‘koni  ochilishi  haqidagi  xabar  darrov  ularning  e’tiborini 

jalb qilishi mumkin. 

G‘ayriixtiyoriy e’tiborni ixtiyoriy e’tiborga aylantirshi uchun quyidagi reklama 




Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish