Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B


 Integrasiyalangan marketing kommunikatsiyasini boshqarish



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

 

2.2. Integrasiyalangan marketing kommunikatsiyasini boshqarish 

 

Bozor munosabatlari sharoitlarida xaridorlarning tovar va xizmatlarga bo’lgan 



ehtiyojini  maksimal  darajada  qondirishga  qaratilgan  marketing  kommunikatsiyalari 

samaradorligi firmaning iqtisodiy farovonlikka erishishi uchun asosiy va hal qiluvchi 

omilga aylanadi. 

Oxirgi  paytlarda  kompaniyalar  integrasiyalangan  kommunikatsiyalarni 

rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. 



 

39 


Marketing 

kommunikatsiyalarini 

boshqarish 

jarayoni 

amaliyotda 

foydalanadigan  integrasiyalangan  kommunikatsiyalar,  yoki  "kommunikatsiyalar 

g’ildiragi" tarkibiga quyidagilar kiradi: reklama, to’g’ridan-to’g’ri marketing, siljitish 

tizimi, shaxsiy sotuvlar, PR, ko’rgazma  marketingi,  interaktiv  marketing, korporativ 

taniqlilik,  homiylik.  Bunda  to’g’ridan-to’g’ri  marketing  telefon  marketingi,  direkt-

meyl, korporasiya kuchlari bilan reklama kampaniyalarini ko’zda tutadigan bir nechta 

kommunikatsiya usullarini taqozo etadi. Korporativ taniqlilik kommunikatsiyasi katta 

ahamiyatga  ega  bo’lib,  u  arxitektura  dizayni,  firma  uslubi,  tashkilot  madaniyati, 

brend  ommaviyligi,  mijozlarga  servis  xizmati  ko’rsatishni  o’z  ichiga  olgan  holda 

jamoatchilik vakillari bilan umumiy aloqalar orqali namoyon bo’ladi. 

Integrasiyalangan  marketing  kommunikatsiyalarini  boshqarish  jarayoni 

quyidagi yo’nalishlarni nazarda tutadi: 

- marketing 

kommunikatsiyalarini 

korporativ 

maqsadlar 

bilan 

muvofiqlashtirish (vertikal bo’yicha  integrasiya). Bunda oliy bo’g’in rahbariyatining 



nafaqat  integrasiya  masalalari  bo’yicha,  balki  kommunikatsiyalarni  amalga  oshirish 

shakllari  bo’yicha  ham  qo’llab-quvvatlashi  zarur.  Bunga  sotuv  bozorlarida 

mustahkam  pozisiyalar  egallash  bo’yicha  kommunikatsiya  maqsadlari  va  vazifalari 

aniq ifodalangan holda erishish mumkin bo’ladi. 

- marketing 

kommunikatsiyalari 

strategiyalarini 

korporativ 

bloklarning 

funksional  faoliyati  bilan  muvofiqlashtirish  (gorizontal  bo’yicha  integrasiya). 

Muvofiqlashtirish jarayonida muddatlar bo’yicha ham, ehtiyojlarni qoplash manbalari 

bo’yicha  ham  real  ijro  etilishi  mumkin  bo’lgan  marketing  kommunikatsiyalari  aniq 

dasturi zarur. 

- marketing  to’plami  doirasida,  ya’ni  tovar,  narx,  taqsimot,  ilgari  surish  va 

jamoatchilik  bilan  aloqalarni  hisobga  olgan  holda  integrasiya.  Bir  vaqtning  o’zida 

xabarni va xaridorlar maqsadli muloqot doiralari e’tiborini jalb qilishning korporativ 

usulini integrasiya qiladigan kompaniya brendi hal qiluvchi ahamiyatga ega. 

- Moliyaviy  integrasiya.  Nolga  teng  byudjetdan  boshlang  va  unga 

kommunikatsiya  kanali  tannarxi  hamda  tanlab  olingan  maqsadlarga  erishish  uchun 



 

40 


zarur  bo’lgan  kommunikatsiya  dasturi  bo’limlari  bo’yicha  umumiy  xarajatlarni 

qo’shing. 

- joylashtirishni  integrasiyalash  birinchi  navbatda  eng  yangi  axborot 

texnologiyalari, 

yangilik 

press-relizlari, 

raqobatli 

ustunliklar, 

bozordagi 

barkarorlikdan  foydalanish;  korporativ  ta’sirni  mustahkamlash  uchun  ijtimoiy 

aksiyalar  va  taqdimotlar  tashkil  qilish;  tarmoq  ko’rgazmalarida  ishtirok  etishni 

nazarda  tutadi.  Integrasiyalangan  marketing  kommunikatsiyalarini  amalga  oshirish 

muayyan  ustunliklarga  ega,  chunonchi:  yakuniy  hisobda,  doimo  sotuvni  oshirish  va 

belgilangan 

miqdorda  foyda  olish;  to’siqlarni  bartaraf  qilish  natijasida 

kommunikatsiya  kanali  tozaligini  ta’minlash;  umumiy  dasturni  bajarish  doirasida 

takrorlanish,  parallellik  elementlarini  yo’qotish  hisobiga  pul  mablag’larini  tejashga 

erishiladi.  Kompaniya  menejmentining  korporativ  sa’y-harakatlari  birinchi  navbatda 

kommunikasion  marketing  strategiyalari  ishlab  chiqishga  yo’naltirilgan  bo’lishi 

lozim. 


Firma  strategiyasi  bu  –  ular  yordamida  kompaniya  qo’yilgan  vazifalarni 

bajarishga umid qiladigan chora-tadbirlar mantiqiy sxemasi. 




Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish