Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B


 Integrasiyalangan marketing kommunikatsiyalari kompleksi



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

 

1.3. Integrasiyalangan marketing kommunikatsiyalari kompleksi 

 

F.Kotlerning 



marketing 

bo’yicha 

mashhur 

darsligida 

marketing 

kommunikatsiyalari  ular  yordamida  firmalar  iste’molchilarni  o’z  tovarlari  va  savdo 

markalari  haqida  beovsita  yoki  bilvosita  xabardor  qilish,  ishontirish  va  eslatib 

turishga  harakat  qiladigan  vositalar  sifatida  tavsiflanadi.  Bunda  marketing 

kommunikatsiyalari kompleksi oltita asosiy vosita: reklama, sotishni rag’batlantirish, 

homiylie,  PR  (pablik-rileyshnz),  to’g’ridan-to’g’ri  marketing,  shaxsiy  sotuvlarni 

qamrab oladi deb hisoblanadi

9



Hozirgi  tadqiqotchi  va  amaliyotchilar  marketing  kommunikatsiyalari 

ro’yxatiga  tovar  o’rovi  (o’rab  qadoqlash),  prodakt-pleysment,  servis  xizmatlari, 

internet-marketing  va  boshqalarni  ham  kiritadi,  bu  yerda  brending  ham  alohida 

o’ringa ega.  

                                                

8

 См.: Панфилова А. П. Деловая коммуникаsия в профессиональной деятельности. СПб., 2009. С. 26.



 

9

 См.: Котлер Ф. Основы маркетинга. М. : Прогресс, 2011. С. 248.



 


 

23 


F.Kotler 

marketing-miks 

tushunchasidan 

foydalanganda 

marketologlar 

marketing  kommunikatsiyalari  jarayonida  ushbu  kompleksning  turli  vositalarini 

aralashtirib,  «miks»  qilishini  nazarda  tutgan.  Shu  tariqa  olingan  kokteyl  mashhur 

kinoqahramon Djeyms Bondning sevimli ichimligi o’xshab ketadi va uning reseptiga 

mos keladi: aralashtiring, lekin chayqatmang. 

Hozirgi  paytda  marketing  vositalaridan  foydalanishga  biroz  boshqacha 

yondashuv  –  integrasiyalangan  marketing  kommunikatsiyalari  konsepsiyasi  (IMK 

konsepsiyasi) keng tarqalgan. 

Marketing  komlpeksi  elementlarini  integrasiyalash  zarurati  bir  qator  sabablar 

bilan  izohlanib,  ularning  orasida  insonning  axborot  qabul  qilish  psixologik 

xususiyatlari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy omillar muhim ahamiyat kasb etadi. 

Iste’molchilar, korxonadan xizmtalar, tvoarlar  va brendlar  haqida (va korxona 

haqida  boshqa  manbalardan)  axboraot  olar  ekan,  bu  ma’lumotlarni  marketing 

kompleksi  elementlariga  farqlamaydi.  Hozirgi  paytda  marketing  axboroti  unga 

yo’naltirilgan  iste’molchi  tovarlar  va  brendlar  olamini  yetarli  darajada  yaxshi  biladi 

va  tushunadi.  Lekin  shunda  ham  agar  kishi  har  qanday  xariddan  oldin  manabu 

axborotni  men  PR  dan  bilib  oldim,  bunisini  OAV  reklamasidan,  shu  sababli  uni 

bunday  tushunish  kerak,  bu  axborotni  esa  sotuvchi  bilan  shaxsiy  muloqotda 

olganman  –  demak  uni  boshqacha  qabulsh  qilish  kerak  deb  uzundan-uzoq  fikr 

yuritishi  va  batafsil  tahlil  qilishi  yumshoq  aytganda  g’alati  bo’lgan  bo’lardi. 

Iste’molchi  ongida  korxona  va  uning  tovarlari,  xizmatlari,  brendi  to’laqonli  obrazi 

(imidji)  shakllanadi.  Agar  bunda  marketing  xabarlari  chala-chulpa,  uyushmagan  va 

hatto bir-biriga zid keladigan bo’lsa, potensial xaridor xato  fikrga kelishi, chalg’ishi, 

esankirab  qolishi  mumkin.  Bu  iste’molchida  ishonchsizlik  uyg’otishi  va  uni  ushbu 

tovar yoki brend ixlosmandlari qatoriga olib kelmasligining ehtimoli yuqori. Bunday 

sharoitlarda  muvofiqlashtirish,  ya’ni  korxonaning  barcha  kommunikatsiyalariga 

integrasiyalangan yondashish haqida qaror qabul qilish mantiqiy bo’lib ko’rinadi. 

IMK konsepsiyasini shakllantirish va uni marketologlarning amaliy faoliyatiga 

joriy qilishga ta’sir ko’rsatgan ijtimoiy va iqtisodiy omillar qatoriga jamiyatda xilma-

xil  yo’nalishdagi  axborot  oqimlarining  o’sib  borishi,  kommunikatsiyalar 




 

24 


murakkablashuvi, 

globallashuv, 

biznesning 

barcha 


sohalarida 

raqobatning 

kuchayishi, korxonaning ichki resurslarini tejash zarurati kiradi. 

Hisoblanadiki,  IMK  kompleksi  sinergetik  samaraga,  byudjet  mablag’larini 

tejashga  va  maqsadli  muloqot  doiralari  bilan  yanada  samarali  kommunikatsiyalarga 

olib keladigan bir qator ijoby tavsifnomalarga ega, chunonchi u: 

strategik xarakterga ega; 



kommunikativ  muhitlar  sintezi  va  integrasiyasi,  barcha  kommunikatsiya 

jihatlarini boshqarishni amalga oshiradi; 

asosiy e’tiborni iste’molchiga qaratadi; 



tashkilot  uchun  muhim  bo’lgan  barcha  guruhlar  bilan  o’zaro  aloqani  amalga 

oshiradi; 

nufuzni, brendni yaxshilash va qo’llab-quvvatlashga yo’naltiriladi; 



foyda va qo’shilgan qiymatni oshirishga yo’naltiriladi; 

iste’molchilar moyilligini yaxshilashga yo’naltiriladi; 



raqobatli  ustunlikka  erishishga,  kompanyani  joylashtirishga,  kompaniya 

missiyassini rasmiylashtirishga yo’naltiriladi; 

kompaniya missiyasi va strategiyasini muvofiqlashtirish va integrasiyaga olib 



keladi; 

iste’molchilarni  qondirish,  munosabatlar  o’rnatish  va  qo’llab-quvvatlashga 



yo’naltiriladi,  kommunikatsiya  bo’limlari  bir-biridan  alohida  holda  bo’lmasligini 

ta’minlaydi; 

ma’lumotlarni hisobga olishga asoslanadi; 



asosiy biznes jarayonlarda ishtirok etadi

10



Tadqiqotchilarning 



ko’rsatishicha, 

integrasiyalangan 

marketing 

kommunikatsiyalari  integrasiyaning  uch  darajasida  bir-biri  bilan  bog’lanadi: 

kompleksning  bitta  elementi  doirasida;  kompleks  elementlari  o’rtasida;  shuningdek, 

                                                

10

 

Journal of Integrated Communications, 1997—2002. URL: 



http://jimc

. medill.northwestern.edu/archives.aspx 

(дата обращения: 14.06.2013).

 



 

25 


kommunikatsiya  funksiyalarini  bajarishi  ko’zda  tutilgan  marketing  kompleksi 

elementlari va kommunikatsiya kompleksi elementlari o’rtasida

11



Bunda  kommunikatsiyalar  tashabbuschisi  bo’lgan  korxona  resurslarni 



kommunikatsiya maqsadlari va shartlariga mos keladigan taqsimot kanallari bo’yicha 

taqsimlab,  murakkab  kommunikatsiya  dasturini,  umumiy  axborot  siyosatini 

rejalashtiradi va amalga oshiradi. 


Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish